Sirdaryo Kadastr
1.01K subscribers
7.24K photos
1.07K videos
18 files
5.02K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
🔹Press tur boshlandi🔹

🔷 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan o‘tkazilayotgan Press turda ishtirok etish uchun OAV vakillari, blogerlar, jurnalistlardan iborat ijodiy guruh Humo arena saroyi oldida uchrashdilar.

🔷 Ularni Davlat kadastrlari palatasi raisi Mohirxo‘ja Valiyevning o‘zi qarshi oldi va kun tartibidagi OAV vakillarini kutayotgan yangiliklar bo‘yicha qizg‘in muloqot olib bordi.

🔷 Ayni dam, ular Press turning kun tartibidagi birinchi manzil: Bektemir tumanidagi qishloq xo‘jaligi yerlarining xatlovida ishtirok etmoqdalar.

#DavKadastrPalata #press_tur #xatlov #geoportal

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Forwarded from SIRDARYO
Кадастр агентлиги Коррупцияга қарши курашишда ҳамкорликка чақиради

🌐 Кадастр органларида коррупцияга қарши муросасиз ва кескин кураш олиб бориш ҳамда тизимдаги коррупцияни таг-томири билан бартараф этишда фаол ҳамкорликка чақиради.

💠Ҳурматли фуқаролар, агарда Кадастр агентлиги Сирдарё вилоят бошқармаси ва Давлат кадастрлари палатаси вилоят бошқармаси ҳамда унинг туман шаҳар бўлим, филиал ходими фаолиятида коррупция билан боғлиқ хатти-ҳаракат (ёки ҳаракатсизлик)ни кузатсангиз, сезсангиз, бу ҳақда зудлик билан Кадастр агентлиги Сирдарё вилоят бошқармаси Комплаэнс-назорат хизматининг 67 225-98-97 рақамига ёки Кадастр агентлигиниг қисқа рақамли 1097 «Ишонч телефони»га маълум қилишингизни сўраймиз.

💠Мурожаатчилар, зарур ҳолларда эса, уларнинг яқин қариндошлари ҳақидаги маълумотларнинг сир сақланиши тўлиқ кафолатланади.

➡️ @Sirdaryoonlayn
🔷Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

1️⃣ Ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha:
ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;
yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha;
2️⃣ Ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

Umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;
Umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;
Umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;
Umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;
Umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;
Umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;
Ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.
Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔹Davlat kadastrlari palatasida Press tur🔹

🔷 Davlat kadastrlari palatasiga yetib kelgan bir guruh ommaviy axborot vositalari vakillari Press turning navbatdagi manzilida Yer xatlovidan so‘ng bosqich bo‘yicha geopartalga kirgizish va yer fondi turlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

🔷 Press tur yer munosabatlaridagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar davrida ayni muddao bo‘lganini qayd etgan jurnalistlarda savollar juda ko‘p bo‘ldi, javoblar mehmonlarda yana savollar tug‘dirdi.

🔷 Shu vaqtga qadar davom etgan press turning matbuot anjumani juda qizg‘in baxs munozaralarga boy o‘tdi. Bu haqda alohida tez orada videoreportajda yana ma’lumot beramiz...

#DavKadastrPalata #press_tur #xatlov #geoportal

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#tayinlov

DSQ Raisi Kadastr agentligining yangi direktorini tanishtirdi

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev
Prezident qarori bilan Kadastr agentligi direktori lavozimiga tayinlangan Pulatov Farrux Jaxongirovichni jamoaga tanishtirdi.

Sh. Kudbiyev keyingi yillarda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy jahatdan rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning asosiy yo‘nalishi hech bir sohada, jumladan soliq va kadastr sohasida korrupsiyaga o‘rin qoldirmaslikka qaratilganini taʼkidladi.

Shu jihatdan kadastr tizimini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish, birinchi rahbardan tortib oddiy xizmatchigacha korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat bildirish ularning birinchi galdagi vazifasi bo‘lishi lozimligini qayd etdi.

F.Pulatovga Agentlikning ahil jamoasi bilan ulkan marralarni zabt etishini tiladi.

Prezidentimiz va xalqimiz ishonchini oqlashiga, tizimni takomillashtirishda munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.

F.Pulatov Adliya katta maslahatchisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
🌤 #Ob_havo

30-mart kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida maʼlumot

Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra, 30-mart kuni Sirdaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, baʼzi joylarda -2 daraja sovuqqacha, kunduzi +12...+17 daraja iliq bo‘ladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Кўчмас мулкка тақиқ қўйилса, бу ҳақда ҳуқуқ эгалари хабардор этилади

📍
https://uza.uz/posts/359286

🔻 ЎзАнинг телеграм каналларини кузатиб боринг

Ўзбекча | O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
Kadastr hujjati yo‘qolganda dublikat qilish uchun pul to‘lanadimi?
Anonymous Quiz
74%
yo'q bepul
18%
ha to'lanadi BHMning 50% miqdorida
8%
ha to'lanadi BHMning 1 baravari
#Savol_javob #Huquqiy_bilim

Savol
Mahallamizdagi fermer o‘zining fermerlik yeridan uy-joy qurish uchun menga yer ajratib bermoqchi. Uning yeridan olib uy-joy qursam keyinchalik noqonuniy deyishmaydimi?

Javob
Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkalarini fermer rahbari hamda hech qaysi vakolatli organlar tomonidan oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlanishi mumkin emas. Bu O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 16-moddasi va 24-moddalari bilan taqiqlab qo‘yilgan. Mazkur fermerning harakatlari noqonuniy hisoblanadi.

❗️Bugungi kunda uy-joy qurish uchun yer uchastkasini e-auksion orqali sotib olishingiz mumkin.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube