Sirdaryo Kadastr
1.01K subscribers
7.73K photos
1.14K videos
20 files
5.34K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
▫️Yer munosabatlarida▫️

🟦 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyuldagi 186-son qaroriga ko'ra Ko‘chmas mulk ob’ektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash tartibi quyidagicha.

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti #narxlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🌤 #Ob_havo

⚡️17-mart kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida maʼlumot

Sirdaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, momaqaldiroq paytida shamol kuchayishi 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#yer_nazorati #Sirdaryo_viloyat

⚡️Joriy yilning o'tgan davrida viloyatimizda 365 ta yer qonun buzilish holatlari aniqlandi

🔰Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining tuman shahar bo'lim inspektorlari tomonidan joriy yilning o'tgan davrida 365 ta (8,18 gektar) holatda yer qonun buzilish holatlari aniqlandi.

🔷Tahlillarga ko‘ra:
🏡uy-joy qurish uchun 37 ta (0,62 gektar),
🏢noturar joy qurish uchun 207 ta (3,02 gektar),
🛣dala, tomorqa va boshqa maqsadlar uchun 121 ta (4,54 gektar) yer maydoni egallanganligi aniqlandi.

🔷Hozirgi kunda ushbu qonunbuzilish holatlarining 187 tasi (4,22 gektar) bartaraf etildi va qolgan yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish choralari ko'rilmoqda.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Kadastr #davlatxizmatlari #interaktivxizmatlar

HURMATLI FUQAROLAR HAMDA TADBIRKORLAR!

📌O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining quyidagi xizmatlaridan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali www.my.gov.uz orqali foydalanishingiz mumkin:

🔹1. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

🔹2.Kadastr pasportini shakllantirish;

🔹3. Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi maʼlumotnoma olish;

🔹4.Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga qarorni olish;

🔹5.Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish;

🔹6.Ko‘chmas mulkni hadya etish yoki ayirboshlash hamda oldi-sotdi bo‘yicha murojaat yo‘llash;

🔹7.Turar joyning maydoni bo‘yicha maʼlumotnoma olish;

🔹8.Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹9.O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish;

🔹10.Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (Yakka tartibda uy-joy qurish obyekti bo‘lmagan obyekt uchun);

🔹11.Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) loyiha-smeta hujjatlarini kelishish;

🔹12.Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish;

🔹13.Kadastr obyektiga ta'qiqni tekshirish;

Shuningdek “Elektron litsenziyalash portali” orqali yuridik shaxslar

🔶Geodeziya va kartografiya faoliyatini yuritishga litsenziya olish uchun ariza berishlari mumkin.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Kadastr #VM_71

▫️Yerga oid munosabatlar▫️

🟩 Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi

📖 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.02.2022 yildagi 71-qarori bo‘yicha ma’lumot.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🔹Sirdaryo viloyatlarida tadbirkorlik subyektlariga soliq imtiyozlari

🔰Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida favqulodda hodisa oqibatida zarar ko'rgan baliqchilik, chorvachilik hamda parrandachilik xo'jaliklari 2020-yil 1-maydan 2022-yil 1-noyabrga qadar quyidagi soliqlarni to'lashdan ozod qilinadi:

1️⃣ Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
2️⃣ Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i.

❗️Zarar ko'rgan baliqchilik, chorvachilik va parrandachilik xo'jaliklarining ro'yxati xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

⚜️Soliq ma'muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida O'RQ-758

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi

⚡️HURMATLI FUQAROLAR HAMDA TADBIRKORLAR!

🔸So'nggi vaqtlarda Yer uchastkalarini olish va foydalanish bo'yicha firibgarlik holatlari ko'p uchrab turgani barchamizga ayon.
🔸Shu sababli Kadastr agentligi fuqarolarimizni ogohlikka chaqiradi.

YER BILAN BOG'LIQ KORRUPSIYA VA TA'MAGIRLIK XOLATLARIGA DUCH KELSANGIZ HUQUQNI MUHOFAZA QILISH ORGANLARIGA YOKI 1097 QISQA RAQAMIGA MUROJAAT QILING!

FIRIBGARLARGA ALDANIB QOLMANG!
📌Ogohlik davr talabi!!!

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:

🔹ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;

🔹yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;

🔹o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Auksion

🔰Yer sotib olib tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lsangiz qonuniy va shaffof yo‘lni tanlang!

2022-yil 17-mart holatiga Sirdaryo viloyatida 154 ta bo'sh yer uchastkalari Onlayn auksion savdo maydonchasiga qo‘yilgan.

▪️Oqoltin tumani 5 ta (Ko'rish)
▪️Boyovut tumanida 41 ta (
Ko'rish)
▪️Sayxunobod tumanida 1 ta (
Ko'rish)
▪️Sardoba tumanida 56 ta (
Ko'rish)
▪️Mirzaobod tumani 45 ta (
Ko'rish)
▪️Xovos tumanida 6 ta (
Ko'rish)

👨‍💻Onlayn auksion orqali savdoga qo‘yilgan yerlarni biz bilan birga kuzatib boring.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Vakantkadastr

🔻Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi va Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlovlar eʼlon qiladi:

🔸Kadastr agentligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi Sirdaryo tumani bo'limida:

Boyovut tumani bo'limi yetakchi inspektori
Sirdaryo tumani bo'limi yetakchi inspektori

❗️Hujjatlar 2022-yil 16-martdan 26-martgacha qabul qilinadi.

🔷 Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma.
🔷 Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz‘dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha video qo'llanma.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#infografika

“E-auksion” elektron savdo platformasida sotiladigan ko‘chma savdo joylarini ijaraga oling!

Ko‘chma savdo joyini ko‘pi bilan 36 oy muddatga foydalanish huquqi beriladi.

Ko‘chma savdo joyining boshlang‘ich narxi tegishli tuman (shahar)dagi yer uchastkasining yer solig‘iga teng.

Auksionda har qanday yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor ishtirokchi sifatida qatnashishi mumkin.

Ko‘chma savdo joylari bilan tanishish

(ko‘rish)

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🌤 #Ob_havo

⚡️18-mart kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida maʼlumot

Sirdaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Kadastr #maʼrifat_soati

🔹Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Sirdaryo viloyat boshqarmalari hamda tuman shahar xodimlari uchun anʼana bo‘yicha bugun "Siyosiy-maʼrifat soati" bo‘lib o‘tdi.

🔹Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan uyushtirilgan maʼrifat soatida:

✏️ Spikerlar quyidagi masalalarga to‘xtalib o‘tishadi:

🔰 Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish

(Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining to‘rtinchi yo‘nalishi mazmun-mohiyati)

🔰 Huquqiy savodxonlik (hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati)

🔰 Shuningdek, o‘quv soatida O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ham maʼlumot berildi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔰 Turar joyni noturar joy toifasiga o'tkazishga qarorni olish!

✡️ Xizmatni ko'rsatish uchun kerak bo'ladigan hujjatlar

⚡️Ishonchnoma asosida harakat qilayotgan shaxsning huquqlarini tasdiqlovchi ishonchnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi.
⚡️Shartnoma tomonlari soniga teng miqdorda notarial tasdiqlangan ipoteka to'g'risidagi shartnoma nusxasi.
⚡️Ro'yxatdan o'tkazish ishiga qo'shish uchun shartnomaning 2 ta nusxasi (kadastr organiga shaxsan tashrif asosida).

✡️ Xizmatni ko'rsatishning huquqiy asosi

⚡️O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-martdagi 70-son "Shaharsozlik faoliyati va qishloq xo'jaligidan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berishning, bino va inshootlarning tashqi ko'rinishini o'zgartirishni (fasadini ta'mirlashni) kelishishning, shuningdek obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, turar joyni noturar joy toifasiga o'tkazishga ruxsatnomalar berishning umumiy belgilangan tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" qarori

✡️ Xizmat narxi va to'lash tartibi

⚡️ Arizani ko'rib chiqish uchun davlat boji miqdori quyidagi miqdorlarda to'lanadi.

1️⃣ Nukus shahri va viloyat markazlari uchun eng kam oylik ish haqining 10%.
2️⃣ Toshkent shahriga eng kam oylik ish haqining 20%.
3️⃣ Tumanlar va shaharlardagi tumanlar hududi uchun eng kam oylik ish haqining 30%.

Xizmatni ko'rsatish muddati - 8 kun.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Auksion #VMQ_709

e-auksion.uz orqali 106 mingdan ortiq dehqon xo'jaligi yerlarini ijaraga oling!

Ayni paytda Sirdaryo viloyati hududida 3536 ta dehqon xo'jaligi yerlarini ijaraga ochiq tanlovga chiqarilgan bo'lib, ochiq elektron tanlovlarda ishtirok eting!

▪️Oqoltin tumanida 208 ta (Ko'rish)
▪️Boyovut tumanida 661 ta (
Ko'rish)
▪️Sayxunobod tumanida 430 ta (
Ko'rish)
▪️Guliston tumanida 396 ta (
Ko'rish)
▪️Sardoba tumanida 815 ta (
Ko'rish)
▪️Mirzaobod tumanida 210 ta (
Ko'rish)
▪️Sirdaryo tumanida 259 ta (
Ko'rish)
▪️Xovos tumanida 485 ta (
Ko'rish)

Tanlovda qatnashish tartibini ko'ring (video)

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube