Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.09K photos
1.03K videos
18 files
4.92K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#Seminar #PQ_138_son

🔰Joriy yilning 6-aprel kuni Bosh prokuraturada Muxtaram Prezidentimizning “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-138-sonli qarorida belgilangan vazifalar hamda yer bilan bog‘liq boshqa normativ huquqiy hujjatlar ijrosini samarali tashkil qilish borasida Ichki ishlar, Qurilish, Adliya vazirligi va Kadastr agentligi hamkorligida o‘quv seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Ushbu seminar mashg‘ulotlarida viloyat studiyalaridan PQ-138-sonli Qaror ijrosini taʼminlashda amaliyotda uchrayotgan ayrim muammolar va ularning yechimlari to‘g‘risida so‘z bordi.

Shuningdek, yig‘ilishda O‘zbekistonning hozirgi yangi taraqqiyot bosqichida yer uchastkalaridan maqsadli foydalanish davlat nazorati samaradorligini oshirishning eng asosiy yo‘nalishlaridan biri ekanligi tushuntirib o‘tildi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Savol_javob #Huquqiy_bilim

Savol: Noturar binoyim yonidagi bo’sh turgan yerni ijaraga olmoqchi bo’lsam, auksionga qanday qilib joylashtirsa bo’ladi? Kimga murojaat qilishim kerak?

Javob:
O‘zbekiston Resrublikasi Vazirlar Mahkamaining 2022 yil 14 fevraldagi 71-sonli qaroriga asosan ishlab chiqilgan "YERELEKTRON" avtomatlashtirilgan axborot tizimida ishga tushirilgan https://yerelektron.uz orqali taklif berishingiz mumkin.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi #kadastr_pasporti

⚡️KADASTR PASPORTI RASMIYLASHTIRILADI YOKI QAYTA RASMIYLASHTIRILADIGAN HOLATLAR

🔹ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;

🔹yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;

🔹o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Savol_javob #Huquqiy_bilim

Savol:
Kadastr hujjatimni yo‘qotib qo'ydim dublikat nusxasini olishim uchun matbuotga e'lon berish shartmi?

Javob:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi 535-son qarori bilan tasdiqlangan ma'muriy reglamanga asosan kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasportini olish uchun matbuotda e'lon berish talab etilmaydi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Bilib_oling #Huquqiy_bilim

Auksionga chiqarishda yer uchastkasi to‘g‘risida ko‘rsatilishi shart bo‘lgan ma’lumotning minimal hajmi quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:

1. Yer uchastkasining o‘ziga xos raqami va joylashgan joyi;
2. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi;
3. Yer uchastkasi kiradigan yerlar toifasi;
4. Yer uchastkasidan foydalanish mumkin bo‘lgan faoliyat turlari;
5. Yer uchastkasi maydoni (gektarda);
6. Yer uchastkasini kamida ikki tomondan o‘rab turgan obyektlarning raqamli fotosurati;
7. Yer uchastkasiga tutash hududlarning (obyektlarning) belgilangan maqsadi va turlari;
8. Qurilish obyektini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash mumkin bo‘lgan quvvatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
9. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarigacha bo‘lgan masofa;
10. Mazkur yer uchastkasida qurilishga ruxsat berilgan yoki taqiqlangan obyektlar turlari ro‘yxati;
11. Yer uchastkalarining boshlang‘ich narxi;
12. Yer uchastkasi bo‘yicha yoki undan foydalanish huquqiga nisbatan mavjud cheklovlar;
13. Yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibiga taalluqli boshqa axborot.

📌Auksionga ijara huquqi bilan chiqariladigan yer uchastkasi bo‘yicha qo‘shimcha ravishda ijara muddati ko‘rsatiladi va ijara shartnomasining loyihasi ilova qilinadi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🌤 #Ob_havo

7-aprel kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida maʼlumot

Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra, 7 aprel kuni Sirdaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Harorat kechasi +12...+17 daraja iliq, kunduzi +23...+28 daraja issiq bo‘ladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#davra_suhbati

⚡️"KORRUPSIYA – JAMIYAT KUSHANDASI" mavzusidagi profilaktik tadbirlar davom etmoqda

🔰 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Mirzaobod tumani bo‘lim va filialida barcha xodimlar ishtirokida "KORRUPSIYA – JAMIYAT KUSHANDASI" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🔹Ushbu davra suhbatida Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining Komplaens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi N.Abdaliyev hamda Kadrlar masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Xamitova ishtirok etdilar.

🔹Tadbir davomida xodimlarga jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish jarayonida tamagirlik, poraxo‘rlik, mansab vakolatini suisteʼmol qilish kabi korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ichki ijro-intizomiga rioya qilishlari, ish joyiga ogoxlantirishsiz kech kelmaslik, ish unumdorligini oshirish, “Kasb odobnomasi”ga va “Odob axloq” qoidalariga zid ravishda ish olib bormaslik kabi masalalarga alohida e'tibor qaratildi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook |
⚜️Sohaga doir huquqiy ma'lumot⚜️

🔰 Yer servituti - O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) — qo‘shni bo‘lgan bir yoki bir necha yer uchastkalaridan cheklangan tarzda foydalanish huquqidir.

🔰 Servitut - o‘zganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda o‘tish, yer uchastkasida drenaj ishlari o‘tkazish, elektr uzatish, aloqa liniyalari va truboprovodlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar o‘tkazish va ulardan foydalanish, ekinzor va mollarni sug‘orish uchun suv olish, qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanish, ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa ob’ektlar barpo etish maqsadlarida belgilanishi mumkin.


#DavKadastrPalata #huquqiy_malumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Sirdaryo #Yer_nazorati

Sirdaryo viloyatida yer nazoratchilari tomonidan joriy yilning 5-aprel kuniga qadar 409 ta holatda 8,71 gektar yerlarning o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari aniqlangan. 238 ta holatda 5,64 gektar yer maydonida aniqlangan qonunbuzulish holatlari ixtiyoriy ravishda bartaraf etilgan.

O'ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLANGAN YERLARNING...

🏠37 tasi 0,62 gektari uy-joy qurish uchun

🏢 225 tasi 3,29 gektari noturar joy qurish uchun

🔰147 tasi 4,80 gektari dala tomorqa va boshqa maqsadlar uchun
egallab olinganligi aniqlandi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Kadastr #Geodeziya_nazorati

🔰Kadastr agentligining Geodeziya nazorati boshqarmasi tomonidan 2022-yilning o‘tgan davri mobaynida geodeziya va kartografiya faoliyatiga oid 55 ta texnik loyiha hamda 36 ta texnik hisobot ekspertizadan o‘tkazildi.

♦️Geodeziya va kartografiya materiallarni Davlat geodeziya va kartografiya fondidan olish uchun yil boshidan 18 ta ruxsatnoma rasmiylashtirilib, 4 011 ta kartografik materiallar Davlat geodeziya va kartografiya fondi orqali foydalanuvchilarga taqdim etilishi ta’minlangan.

♦️Joriy yilda licenses.uz xabardor etish tizimi orqali 45 ta geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga ruxsat berildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🔰Ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning yaxlit tizimi yaratiladi.

💠2022-yil 5-aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan Ishchi guruhi yig‘ilishida “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

👉 BATAFSIL

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#infografika #Yer_nazorat

⚡️Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi Yer va kadastr nazorati hamda Ma'muriy amaliyot bo'limlari tomonidan I-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar bo'yicha ma'lumot.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Kadastr agentligi organlari tomonidan maʼmuriy amaliyot sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida MAʼLUMOT

🔰Kadastr agentligi organlari tomonidan joriy yil 1-choragida yer va kadastr nazorati sohasida aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha jami 8 998 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.

📌Xususan:

💠ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaganlik uchun 4 828 nafar shaxs;
💠yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik uchun 910 nafar shaxs;
💠o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasida qurilish ishlarini amalga oshirganlik uchun 683 nafar shaxs;
💠yer tuzish loyihalaridan o’z boshimchalik bilan chetga chiqqanlik uchun 2 440 nafar shaxs ma’muriy jazoga tortilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Президент раислигида видеоселектор йиғилиши бошланди.

“Бугун муҳокама қиладиган учта масаламиз бевосита инсон қадри билан боғлиқ, халқимизни рози қилишга қаратилган. Уларни бажармасликка ҳеч қайси раҳбарнинг ҳаққи йўқ.

Кун тартибидаги биринчи масалада ички йўллар сифатини яхшилаш бўйича аниқ вазифаларни муҳокама қиламиз.

“Ташаббусли бюджет” портали орқали аҳолидан тушган 20 мингта ёки жами таклифларнинг 25 фоизи ҳам ички йўлларни яхшилаш билан боғлиқлиги масаланинг долзарблигини кўрсатмоқда”, деди давлат раҳбари.

Бу борада Андижон тажрибаси кўрсатиб ўтилди. Вилоятдаги цемент ишлаб чиқарувчи корхоналар томонидан кластер ташкил этилиб, олис ва чекка маҳаллалардаги 23 километр қум-шағал йўллар цемент-бетон қопламага ўтказилди.

Ушбу 31 та маҳаллада асфальт-бетон ўрнига цементдан фойдаланиш орқали қурилишдан 600 миллион сўм иқтисод қилинди. Бу ишларнинг ҳисобига 350 минг долларлик битум импорти учун маблағ тежалди.

Энг асосийси, кластер ўзи қурган йўлларни 10 йил давомида кафолатли сақлашни зиммасига олган.
Sirdaryoda 2022 yilda 150 kilometr sement-beton qoplamali ichki yo‘llar yotqiziladi

Ayni paytda Davlat rahbari risligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida yo‘llar sifatini yaxshilash bo‘yicha bir qator vazifalar belgilab berildi.

Xususan, 2022 yilda 2 ming 300 kilometr, shu jumladan, Andijonda 270 kilometr, Farg‘onada 200, Qashqadaryo va Toshkent viloyatida 190, Navoiy, Namangan va Samarqandda 180, Buxoro, Jizzax va Surxondaryoda 170, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 160, Sirdaryoda 150 kilometr sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni barpo etilishi aytildi.

Shu bilan birga, Buxoro, Sirdaryo, Xorazm viloyatlarida sement korxonalari mavjud emasligi ko‘rsatib o‘tildi. Shu munosabat bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” ushbu viloyatlarda yo‘l qurish uchun temir yo‘l orqali sement va shag‘al tashishga 50 foiz chegirma beradigan bo‘ldi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube