Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.08K photos
1.03K videos
18 files
4.91K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
⚡️ Bugun 28-yanvar kuni soat 15:00 da O‘zbekiston Milliy matbuot markazida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Mavzu: “Yer hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ko‘tarilgan asosiy masalalar hamda belgilab berilgan vazifalar ijrosi va tahlili”.

📌Ishtirok etadi: Kadastr agentligi mutasaddilari

📲 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qilishingiz mumkin.

👉 Ushbu matbuot anjumaniga barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🇺🇿Bugun O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Yer hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ko‘tarilgan asosiy masalalar hamda belgilab berilgan vazifalar" mavzusiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Ushbu anjumanda Kadastr agentligi Iqtisodiy tahlil va strategik rivojlanish boshqarmasi boshqarma boshlig'i Feruz Sultonov va Metodologiya boshqarmasi bo'lim boshlig'i Bexzod Nishonov 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va 2022-yildagi rejalar haqida so'zga chiqishdi. Bundan tashqari anjumanda ishtirok etgan ommaviy axborot vositalari xodimlarining savollariga javob berishdi.

Batafsil📹
🟦 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2022 yil 24-28 yanvar kunlari jami 1 764 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 21
▫️Andijon viloyati - 77
▫️Buxoro viloyati - 113
▫️ Samarqand viloyati -23
▫️Sirdaryo viloyati - 44
▫️Surxondaryo viloyati - 217
▫️Qashqadaryo viloyati - 147
▫️Toshkent shahar - 125
▫️Toshkent viloyati - 374
▫️Navoiy viloyati - 59
▫️Namangan viloyati - 150
▫️Xorazm viloyati - 116
▫️Jizzax viloyati - 129
▫️ Farg‘ona viloyati - 155
◽️Davlat kadastrlari palatasi - 14

🟩 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #kadastr

NOQONUNIY EGALLANGAN YERLARDAGI QURILISH BARTARAF ETILDI

🔷 Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi, Guliston tuman bo'lim inspektorlari tomonidan, Guliston tumani Mevazor MFY. Xondamir ko'chasi 10-uyda o'tkazilgan monitoring natijasida fuqaro tomonidan 107 kvadrat maydonga xech qanday xujjatlarsiz o'zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda do'kon qurib olganligi aniqlangan va inspektorlar tomonidan ushbu qonun buzilish holatlarini sodir etgan fuqaroga 15 kun muddat ichida ushbu noqonuniy qurilishni bartaraf etishi yoki bartaraf etilmagan taqdirda O'zbekiston Respublikasi MJtKning 60-moddasi 3-qismida nazarta tutilgan huquqbuzarlik uchun ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilishi to'g'risida rasman ogohlantirilgan.

Hozirgi kunda ushbu noqonuniy savdo do'kon fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz 👉🏼 facebook telegram instagram youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oav_biz_haqimizda #uzb_24 #matbuot_anjuman

"Yer hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ko‘tarilgan asosiy masalalar hamda belgilab berilgan vazifalar” mavzusiga bag'ishlangan matbuot anjumani Янгиликлар 24 dasturida.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳрида Биринчи Президент Ислом Каримов ҳайкали пойига гулчамбар қўйди.
Қуръон оятлари тиловат қилинди. Ислом Каримовнинг халқимиз манфаати йўлида қилган ишлари, мардлик, одиллик, камтаринлик ҳислатлари ёдга олинди.
Маросимда Олий Мажлис палаталари, Президент Администрацияси ва ҳукумат вакиллари, илм-фан ва маданият намояндалари, зиёлилар, шаҳар жамоатчилиги иштирок этди.

Президент Шавкат Мирзиёев возложил цветы к подножию памятника Первому Президенту Исламу Каримову в городе Ташкенте.
Прочитаны суры из священного Корана. Говорилось о делах Ислама Каримова во благо и в интересах нашего народа, его высоких человеческих качествах - мужестве, справедливости и скромности.
В церемонии приняли участие представители палат Олий Мажлиса, Администрации Президента и правительства, деятели науки и культуры, представители интеллигенции и общественности.

#Mirziyoyev #marosim #BirinchiPrezident #xotira

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Янги кўчмас мулк объекти кадастр базасига киритилиб, қўшимча 442,3 млрд сўм солиқ олинди

Шунингдек, 24,1 миллион гектар қишлоқ хўжалиги еридан 23,1 миллион гектарининг (96%) электрон харитаcи яратилди.

👉 https://www.effect.uz/655

🌐 EFFECT.UZ веб-сайтининг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Sport
🌤 #Ob_havo

Bugun 31-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida maʼlumot

Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi.

Harorat kechasi -3 daraja совуқ...+2 daraja iliq, kunduzi +5...+10 daraja iliq bo‘ladi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz 👉🏼 facebook telegram instagram youtube
2022 yil - 1 fevraldan

2022 yil - 1 fevraldan kuchga kiradigan O‘zbekiston qonunchiligidagi o‘zgarishlar
.

🔷 Jismoniy shaxslarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida o‘z xonadonida baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi;

🔷 “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga oid ma’lumotlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali aniqlanadi;

🔷 Кorrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi, eksperiment tariqasida, tegishli ro‘yxatda keltirilgan va o‘z faoliyatida korrupsiyaga qarshi menejment tizimini joriy etayotgan davlat tashkilotlari faoliyatiga joriy etiladi.

🔷 Viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimlarining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi tugatilib, qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy qilinadi.
#Yig'ilish

Bugun Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i A.Maxarov boshchiligida Agentlik va Palata boshqarma xodimlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda Kadastr agentligi direktorining tegishli sonli buyrug'iga asosan Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig'i o'rinbosarligiga Shukurov Jamshid Saydullayevich tayinlanganligi boshqarma boshlig'i tomonidan o'qib eshittirildi.

Shuning bilan bir qatorda yig'ilishda:

🔹O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga rioya qilishi;
🔹 xodimlarning egallab turgan lavozimidan qatʼiy nazar odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
🔹 ichki tartib qoidalar rioya qilish (ishga o‘z vaqtida kelishi va ketishi, forma);
🔹Karantin qoidalariga rioya etishlari va har bir hodimning mahsus moslama orqali o'lchanganda, tana harorati meyoridan yuqori darajada bo'lganligi aniqlangan taqdirda binoga vaqtinchalik kiritmaslik takidlandi.