Sirdaryo Kadastr
1.02K subscribers
7.18K photos
1.05K videos
18 files
4.99K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
⚡️Sirdaryo tumani va Guliston shahrida sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabul o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Muxammadiyev Ulug‘bek Islomovich rahbarligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan Sirdaryo tumani va Guliston shahrida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabuli bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Prezident Xalq qabulxonalari, Oliy sud, Sudyalar Oliy Kengashi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi hamda qator tashkilot vakillari ishtirok etishdi.

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlarining ayrimlariga shu joyning o‘zida yechim topilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish muddat talab etadigan masalalar nazoratga olindi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor #Foydali

⚡️Kadastr qilish uchun nima qilish kerak?

🎥Ushbu video orqali ko‘pchilikni qiziqtiradigan savollarga javob berilgan.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Kadastr #maʼrifat_soati

SIYOSIY-MAʼRIFAT SOATI

🔰Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Jizzax viloyati boshqarmalari xodimlari bugungi kunni "Siyosiy-maʼrifat soati" da faol qatnashish bilan boshladilar.

🔰Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan uyushtirilgan maʼrifat soatida:

▪️Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish (Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining oltinchi yo‘nalishi mazmun-mohiyati)
▪️ Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktorining o‘rinbosari
▪️ Huquqiy savodxonlik (hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati)
▪️ Shuningdek, o‘quv soatida O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ham maʼlumot berildi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Ramazonga_tayyorlanamiz

🌙 Ramazon oyi 2 apreldan boshlanadi

📝 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorini imzoladi. Unga ko‘ra, 2022 yilgi muborak Ramazon oyining boshlanishi 2 aprel kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti maʼlumot uchun qabul qilindi.

🕌 O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolari Kengashi tomonidan Islom dini manbalari va astronomik maʼlumotlarga tayangan holda 2022-yilda Ramazon oyining birinchi kuni shu yil 2-aprel, shanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida xulosa qilingan.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️"KORRUPSIYA – JAMIYAT KUSHANDASI" mavzusida profilaktik tadbirlar davom etmoqda

🔰Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining Komplaens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi N.Abdaliyev hamda Kadrlar masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis M.Xamitova tomonidan Boyovut tumani bo`limi va filialida davra suhbati bo`lib o`tdi.

🔸Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida" gi Qonun mohiyati, tizim rivojlanishga jiddiy taʼsir ko‘rsatayotgan salbiy illatlarga to‘siq bo‘lishi, sohasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, uni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida rahbar-xodimlarga tushuntirib o‘tildi.

🔸Shuningdek xodimlar ichki ijro-intizomiga rioya qilishlari, xodimlar orasida o`zaro nizo kelib chiqmasiligini oldini olishni, ish joyiga ogoxlantirishsiz kech kelmaslik, ish unumdorligini oshirish, ijro-intizomini qatiy buzmaslik, “Kasb odobnomasi”ga va “Odob axloq” qoidalariga zid ravishda ish olib bormaslik tog`risida tushintirib o'tildi.
#Eslatma
Quyidagi hollarda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘imlar undirilmaydi:

1️⃣ Kadastr pasportini rasmiylashtirishda:
ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;
Ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga;
Rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;
Kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan);

2️⃣ Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda:
Fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;
Tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda”.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔹Nuz.uz press tur haqida🔹

◻️“Xonadon egalari kadastr mutaxassislari ularning og‘irini yengillatib, o‘zlari uyma-uy yurib, ro‘yxat shakllantirayotganlaridan mamnun ekanliklarini yashirishmadi.” – Nuz.uz ning ijtimoiy tarmoqlarida yoritilgan maqolada shunday yozilgan.

◻️ Davlat kadastrlari palatasi tomonidan o‘tkazilgan press tur taasurotlarini Nuz.uz ning rasmiy sayti va telegram kanalida o‘qishingiz mumkin bo‘ladi.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#Kadastr #huquqiy_targibot

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 21-fevraldagi 138-son qarori to‘g‘risida Kadastr agentligining Kadastr nazorati bo'lim boshlig'i N.Ahmedov tushuncha berdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
⚡️ 19 162 та ҳолатда 3 866 гектар ер ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган

Ер қонун бузулиш ҳолатларини аниқлаш ва чора кўриш йўналишида Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлигининг ер ва кадастр назоратчилари томонидан ўтган 2021 йил ҳамда жорий йилнинг 1 мартига қадар қуйидагилар амалга оширилди.

Батафсил 👉 https://bit.ly/36Yqiim

Обуна бўлинг 👉 t.iss.one/yuz_official
#Til_bor_millat_bor

Maʼnaviyat — inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz ichiga oladi. Maʼnaviyat atamasining asosida „maʼno“ soʻzi yotadi. Maʼlumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning boʻybasti, koʻrinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqa kiradi. Ichki olami esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari, his-tuygʻularini oʻz ichiga oladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o'tkazish bo'yicha ma'lumot

🔹
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan 2022 -yilning 1-choragida (1-yanvardan - 31-martgacha) ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan statistik ma'lumotlar.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
▪️KADASTR AGENTLIGI SIRDARYO VILOYAT BOSHQARMASI hafta ichida▪️

Yer qonun buzilish holatlari to'g'risida ma'lumot (infografika)
👉 Batafsil

Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi
👉 Batafsil

Kadastr agentligi direktori etib Pulatov Farrux Jaxongirovich tayinlandi
👉 Batafsil

«Korrupsiya jamiyat kushandasi» mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi
👉 Batafsil

jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan 546 ta ma’muriy jarimalar qo'llanilgan
👉 Batafsil

Sirdaryo tumani va Guliston shahrida sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabul o‘tkazildi
👉 Batafsil

Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasida siyosiy-maʼrifat soati bo'lib o'tdi
👉 Batafsil

"KORRUPSIYA – JAMIYAT KUSHANDASI" mavzusida Boyovut tumanida davra suhbati bo'lib o'tdi
👉 Batafsil