Sirdaryo Kadastr
1.01K subscribers
7.93K photos
1.16K videos
20 files
5.46K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
🔰Kadastr nazorati bo‘limi boshlig‘i Nodir Axmedov, Yer nazorati bo‘yicha mutaxassis M.Kungirov, Boshqarma mas'ul xodimlari bilan Hovos, Boyovut tumanlari va Yangiyer hamda Shirin shahar bo‘limlarida bo‘ldilar.

Ishchi guruh tomonidan Yer va kadastr nazorati bo‘yicha 2021-yilda va 2022-yilning yanvar oyida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, "E-yer nazorat" va "E-ma'muriy ish" dasturlarini qanday yuritilishi, hamda Ma'muriy amaliyotga qo'llangan hujjatlar o‘rganildi.

❇️ Aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar hududiy inspektor bo'lim boshliqlariga huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi, ma’muriy huquqbuzarliklarni ro‘yxatga olish kitobi, ma’muriy yig‘ma jildlar va ularning saqlanishi, o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar, ushbu yo‘nalishdagi murojaatlarni ko‘rib chiqilishi alohida e’tiborga olindi.

Shuningdek yer qonun buzilish holatlarini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar televideniya, hududiy OAV, web-saytlarga joylashtirilishi takidlab o'tildi.
#Kadastr #Seminar

🔰Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi majlislar zalida Yer va kadastr nazorati sohasida amaldagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini xodimlarga yetkazish shuningdek E-yer-nazorat avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish tartibi tushuntirish maqsadida o'quv seminari o'tkazildi.

🔹Ushbu seminar Kadastr nazorati bo‘limi boshlig‘i Nodir Axmedov, Yer nazorati bo‘yicha mutaxassis M.Kungirov, Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi boshlig'i A.Maxarov va boshqarma mas'ul xodimlari tomonidan tashkil etildi.

🔹Shuningdek seminarda E-yer-nazorat avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish, Ma’muriy huqubuzarlik to’g’risida yagona elektron ish yurituv tizimi E-mamuriy ish dasturi orqali Davlat yer va kadastr nazoratiga oid ma’muriy huquqbuzarlikga oid ishlarni yuritish, sohaga oid qabul qilingan Qonun va Qarorlar mazmun-mohiyati hamda inspektorlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar bo'yicha tushunchalar berildi.
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA #gazeta

🔘"Yangi Sirdaryo" gazetasining 5-sonida

🔶"Yangi Sirdaryo"
Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining "Yer onlayn-auksionda sotiladi" nomli maqolasi chop etildi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! facebook telegram instagram youtube
#Savol_javob #Huquqiy_bilim

Savol:
Men uyimni kadastr qilganimdan so‘ng yana yoniga qo‘shimcha uy solganman. Bu holatda kadastr hujjatlarimga qo‘shimcha kiritamanmi?
Javob:
Kadastr hujjatlari tayyorlangan turar-joyingiz qo‘shimcha qurilgan uy-joyni ham kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishingiz zarur bo‘ladi. Bunda Sizga mavjud kadastr hujjatingizga o‘zgartirish kiritib, yangilab beriladi. Kadastr xizmatlariga to‘lanadigan belgilangan xizmat haqqi faqat qo‘shimcha qurilgan (kadastr hujjatida mavjud bo‘lmagan) binolarning maydonidan kelib chiqib hisoblanadi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! facebook telegram instagram youtube
#Kadastr #PQ_104

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-sonli qaroriga muvofiq:

🔖Kadastr agentligi ijtimoiy soha muassasalarining yer maydonlari, bino va inshootlaridan samarali foydalanish darajasini o‘rganish bo‘yicha Komissiya tarkibiga kiritiladi.

🔸Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Kadastr agentligi tomonidan “Yangi O‘zbekiston” massivlarida xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish;

🔸Yirik tuman va shaharlarda savdo komplekslari hamda hududiy savdo-logistika markazlari barpo etish;

🔸Xalqaro yo‘llar bo‘yida xizmat ko‘rsatish obyektlari tashkil etish;

🔸Nodavlat umumtaʼlim va maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish sharti bilan tuman (shahar)larda yer uchastkalari elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarish ishlarini tashkil etish uchun auksionlarga chiqariladigan yer maydonlarini doimiy ravishda ko‘paytirib borish choralari ko‘riladi.

🏢Mehmonxona (joylashtirish), savdo, umumiy ovqatlanish, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan tumanlar va shaharlarda turizm obyektlarini qurish uchun Kadastr agentligi, Turizm va sport vazirligi hamda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda 2022-yil 1-iyuldan boshlab loyiha takliflari va infratuzilmaga ega bo‘lgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdosiga chiqaradi.
Forwarded from Sirdaryo Xabarlari
⚡️ Гулистон шаҳар ҳудудидаги ўзбошимчалик билан қурилган ва ўрнатилган қурилмаларни аниқлаш ҳамда уларни бартараф этиш бўйича ишчи гуруҳ таркиби тасдиқланди (ҳужжат)

Батафсил: https://telegra.ph/sv-02-08-56

Каналга уланиш:👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFIGsEorgDufPpS2gg
#Navoiyiftihorim #581_yilligi

❇️ Ushbu kunda buyuk mutafakkir o'zbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri va davlat arbobi so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavallud topgan kun

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! facebook telegram instagram youtube