Sirdaryo Kadastr
1K subscribers
7.27K photos
1.07K videos
18 files
5.04K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев ҳудудлар ривожи билан яқиндан танишиш мақсадида Самарқанд вилоятида бўлади.
Бугунги кунда Самарқандда улкан бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда. Маҳаллабай тарзда аҳоли фаровонлигини ошириш чоралари кўрилмоқда.
Ташриф давомида шундай ислоҳотлар натижаси, янги иншоотлар қурилиши билан танишиш режалаштирилган.

Президент Шавкат Мирзиёев отбыл в Самарканд с рабочей поездкой.
Сегодня в Самарканде проводится масштабная созидательная работа, принимаются меры по повышению благосостояния населения через систему работы "махаллабай".
В ходе поездки запланировано ознакомление с результатами проводимой работы, ходом строительства новых сооружений.

#Mirziyoyev #safar #Samarqand

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
▫️Qishloq xo‘jaligi yerlarida yer tuzish ishlari ▫️

🔷 Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlarida monitoring ishlarini amalga oshirish tartibi.

📖 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.01.2022 yildagi 22-qarori bo‘yicha ma’lumot.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos #yerlarda_monitoring

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
#Savol_javob #Huquqiy_bilim

Savol: Uyimni kadastr qildirmoqchiman. Qayerga murojaat qilishim kerak? Kadastr idorasigami yoki davlat xizmatlari markazigami?
Javob: Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun ariza bilan davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilasiz. Kadastr idoralariga kelishingiz shart emas. Shuningdek, interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn ariza berishingiz ham mumkin. Bugungi kunda kadastr agentligining quyidagi xizmatlaridan onlayn foydalanishingiz mumkin.

1️⃣. Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (Yakka tartibda uy-joy qurish obyekti bo‘lmagan obyekt uchun).
2️⃣. Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish obyekti uchun).
3️⃣. Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
4️⃣. O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
5️⃣. Ipoteka, bino va inshootlar, shuningdek yer uchastkasiga bo‘lgan ashyoviy huquqlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
5️⃣. Fuqarolar nomida shaxsiy turar joyi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish.
7️⃣. Turar joyning maydoni bo‘yicha ma’lumotnoma olish.
8️⃣. Respublika hududidagi ko‘chmas mulk obyektida xatlov/taqiq mavjudligi haqida ma’lumot taqdim etish.
9️⃣. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish.
🔟. Kadastr pasportini tayyorlash.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! facebook telegram instagram youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Davlat ro‘yxatidan o'tgan 🔹

🔲 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil 1 - 7 fevral kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

🔲 Videoinfografikada siz, ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

🔲 Ushbu davr mobaynida Davlat ro'yxatidan o'tkazilgan ob'ektlar soni umumiy 10 287 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
#PQ_81_son #Korrupsiya

🔰Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash quyidagi beshta yo‘nalish bo‘yicha belgilangan indikatorlar asosida amalga oshiriladi

🔹davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mexanizm va huquqiy asoslarning yaratilganligi hamda amaliyotga tatbiq etilganligi;

🔹korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilganligi;

🔹davlat tashkilotlari rahbarlarining korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni ko‘rsatuvchi xatti-harakatlarining mavjudligi;

🔹xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki tartib-taomillardan xabardorligi hamda ushbu sohada bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilganligi;

🔹korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli soha yoki tarmoq kesimida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga
qaratilgan targ'ibot tadbirlari samaradarligi
Айни пайтда Самарқанд халқаро аэропортининг янги терминалида Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида вилоят фаоллари йиғилиши бўлиб ўтмоқда.

Ўта танқидий руҳда ўтаётган йиғилишда давлатимиз раҳбари вилоятдаги секторлар ва тегишли мутасаддилар жуда суст ишлаётганини кўрсатиб ўтди.

Фаолиятида жиддий хато ва камчиликларга йўл қўйгани учун:
- Самарқанд тумани ҳокими Н.Мавлонов;
- Нуробод тумани ҳокими Ф.Заиров;
- Марказий банкнинг вилоят бошқармаси раҳбари О.Тўхтаев,
- Оқдарё тумани прокурори Д.Кубаев;
- Самарқанд шаҳри, Самарқанд ва Оқдарё туманлари ички ишлар бўлимлари бошлиқлари Ж.Қодиров, Ф.Гафаров ва Д.Ибрагимов;
- Ургут ва Пайариқ туманлари давлат солиқ инспекциялари бошлиқлари А.Алмазов ва М.Эргашев;
- вилоят электр тармоқлари корхонаси раҳбари Ғ.Маматқулов ишдан олинди.

Уларнинг баъзиларига нисбатан тўпланган, шу жумладан коррупция ҳолатлари тўғрисидаги маълумотлар асосида жиноий иш очиш масаласи ўрганиб чиқилади.
#PQ_81 #Korrupsiya

⚡️Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi "qoniqarsiz" deb topilgan tashkilot rahbariga intizomiy jazo qo‘llaniladi

Prezident qaroriga muvofiq

🔸Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi 100 ballgacha reytingda baholanib, "yaxshi", "qoniqarli" va "qoniqarsiz" toifalarga ajratiladi.

🔸Ketma-ket ikki yil davomida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi "qoniqarsiz" deb topilgan davlat tashkilotlari rahbarlariga intizomiy javobgarlik choralarini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqiladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! facebook telegram instagram youtube
🔰Yer sotib olib tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lsangiz qonuniy va shaffof yo‘lni tanlang!

2022-yil 11-fevral holatiga Sirdaryo viloyatida 62 ta bo'sh yer uchastkalari Onlayn auksion savdo maydonchasiga qo‘yilgan.

▪️Boyovut tumanida 9 ta (Ko'rish)
▪️Sayxunobod tumanida 21 ta (
Ko'rish)
▪️Guliston tumanida 26 ta (
Ko'rish)
▪️Sardoba tumanida 3 ta (
Ko'rish)
▪️Xovos tumanida 2 ta (
Ko'rish)
▪️Yangiyer shahrida 1 ta (
Ko'rish)

👨‍💻Onlayn auksion orqali savdoga qo‘yilgan yerlarni biz bilan birga kuzatib boring.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! facebook telegram instagram youtube
#kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA #UZA

⚡️Kadastr agentligi Sirdaryo boshqarmasi boshlig‘i Alimjan Maxarovning "fuqarolar, tadbirkorlar va ishbilarmonlarga" murojaati

📌So‘nggi vaqtlarda o‘zining tanishlari orqali yer olib berishni va’da qilayotgan yoki turli soxta «qarorlarni» ko‘rsatib, kadastr hujjatini keyin hal qilib berishga ishontirib, yer sotib olishni taklif etayotgan qo‘shtirnoq ichidagi shaxslar ham ko‘plab uchramoqda. Ularga ishonmang!

📣 Fuqaro va tadbirkorlarning ob’ektlarini buzdirish yoki ularga zarar yetkazish bizning maqsadimiz emas!

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! facebook telegram instagram youtube
#Siyosiy_maʼrifat_soati

🔹Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmalari xodimlari bugungi kunni "Siyosiy-ma'rifat soati"da faol qatnashmoqda.

🔹Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan uyushtirilgan ma'rifat soatida:

✏️ Spikerlar quyidagi masalalarga to'xtalib o'tishdi:

🔰 Zahiriddin Muhammad Boburning davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi islohotlari;

🔰 Mahallalarda ish o'rinlari yaratish va oilalar daromadini ko'paytirishning yangi tizimi;

🔰 Huquqiy savodxonlik (hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati);
Shuningdek, o'quv soatida O'zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ham ma'lumot berildi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! facebook telegram instagram youtube
Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishidan

“Bugun o‘ta muhim va kechiktirib bo‘lmas masalani muhokama qilamiz. Bu – yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash.

Mamlakatimizda 2021 yilda 10 mingdan ziyod avariya sodir etilib, ularda 9 mingdan ortiq fuqaro jarohatlandi. Eng achinarlisi, 2,5 mingga yaqin odam, shu jumladan 263 nafar bola halok bo‘lgani katta fojiadir”, dedi davlatimiz rahbari.

O‘lim bilan bog‘liq avariyalar Toshkent viloyatida har 100 ming aholiga 21 ta, Jizzaxda – 16 ta, Sirdaryoda – 15 ta, Navoiy va Samarqandda – 14 tadan, Qashqadaryo va Namanganda– 13 tani tashkil etib, boshqa hududlardan ancha yuqori.

Masalan, Popdan To‘raqo‘rg‘ongacha bo‘lgan 4R-112 yo‘lining 88-kilometri, “Termiz-Dushanbe” (M-41) xalqaro yo‘lining Jarqo‘rg‘on-Denov qismi (80-kilometri), A-373-yo‘lining Yozyovon tumanidan o‘tgan 352-kilometri, Samarqand-G‘uzor yo‘lining (A-378) 85-kilometrida har yili o‘nlab odamlar halok bo‘lmoqda.
Ayniqsa, 2021 yilda Chiroqchida 43 ta, Namangan shahrida 42 ta, Yangiyo‘l tumanida 34 ta, Urgutda 28 ta, Andijon tumanida 20 ta avariyada odamlar hayotdan bevaqt ko‘z yumgan.

Ushbu tuman va shahar hokimlari, ichki ishlar boshliqlari va prokurorlari ishdan olinib, uch oy sinov muddati berildi. Agar ular ushbu muddatda o‘zgarish qilmasa, javobgarlikka tortiladi, dedi Prezident.

Shu bilan birga, bunday favquloddagi holatga nisbatan Oliy Majlis, mahalliy kengashlar deputatlarining ovozi eshitilmayotgani, Senat, Qonunchilik palatasi, kengashlar yo‘l harakati xavfsizligini biror marta muhokama qilmagani qayd etildi.

“Nimaga hokimlar, ichki ishlar, “GAI”, transport sohasi rahbarlarining hisoboti eshitilib, masʼuliyati ko‘rib chiqilmagan? Shuning uchun bu muhim masala bilan shaxsan o‘zim shug‘ullanishga majbur bo‘ldim”, dedi davlatimiz rahbari.

Yig‘ilishda Namangan viloyati IIB boshlig‘i, Andijon va Samarqand viloyatlari YXHB boshliqlarini ishdan olishga ko‘rsatma berildi. Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘iga qatʼiy ogohlantirish berildi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! facebook telegram instagram youtube
Yig‘ilishda sohadagi ayanchli holat statistik maʼlumotlar asosida tanqidiy tahlil qilindi

Tahlillar ko‘rsatishicha, avariyalarning:

- 45 foizi haydovchilarning qoidalarni mensimasligi;

- 10 foizi haydovchilarning tajribasizligi;

- 25 foizi yo‘l holati va infratuzilmasi talabga javob bermasligi;

- 20 foizi piyodalarning qoidalarga amal qilmasligi oqibatida sodir bo‘lmoqda.

“Yuqoridagi muammolarning barchasi ham ijtimoiy, ham iqtisodiy, ham xavfsizlik masalalariga bevosita bog‘liq. Shu bois, 2022 yilda barcha hududlarda “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” umummilliy dasturini amalga oshiramiz”, dedi Prezident.

Misol uchun, 2021 yilda aniqlangan 7,7 million huquqbuzarlikdan 46 foizi qo‘pol qoidabuzarliklar hisoblanadi. Ayniqsa:

- mast holda boshqarish Samarqand (12 mingta), Toshkent viloyati (8,5 ming), Farg‘ona (7,5 ming) va Toshkent shahrida (7 ming);

- qizil chiroqqa o‘tish Toshkent viloyati (62 ming), Samarqand (51 ming) va Toshkent shahrida (47 ming) ancha yuqori.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! facebook telegram instagram youtube
"Qo‘pol qoidabuzarlarga jazo muqarrarligi taʼminlanishi shart" - Prezident

2021 yilda respublika bo‘yicha 95 ming nafar haydovchi 5 tadan ko‘p, 9 ming nafari 20 tagacha, 700 nafari 50 tagacha, 18 nafari 100 tagacha qoidabuzarlik sodir etgan.

Yunusobod tumanida yashovchi haydovchi 2021 yilda 133 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan (230 million so‘m jarima hisoblangan). Yuqorichirchiq tumanida yashovchi haydovchi 2021 yil 11 oyida 37 marotaba qoidabuzarlik sodir qilib, oxir-oqibat jiddiy avariya sodir etgan.

Davlatimiz rahbari bundan buyon har bir huquqbuzarlik uchun jarima ballari tizimi joriy etilishini maʼlum qildi.

Masalan, haydovchi tezlikni oshirsa – 1 ball, qizil chiroqda o‘tsa – 3 ball hisoblanadi.

Agar bir yilda qoidabuzarliklar jami 12 balldan oshsa, haydovchi avtomobil boshqarish huquqidan mahrum bo‘ladi.

Shuningdek, avtomobilni tartibsiz boshqarib, boshqa haydovchilarga xalaqit qilganlik uchun alohida yo‘l bezoriligi degan yangi javobgarlik turi kiritiladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! facebook telegram instagram youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_nazorati

⚡️Viloyatimizda 150 ta yer qonun buzilish holatlari aniqlandi

🔰Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi yer va kadastr inspektorlari tomonidan joriy yilning 5-fevral holatiga viloyatimizda 150 ta holatda 1,32 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan
hamda 150 ta yer qonun buzilish holatlarini sodir etkan shaxslarga nisbatan inspektorlar tomonidan ogoxlantirishlar berilgan.

📌O'zboshimchalik bilan noqonuniy egallangan yer maydonlari tahlil qilinganda

🏠 3 ta holatda 0,16 gektari uy-joy qurish uchun;
🏗 136 ta holatda 0,72 gektari noturar joy qurish uchun;
🛣 11 ta holatda 0,44 gektari dala tomorqa va boshqa maqsadlarda egallab olingan.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! facebook telegram instagram youtube
#Kadastr #tadqiqot

🌐 Айни дамда Жаҳон Банки кўмагида Ўзбекистонда "Кўчмас мулкни рўйхатга олиш ва кадастр тизимларини модернизация қилиш" лойиҳаси доирасида амалга оширилган Кўчмас мулкни кадастр рўйхатидан ўтказиш ва кадастр ҳужжатларини тайёрлаш соҳасидаги хизматлар сифатини фойдаланувчилар томонидан баҳолашга қаратилган тадқиқот юзасидан ҳисобот эшитилмоқда.

‼️Тадқиқотнинг мақсади - кадастр органлари томонидан тақдим этиладиган хизматларнинг сифатини яхшилашга қаратилган.

Ўрганиш барча вилоятларда ўтказилган.
📝 Сўровда жами 524 нафар респондент иштирок этган, шу жумладан 391 нафар жисмоний ва юридик шахслар қатнашганлар.
Уларнинг 31,5 фоизини аёллар ташкил этган.

📌Тадқиқот натижаларига кўра аёллар энг кўп кўчмас мулкка Бухоро, Жиззах, Хоразм ва Сирдарё вилоятларида, энг кам эса Қашқадарё ва Самарқанд вилоятларида эгалик қиладилар.

📊 Респондентларнинг деярли 95 фоизи турар-жой биноларини рўйхатдан ўтказиш учун кадастр ташкилотларига мурожаат қилганлар, шаҳарларда уларнинг улуши айниқса юқори.