Sirdaryo Kadastr
1.03K subscribers
7.13K photos
1.04K videos
18 files
4.95K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#yer_nazorati #guliston_tuman

⚡️Unutmang xar bir qarich yer maydonlarini asrash har birimizning burchimiz

🔰Kadastr Agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi Guliston tumani bo‘limi xodimlari tomonidan X.Olimjon MFY hududida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

🔷O‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlarda fuqarolarga noqonuniy qurilishlar yoki ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik, o‘zboshimcha yerlarni egallab olish uchun qonunchilikda belgilangan choralar to‘g‘risida huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi.

🔷Shuningdek noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirgan fuqarolar tomonidan noqonuniy qurilishlar xam o‘z vaqtida bartaraf etildi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! facebook telegram instagram youtube
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев Россия Президенти Владимир Путин билан телефон орқали мулоқот қилди.
Икки томонлама ҳамкорликнинг қатор долзарб масалалари муҳокама қилинди.
Давлат раҳбарлари олий даражадаги мулоқотлар якунида эришилган келишувларни амалга оширишнинг боришини кўриб чиқдилар.
Халқаро ва минтақавий кун тартиби, шу жумладан Украина атрофида юзага келаётган вазият юзасидан ҳам фикр алмашилди.

Состоялся телефонный разговор Президента Узбекистана Шавката Мирзиёева с Президентом России Владимиром Путиным.
Обсужден ряд актуальных вопросов двустороннего сотрудничества.
Главы государств рассмотрели ход практической реализации договоренностей, достигнутых по итогам контактов на высшем уровне.
Состоялся также обмен мнениями по международной и региональной повестке, в том числе складывающейся ситуации вокруг Украины.

#Mirziyoyev #muloqot #Rossiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#TABRIKLAYMIZ

🎉 Bugun 26-fevral Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi, Oqoltin tuman bo'limi yetakchi inspektori Saitqulov Savronbek Furqat o'g'lining tavallud kuni!

Shu munosabat bilan, Sizni boshqarmamizning oilasi nomidan samimiy qutlaymiz. Sizga mustahkam salomatlik va bitmas-tugalmas kuch-g‘ayrat tilaymiz. Sizni barcha ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatga erishishizga ishonamiz. Omad xamisha Sizga yo’ldosh bo‘lsin! Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! facebook telegram instagram youtube
🟦 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2022 yil 18-25 fevral kunlarida jami 2 190 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 24
▫️Andijon viloyati - 74
▫️Buxoro viloyati - 137
▫️ Samarqand viloyati -41
▫️Sirdaryo viloyati - 52
▫️Surxondaryo viloyati - 339
▫️Qashqadaryo viloyati - 198
▫️Toshkent shahar - 176
▫️Toshkent viloyati - 434
▫️Navoiy viloyati - 54
▫️Namangan viloyati - 155
▫️Xorazm viloyati - 203
▫️Jizzax viloyati - 132
▫️ Farg‘ona viloyati - 162
◽️Davlat kadastrlari palatasi - 9

🟩 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
#TABRIKLAYMIZ

🎉 Bugun 28-fevral Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Tashkiliy-nazorat va tahlil sho'basi boshlig'i Turayev Jo'rabek Xasanovichning tavallud kuni!

Shu munosabat bilan, Sizni boshqarmamizning oilasi nomidan samimiy qutlaymiz. Sizga mustahkam salomatlik va bitmas-tugalmas kuch-g‘ayrat tilaymiz. Sizni barcha ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatga erishishizga ishonamiz. Omad xamisha Sizga yo’ldosh bo‘lsin! Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! facebook telegram instagram youtube
▪️KADASTR AGENTLIGI SIRDARYO VILOYAT BOSHQARMASI hafta ichida▪️

Senatda yer munosabatlariga oid axborot eshtildi
👉 Batafsil

Xususiylashtirilgan yer uchastkalarini foydali jihatlari
👉 Batafsil

Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi va Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlovlar eʼlon qiladi
👉 Batafsil

Yer uchastkalarini xususiylashtirishda davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi
👉 Batafsil

Yerlardan foydalanishda jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi
👉 Batafsil

O‘zbekistonda kosmik suratlar orqali noqonuniy egallangan yerlarni aniqlash boshlanadi
👉 Batafsil

O‘zbekistonda yer uchastkalari xususiy mulkka aylanmoqda. Asosiy savollarga javoblar
👉 Batafsil

Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi va mas'ul idoralar bilan birgalikda Guliston tumanida seminar bo'lib o'tdi
👉 Batafsil
▫️O‘zbekiston qonunchiligida 2022 yil 1 martdan kuchga kiradigan ayrim o‘zgarishlar▫️

🗓 Yonida biometrik pasport yoki ID-kartasi mavjud bo‘lganda, haydovchidan «prava», texpasport, ishonchnoma va sug‘urta polisini yonida olib yurishi talab etilmaydi.

🗓 Ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlariga tutash yer uchastkalari ularga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi.

🗓 Nogironligi bo‘lgan shaxslarga daromad solig‘i va ijtimoiy soliq bo‘yicha imtiyozlar beriladi.

🗓 «Topilmalar stoli» faoliyati tugatiladi.

🗓 Mahalladagi yoshlar yetakchilari tavsiyasi asosida yoshlarga bir necha turdagi moddiy yordamlar ko‘rsatiladi.

🗓 Litsenziyalash va ruxsatnomalar berishda yagona tizim joriy etiladi.

🗓 Yer uchastkalaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilishda jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi.

🗓 Yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi.

🗓 Respublikada ishlab chiqariladigan sementni cheklovlarsiz eksport qilishga ruxsat beriladi.

🗓 Daraxt zararkunandalariga qarshi kurashishga mahalliy byudjetdan mablag‘ ajratiladi.

🗓 Bir qator xizmatlarni YaIDXP Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda ko‘rsatish boshlanadi.

🗓 Rasmiy hujjatlarga apostilni davlat xizmatlari markazlari va YaIDXP orqali ham qo‘ydirish mumkin bo‘ladi.

🗓 Chet tilini bilish darajasini aniqlovchi test sinovida qatnashish bo‘yicha murojaatlar YaIDXP orqali elektron tarzda qabul qilinadi.

🗓 Turistik tashkilotlar xodimlarini malakaviy imtihondan o‘tkazish boshlanadi.

🗓 «E-ekspertiza» yagona elektron axborot tizimi ishga tushiriladi.

🗓 Chet tili fani o‘qituvchilarining sertifikatga ega bo‘lishlariga yo‘naltirilgan o‘quv kurslari tashkil etiladi.

🗓 Moliya vazirligida Ichki audit xizmatlari bilan ishlash boshqarmasi tashkil qilinadi.

🗓 Chavandozlar maktablari o‘z faoliyatini boshlaydi.


#DavKadastrPalata #mart #qonunchilik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
⚡️Diqqat: 1-martdan boshlab, Ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari mulkdorlarga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi

Prezidentning 2021-yil 31-dekabrdagi qaroriga muvofiq, davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ular egaligidagi bino va inshootlarga tutash bo‘lgan yer uchastkalari quyidagi shart va majburiyatlar bilan ularga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi:

• yer uchastkalarini obod holda saqlash;

• daraxtlar, butalar, boshqa o‘simliklar va nihollarni parvarish qilish va sug‘orish;

• yig‘ishtirish-tozalash ishlarini amalga oshirish va chiqindi qutilarini o‘rnatish;

• bolalar maydonchalari, o‘tirish joylari (skameykalar), tungi yoritish tizimini o‘rnatish, taʼmirlash va saqlash;

• aholi uchun piyoda yo‘laklarini barpo etish, taʼmirlash va lozim darajada saqlash.

Doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladigan yer uchastkalarida bino, inshoot, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish hamda yengil konstruksiyali obyektlarni o‘rnatish va qurish taqiqlanadi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! telegram facebook instagram youtube
🔰Yer sotib olib tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lsangiz qonuniy va shaffof yo‘lni tanlang!

2022-yil 28-fevral holatiga Sirdaryo viloyatida 167 ta bo'sh yer uchastkalari Onlayn auksion savdo maydonchasiga qo‘yilgan.

▪️Oqoltin tumani 3 ta (Ko'rish)
▪️Boyovut tumanida 58 ta (
Ko'rish)
▪️Sayxunobod tumanida 6 ta (
Ko'rish)
▪️Guliston tumanida 33 ta (
Ko'rish)
▪️Sardoba tumanida 37 ta (
Ko'rish)
▪️Mirzaobod tumani 17 ta (
Ko'rish)
▪️Sirdaryo tumani 3 ta (
Ko'rish)
▪️Xovos tumanida 9 ta (
Ko'rish)
▪️Yangiyer shahrida 1 ta (
Ko'rish)

👨‍💻Onlayn auksion orqali savdoga qo‘yilgan yerlarni biz bilan birga kuzatib boring.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! facebook telegram instagram youtube
#Savol_javob #Huquqiy_bilim

Savol: Xususiylashtirish jarayoni qancha vaqt oladi. Muddati haqida ma'lumot bering.

Javob: O‘ziga tegishli yerni xususiylashtirish jarayoni 22 ish kunigacha bo‘lgan muddatda;
Bo‘sh yerlar auksion orqali sotib olinganda 16 ish kunigacha bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! facebook telegram instagram youtube
⚡️2022-yil 1-martdan boshlab Yer uchastkalaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilishda jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi

🔰Prezidentning 2022-yil 21-fevraldagi qaroriga binoan yer uchastkalaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilishda jamoatchilik nazoratini kuchaytiriladi:

• aholi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash va ulardan noqonuniy foydalanish holatlari bo‘yicha Bosh prokuratura (1007 qisqa raqami) va Kadastr agentligiga (1097 qisqa raqami) yuborilgan fotosurat va videoyozuvlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi;

• fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchilariga (keyingi o‘rinlarda — hokim yordamchilari) o‘z hududida qurilishi boshlangan har qanday bino yoki inshootlarning qonuniyligini aniqlash bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, qurilish va kadastr organlariga so‘rov yuborish huquqi beriladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! telegram facebook instagram youtube
#Vakantkadastr

🔻Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi va Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlovlar eʼlon qiladi:

🔸Kadastr agentligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi Boyovut tumani bo'limida:
Boyovut tumani bo‘limi yetakchi inspektori.

❗️Hujjatlar 2022-yil 23-fevraldan 4-martgacha qabul qilinadi.

🔷 Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma.
🔷 Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz‘dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha video qo'llanma.

Bizning rasmiy sahifalarimiz 👉🏼 facebook telegram instagram youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#PQ_138_son #Kadastr

⚡️Yer uchastkalaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilishda jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! telegram facebook instagram youtube
🌤 #Ob_havo

Bugun 1-mart kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida maʼlumot

Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra, 1-mart kuni Sirdaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Harorat kechasi +6...+11 daraja iliq, kunduzi +12...+17 daraja iliq bo‘ladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! telegram facebook instagram youtube
#stop_korrupsiya #O'RQ_419

🔰 Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish maqsadida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda uning tuman shahar bo'lim va filiallarida, xodimlarining ishchi stollariga "Pora olganga ham berganga ham jazo muqarrar" shiori ostida eslatma bukletlari qo'yilmoqda.

❇️ Hurmatli fuqarolar agarda siz korrupsiya holatlari haqida sezsangiz maʼlumotlarni Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi Komplayens-nazorat xizmati xodimining 67 225-98-97 telefon raqamiga yoki @sirdaryo_kadastr telegram botiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! facebook telegram instagram youtube