Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.08K photos
1.03K videos
18 files
4.91K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
🌤 #Ob_havo

Bugun 22-fevral ob-havo to‘g‘risida maʼlumot

Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra, 22-fevral kuni Sirdaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Harorat kechasi +4...+9 daraja iliq, kunduzi +13...+18 daraja iliq bo‘ladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! facebook telegram instagram youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️Yer faqat onlayn auksion orqali▫️

Siz tadbirkorlik uchun yer olmoqchi bo‘lsangiz qaysi tashkilotga murojaat qilasiz?

Endilikda yer faqat elektron auksion orqali berilayotganidan xabardormisiz?

📹Ushbu savollarga fuqarolardan ham, soha mutaxassislaridan ham javob olgan “ReynessansTV” telekanali jurnalistining tahliliy lavhasini tomosha qiling.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! facebook telegram instagram youtube
#Yig'ilish

Bugun Davlat kadastrlari palatasida Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i Ismailov Nodirbek Ashiraliyevich boshchiligida palata xodimlari uchun yig'ilish bo'lib o'tdi.

❇️Mazkur yig'ilishda boshqarma va uning shahar-tuman filiallari tomonidan qilinayotgan ishlar sarhisob qilinib, berilgan topshiriqlarni o'z vaqtida bajarish vazifasi yuklatildi.
🔻Kadrlar bo'limi
🔻Umumiy bo'lim
🔻Buxgalteriya bo'limi
🔻Axborot tahlil bo'limi
da faoliyat yuritayotgan mas'ullarga keskin e'tiroz bildirildi.
Shu bilan birgalikda:
🔹O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga rioya qilishi;
🔹 Korrupsiya holatlariga qarshi kurashish va ularning profilaktikasiga faol ko‘maklashish;
🔹 Xodim o‘z ishiga jiddiy yondashishi, ish vaqtidan tashqari xodimlar ishxona rivoji uchun ishlagan taqdirda kechki ovqat tashkil etish masalalariga to'xtalib o'tildi;

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! facebook telegram instagram youtube
#Vakantkadastr

🔻Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi va Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlovlar eʼlon qiladi:

🔸Kadastr agentligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi Sayxunobod tumani bo'limida:
Sayxunobod tumani bo‘limi yetakchi inspektori;

❗️Hujjatlar
2022-yil 21-fevraldan 2-martgacha qabul qilinadi.

🔷 Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma.
🔷 Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz‘dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha video qo'llanma.

Bizning rasmiy sahifalarimiz 👉🏼 facebook telegram instagram youtube
#VMQ_71 #huquqiy_bilim

Yer uchastkalarini xususiylashtirishda davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi

🇺🇿Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli qarori bilan O‘zbekiston fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir maʼmuriy reglament tasdiqlandi.

Maʼmuriy reglamentga ko‘ra, yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari DXM yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ko‘rsatiladi. Bunda ariza to‘ldirilib, unga quyidagilar ilova qilinadi:

🔷ishonchnoma (ariza beruvchining vakili murojaat qilganda);

🔷yer uchastkasini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qaror (ariza beruvchi – yuridik shaxs bo‘lsa).

*🏢Ariza tuman (shahar) qurilish bo‘limi, KAdastr filiali tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun “Yer xususiylashtirish” axborot tizimiga yuboriladi. Kadastr filiali ariza tushgan kundan 5 ish kunida maʼlumotlarni tekshiradi.

*🔺Tuman (shahar) qurilish bo‘limi 3 ish kunida yer joylashgan hududning (aholi punkti yoki ular orasidagi hududni) rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlarga yer uchastkasi joylashuvining muvofiqligini ko‘rib chiqadi.

🔰“Yer xususiylashtirish” axborot tizimida ariza natijalari bo‘yicha (kelishilganligi yoki rad etilganligi) xabarnoma shakllantirilib, ariza beruvchiga yuboriladi.

💢Shunga ko‘ra, ariza beruvchi 10 ish kunida yerni sotib olish to‘lovini amalga oshiradi. To‘lov o‘z vaqtida to‘langanda, yerga mulk huquqini beruvchi davlat orderi shakllantiriladi.

🔘Kadastr boshqarmasi order asosida 2 ish kunida yerga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va undan ko‘chirmani ariza beruvchiga yoki DXMga yuboradi.

📩Davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun BHMning 10 foizi (27 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi. YAIDXP orqali xizmat ko‘rsatilganda yig‘im miqdori 24 300 so‘mni tashkil etadi.

📚Shuningdek, yig‘imlar va xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining sotib olish qiymati to‘langanligi tasdig‘i “Yer xususiylashtirish” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Reglament kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari ishtirokchilariga berilgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq
etilmaydi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz 👉🏼 facebook telegram instagram youtube
▫️Kadastr muhandisi malaka o'quv kurslari▫️

📖 Oʼzbekiston Respublikasi Davlat Soliq qoʼmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Koʼchmas mulk boʼyicha kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olishga talabgor boʼlgan jismoniy shaxslarga imtihon topshirish oldidan o'quv kurslarini o'tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

📟 Shu kunlarda talabgorlarning nafaqat ilmiy, balki amaliy malakalarini oshiruvchi darslar ham tashkil etilmoqda. O'quv kurslari yakuni natijalari haqida yana ma'lumot beriladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Auksion #VMQ_709

e-auksion.uz orqali 195 mingdan ortiq dehqon xo'jaligi yerlarini ijaraga oling!

Ayni paytda Sirdaryo viloyati hududida 4185 ta dehqon xo'jaligi yerlarini ijaraga ochiq tanlovga chiqarilgan bo'lib, ochiq elektron tanlovlarda ishtirok eting!

▪️Oqoltin tumanida 433 ta (Ko'rish)
▪️Boyovut tumanida 497 ta (
Ko'rish)
▪️Sayxunobod tumanida 824 ta (
Ko'rish)
▪️Guliston tumanida 442 ta (
Ko'rish)
▪️Sardoba tumanida 874 ta (
Ko'rish)
▪️Mirzaobod tumanida 561 ta (
Ko'rish)
▪️Sirdaryo tumanida 436 ta (
Ko'rish)
▪️Xovos tumanida 463 ta (
Ko'rish)

Tanlovda qatnashish tartibini ko'ring (video)

Bizning rasmiy sahifalarimiz 👉🏼 facebook telegram instagram youtube
Ko‘chmas mulk obyektlarining noturar bino va inshootlarga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish umumiy maydoni 100 kvadrat metrdan 1000 kvadrat metrgacha bo'lgan ko'chmas mulk uchun narxi qancha?
Anonymous Quiz
79%
Obyektning 1kv/m maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi, 25 foizga ko‘paytirilgan holda
16%
Obyektning 1kv/m maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi,17 foizga ko‘paytirilgan holda
5%
Obyektning 1kv/m maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi, 35 foizga ko‘paytirilgan holda
#PQ_138 #huquqiy_bilim

⚡️Yerlardan foydalanishda jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi

🌐“Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–138-son, 21.02.2022 y.) qabul qilindi.

🔰Unga ko'ra “E-YER NAZORAT” tizimida yer uchastkalari bilan bog‘liq sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha maʼlumotlar xaritasi alohida yuritiladi.

📌2022-yil yakunigacha sinov tariqasida Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod (Toshkent shahri) hamda Qibray va Toshkent tumanlari (Toshkent viloyati)da o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalarini hamda noqonuniy bino va inshootlarni kosmik suratlarni qayta ishlash orqali aniqlash choralari ko‘riladi.

💢Shuningdek, mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati organlarining yer uchastkalari berish haqidagi qarorlari quyidagi grafik asosida xatlovdan o‘tkaziladi:

🔹2022-yil 1-maygacha – 2016–2021 yillarda qabul qilingan qarorlar;
🔹2022-yil 1-avgustgacha – 2006–2015 yillarda qabul qilingan qarorlar;
🔹2023-yil 1-yanvargacha – 2006 yilgacha qabul qilingan qarorlar.

🟢Qarorga ko‘ra: Kadastr agentligi barcha turdagi yer uchastkalari hamda bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik holatlarini aniqlash, yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga va chegaralarini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘radi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! facebook telegram instagram youtube
#Kadastr #Aerogeodeziya #Topografiya

🇺🇿“Namangan, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy va Buxoro" viloyatlari hududidagi geodeziya punktlari va nivelir belgilarini tekshirish bo‘yicha ishlar o‘tgan asrning 80-yillarida amalga oshirilgan.
🌍Hozirgi vaqtda geodeziya va nivelir tarmoqlarini davlat koordinatalar tizimidan WGS-84 butun jahon geodeziya koordinatalar tizimiga o‘tishida, 7-ta parametrlarni hisoblab chiqish va geodeziya punktlari hisobini aniq yuritish uchun ularning holatini aniqlash zarur.
🛬Shu maqsadda Respublika aerogeodeziya markazi Geodeziya va topografiya boʻlimi mutaxassislari tomonidan Namangan, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlarida geodezik punkt hamda nivelir belgilarini tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
▫️Yerga oid munosabatlar▫️

🟩 Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi

📖 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.02.2022 yildagi 71-qarori bo‘yicha ma’lumot.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
#Kadastr #brifing

📢 23-fevral, chorshanba kuni:

🔰 Brifing

● Mavzu: Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati yuzasidan o'tkaziladi

● Vaqti: 14:00

● Ishtirok etadi: Kadastr Agentligi axborot xizmati rahbari Neʼmatjon Atamuratov

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! facebook telegram instagram youtube
⚡️O‘zbekistonda kosmik suratlar orqali noqonuniy egallangan yerlarni aniqlash boshlanadi

🔰2022 yil yakuniga qadar Kadastr agentligi, “O‘zbekkosmos” agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda sinov tariqasida Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlari hamda Toshkent viloyatining Qibray, Toshkent tumanlarida o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalarini, noqonuniy bino, inshootlarni kosmik suratlarni qayta ishlash orqali aniqlash choralarini ko‘radi.

🔹Kadastr agentligi va Bosh prokuratura bilan birgalikda o‘tkazilgan sinov natijalaridan kelib chiqib, ushbu amaliyotni respublikaning butun hududida joriy etish yuzasidan takliflarni 2023 yil 1 martga qadar Prezident Administratsiyasiga kiritadi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! facebook telegram instagram youtube