Sirdaryo Kadastr
1.03K subscribers
7.13K photos
1.05K videos
18 files
4.96K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
🔹O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2022-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi”ga muvofiq har chorakda Komplayens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda "Davra suhbatlari"ni tashkil qilish rejalashtirilgan.

⚜️Rejaga muvofiq joriy yilning 14-mart kuni Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i, Komplayens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi, viloyat prokuraturasi va Ichki ishlar boshqarmasi mas'ul xodimlari, Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi bilan birgalikda "Korrupsiya-halollik kushandasi" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Vakantkadastr

🔻Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi va Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlovlar eʼlon qiladi:

🔸Kadastr agentligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi Sirdaryo tumani bo'limida:
Sirdaryo tumani bo'limi bosh inspektori
Sirdaryo tumani bo'limi yetakchi inspektori

❗️Hujjatlar 2022-yil 24-martgacha qabul qilinadi.

🔷 Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma.
🔷 Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz‘dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha video qo'llanma.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Auksion #VMQ_485

⚡️Sirdaryo viloyatida e-auksion.uz platformasi orqali 100 dan ortiq ko'chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling

▪️Oqoltin tumani 14 ta (
Ko'rish)
▪️Boyovut tumanida 13 ta (
Ko'rish)
▪️Sayxunobod tumanida 2 ta (
Ko'rish)
▪️Guliston tumanida 9 ta (
Ko'rish)
▪️Sardoba tumanida 6 ta (
Ko'rish)
▪️Mirzaobod tumani 2 ta (
Ko'rish)
▪️Sirdaryo tumanida 8 ta (
Ko'rish)
▪️Xovos tumanida 27 ta (
Ko'rish)
▪️Guliston shahrida 11 ta (
Ko'rish)
▪️Yangiyer shahrida 10 ta (
Ko'rish)
▪️Shirin shahrida 1 ta (Ko'rish)

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Kadastr #Xalqaro_uchrashuv

🌐Ayni damda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) boshchiligida “Markaziy Osiyoda Yer ma’lumotlari uchun geofazoviy va statistik ma’lumotlardan kompleks foydalanish bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishi” bo‘lib o‘tmoqda.

🔰Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – yer axborot tizimlarini rivojlantirishga urg‘u berish, geofazoviy va statistik ma’lumotlardan integratsion holda foydalanish bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlarining institutsiional salohiyatini oshirish hamda idoralararo institutsional hamkorlikni rivojlantirish hisoblanadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
⚡️O‘zbekistonda havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda

Joriy yilning 17-20 mart kunlari O‘zbekiston hududiga Erondan iliq va nam havo, so‘ngra Volgabo‘yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.

👉 Batafsil

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Davlat ro‘yxatidan o'tgan 🔹

💠 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil 8-14 mart kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

💠 Ushbu ma’lumotda siz, ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

💠 O'tgan haftada Davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 6 693 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#O`RQ_419 #stop_korrupsiya

KORRUPSIYAGA YO`L YO`Q

⚖️ Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha davlatimiz tomonidan katta ahamiyat berilmoqda.

📲 Agarda Siz kadastr tizimida korrupsion holatlarga guvoh bo‘lsangiz yoki tizim xodimlarining noqonuniy harakatlari to‘g‘risida maʼlumotlarga ega bo‘lsangiz Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi Komplayens-nazorat xizmati xodimining +99867-225-98-97 telefon raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

🤝Murojaatchi to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar sir tutilishi kafolatlanadi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Bilasizmi

Navro‘z bayramida necha kun dam olamiz?

❗️Prezident farmoniga ko‘ra, 2022 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan.

Shunga ko‘ra, Navro‘z bayrami munosabati bilan 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 5 kun, 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar – 4 kun dam oladi.

🔰 Xususan:

● 19 mart (shanba) – 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni;

● 20 mart (yakshanba) – dam olish kuni;

● 21 mart (dushanba) – Navro‘z bayrami;

● 22 mart (seshanba) – qo‘shimcha dam olish kuni (barcha xodimlar uchun, ish haftasining turidan qatʼi nazar);

● 23 mart (chorshanba) – qo‘shimcha dam olish kuni (barcha xodimlar uchun, ish haftasining turidan qatʼi nazar).

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
📢Kadastr organlarining tuman shahar bo’lim va filialida korrupsiya holatlariga uchraganmisiz? Qaysi tuman - shaharlarda ko’proq korrupsion holatlar mavjud deb hisoblaysiz?

Ushbu so’rov orqali o'z fikringizni bildiring! Sizning fikringiz biz uchun muhim.
Anonymous Poll
19%
Boyovut tumanida
13%
Guliston tumanida
3%
Mirzaobod tumanida
1%
Oqoltin tumanida
23%
Sardoba tumanida
5%
Sayxunobod tumanida
11%
Sirdaryo tumanida
4%
Xovos tumanida
4%
Yangiyer shahrida
19%
Guliston shahrida
#Savol_javob #Huquqiy_bilim

Savol: Yerni xususiylashtirish qanday toifidagi yerlarga amal qiladi?

Javob: Avvalo shuni aytishimiz kerak - qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarga nisbatan amal qiladi.
Bular:
🔹Yuridik shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalari;
🔹O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, shuningdek tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalari;
🔹Xususiylashtirilishi lozim bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk ob'ektlari joylashgan yer uchastkalari;
🔹Bo‘sh turgan yer uchastkalari.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Eslatma

🔹O'zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to'g'risida”gi kodeksining 68prim 1-moddasiga asosan “Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishni amalga oshiruvchi organga (Davlat kadastrlari palati, hududiy boshqarmalari, tuman shahar filiallariga) yer uchastkasiga bo'lgan huquqni ro'yxatdan o'tkazish uchun o'z vaqtida murojaat etmaslik” fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari, mansabdor shaxslarga esa 15 baravari miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar yuqoridagilardan kelib chiqib ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni o'z vaqtida davlat ro'yxatidan o'tkazishingizni so'raymiz.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
​​#Kadastr #bilasizmi

🔰Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi
🔸davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu ko‘chmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi;
🔸vakolatli organ tomonidan ko‘chmas mulk obyektiga taqiq qo‘yilganligi;
🔸taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzilgan maʼlumotlar topilishi;
🔸birlamchi kadastr yig‘majildining (kadastr pasporti) mavjud emasligi;
🔸davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi;
🔸ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tomonidan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘xtatib turilgan hollarda, taqdim etilgan materiallardagi kamchiliklarning 3 ish kuni mobaynida bartaraf etilmasligi;
🔸yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinganligi;
🔸huquqlarning vujudga kelishini belgilamaydigan hujjatlarning taqdim etilishi.

Telegram Instagram YouTube  Facebook    Web-sayt
🔰Murojaatlar ijrosi yuzasidan statistik ma'lumotlar (1-15 Mart)

🔷Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Vertual qabulxonasi, Xalq qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlar soni 53ta

Ijrosi ta'minlangan murojaatlar - 39ta
❗️Ijrodagi murojaatlar soni - 14ta

Yo'nalishlar bo'yicha murojaatlar:
1. Yer maydoni ajratish 32ta
2. Kadastr hujjatini rasmiylashtirish 12ta
3. Xodimlarning hatti harakati 2ta
4. Boshqa masalalar 7ta

🔷 Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar soni 3ta

Ijrosi ta'minlangan murojaatlar 2ta
❗️Ijrodagi murojaatlar soni - 1ta

Yo'nalishlar bo'yicha murojaatlar:
1. Ishga qabul - 1ta
2. Yer maydoni ajratish - 1ta
3. Xodimlarning hatti harakati 1ta

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube