Sirdaryo Kadastr
1.01K subscribers
7.22K photos
1.06K videos
18 files
5.01K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#Kadastr_agentligi #ishonch_raqami #1097

🏢 Kadastr xizmatiga murojaat qilmoqchisiz, 🕐 lekin vaqtingiz yo'qmi?

Bu muammo emas!

📱1097
ishonch raqamiga qo'ng'iroq qiling va o'z murojaatingizni qoldiring.
Sizning murojaatingiz yozma murojaat bilan bir xil kuchga ega.

☎️ 1097 sizning xizmatingizda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
​​#Kadastr #bilasizmi

🔰Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi
🔸davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu ko‘chmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi;
🔸vakolatli organ tomonidan ko‘chmas mulk obyektiga taqiq qo‘yilganligi;
🔸taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzilgan maʼlumotlar topilishi;
🔸birlamchi kadastr yig‘majildining (kadastr pasporti) mavjud emasligi;
🔸davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi;
🔸ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tomonidan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘xtatib turilgan hollarda, taqdim etilgan materiallardagi kamchiliklarning 3 ish kuni mobaynida bartaraf etilmasligi;
🔸yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinganligi;
🔸huquqlarning vujudga kelishini belgilamaydigan hujjatlarning taqdim etilishi.

Telegram Instagram YouTube  Facebook    Web-sayt
#Kadastr #Foydali_malumot

Har bir Kadastr pasporti quyidagi muddatlarda tayyorlab beriladi😊

1️⃣ ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha:

🏢ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;

🏠yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha;

2️⃣ ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🔹umumiy maydoni 100 kv.M. gacha — 5 ish kunigacha;

🔹100 kv.M dan 1 000 kv.M. gacha — 7 ish kunigacha;

🔹1 000 kv.M dan 5 000 kv.M. gacha — 10 ish kunigacha;

🔹5 000 kv.M dan 15 000 kv.M. gacha — 15 ish kunigacha;

🔹15 000 kv.M dan 50 000 kv.M gacha — 20 ish kunigacha;

🔹50 000 kv.M dan ortiq — 25 ish kunigacha;

🔸ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

‼️ Kadastr pasporti yo‘qolganda yoki yaroqsiz holga kelganda, qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti 2 ish kuni mobaynida beriladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🔹Davlat xizmatlari markazlaridagi kadastr xizmatlari🔹

Noturar joy ko'chmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi bilan tanishing:

🔹Xizmat ko‘rsatish muddati: 1 ish kuni

#DavKadastrPalata #davlat_xizmatlari_markazi #kadastr_xizmatlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
#Auksion

“E-auksion” platformasida savdolar o‘tkazishning yagona tartibi joriy etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 yanvardagi "Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 18-sonli qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va elektron tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (Yagona nizom) tasdiqlandi.

Endilikda savdoda qatnashish uchun arizalar savdo o‘tkaziladigan kuni soat 9:00 ga qadar qabul qilinadi hamda savdolar soat 10:00 da boshlanadi (avval xabarnomada ariza berish muddati va savdo vaqti eʼlon qilingan lotlar bundan mustasno, xabarnomada eʼlon qilingan vaqtda).

Barafsil: https://e-auksion.uz/news-view/?id=310

Bizning rasmiy sahifalarimiz 👉🏼 facebook telegram instagram
#Til_bor_millat_bor

Maʼnaviyat — inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz ichiga oladi. Maʼnaviyat atamasining asosida „maʼno“ soʻzi yotadi. Maʼlumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning boʻybasti, koʻrinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqa kiradi. Ichki olami esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari, his-tuygʻularini oʻz ichiga oladi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz 👉🏼 facebook telegram instagram
#Infografika #O'RQ_708_son

Yer qonun buzilish holatlari uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan ma’muriy va jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirishlar kiritgan. (O'RQ-708-son 16.08.2021 yil)
📢 FUQAROLAR HAMDA TADBIRKORLAR DIQQATIGA!

Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida www.my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali siz Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishishga online ariza yuborishingiz mumkin.
Batafsil: https://my.gov.uz/uz/service/155

Bizning rasmiy sahifalarimiz 👉🏼 facebook telegram instagram
▪️Dehqon xo'jaligi yerlarini ijaraga berish tartibi▪️

🟩 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.11.2021-yildagi "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida"gi 709-sonli qarori bo'yicha ma'lumot!

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos #qaror

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
#yer_nazorati #Sayxunobod

Sayxunobod tuman Olg'abos maxallasi, Ko'k tepa kòchasi 27-uyda yashovchi fuqaro tomonidan o'zining turar joy binosi chegarasiga tutash bo'lgan xududidan o'zboshimchalik bilan qurilgan 15 kv.m noturar joy binosi, Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi Sayxunobod tuman bo'lim xodimlari tomonidan belgilangan tartibdi ogoxlantirish berilgandan so'ng yer kodeksining 91-moddasiga asosan fuqaro o'z xisobidan buzish ishlarini amalga oshirilmoqda.

Bizning rasmiy sahifalarimiz 👉🏼 facebook telegram instagram
#Prezident_qarori

▪️Yoshlar ishlari agentligi “Zakovat” va boshqa intellektual o‘yinlarni tizimli ravishda rivojlantiradi;

▪️2022/2023 o‘quv yilidan “Zakovat”ning respublika g‘oliblari uchun yil davomida har oyda beriladigan stipendiya joriy etiladi;

▪️2022 yildan boshlab, bosqichma-bosqich taʼlim muassasalarida “Zakovat” klublari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi hamda hududlardagi Yoshlar markazlarida jamoalar uchun alohida xona tashkil etiladi;

▪️2022 yildan boshlab har yili talabalar o‘rtasida Intellektual olimpiada tashkil qilinadi. Unda umumjamoa hisobida dastlabki uchta o‘rinni qo‘lga kiritgan OTMga Prezident sovg‘asi topshiriladi;

▪️Respublika bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan taʼlim muassasalari o‘quvchilari hamda OTM talabalari taʼlimning keyingi bosqichiga kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;

▪️taʼlim muassasalarida tashkil etilgan “Zakovat” klublarining koordinatori bo‘lgan professor-o‘qituvchilarga mehnatga haq to‘lash fondining 50 foizi miqdorida bir martalik ustama to‘lab beriladi;

▪️2022/2023 o‘quv yilidan boshlab har yili aprel oyida «Intellektual haftalik» o‘tkaziladi;

▪️Nobel mukofoti sohiblari bilan uchrashuvlar tashkil etib boriladi;

▪️“Zakovat” va boshqa intellektual o‘yinlarining hududiy va respublika bosqichi g‘oliblarini o‘z mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar zaxirasiga olish hamda rahbarlik lavozimlariga tayinlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

▪️intellektual turnirlar tashkil qilish, bilimdon yoshlarni rag‘batlantirish, yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan kompyuter va mobil o‘yinlarni yaratgan dasturchilarga grant va subsidiyalar ajratish maqsadida 2022 yilda 50 mlrd so‘m, keyingi yillarda asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq davlat byudjetidan mablag‘ ajratiladi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz 👉🏼 facebook telegram instagram
#targ'ibot #Sardoba

Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi, Sardoba tuman bo'limi tomonidan "ko'chmas mulklarga bo'lgan huquqlarni o'z vaqtida davlat ro'yxatidan o'tkazish, yer tuzish loyihalaridan chetga chiqish, o'zboshimchalik bilan egallangan yerlarda noqonuniy qurilishlarni oldini olishga maqsadida mahallalarda targ'ibot ishlari o'tkazilmoqda.

Bizning rasmiy sahifalarimiz 👉🏼 facebook telegram instagram
▫️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda monitoring▫️

❇️ Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda monitoring ishlarini amalga oshirish, yerlarni muxofaza qilish va yer tuzish faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy xujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.01.2022 yildagi 22-qarori bo‘yicha ma’lumot.


#DavKadastrPalata #huquqiy_asos #yerlarda_monitoring

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Davlat ro‘yxatidan o‘tgan🔹

◻️Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2021 yil 10-17 yanvar kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

◻️Ushbu ma’lumotda siz, ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

◻️O'tgan hafta davomida Davlat ro'yxatidan o'tkazilgan ob'ektlar soni umumiy 11 273 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Yer sotib olib tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lsangiz qonuniy va shaffof yo‘lni tanlang!

2022-yil 21-yanvar holatiga Sirdaryo viloyatida 1 462 ta bo'sh yer uchastkalari Onlayn auksion savdo maydonchasiga qo‘yilgan.

▪️Oqoltin tumanida 120 ta (Ko'rish)
▪️Boyovut tumanida 100 ta (
Ko'rish)
▪️Sayxunobod tumanida 124 ta (
Ko'rish)
▪️Guliston tumanida 127 ta (
Ko'rish)
▪️Sardoba tumanida 259 ta (
Ko'rish)
▪️Mirzaobod tumanida 251 ta (
Ko'rish)
▪️Sirdaryo tumanida 180 ta (
Ko'rish)
▪️Xovos tumanida 178 ta (
Ko'rish)
▪️Guliston shahrida 1 ta (
Ko'rish)
▪️Yangiyer shahrida 122 ta (
Ko'rish)

👨‍💻Onlayn auksion orqali savdoga qo‘yilgan yerlarni biz bilan birga kuzatib boring.

Bizning rasmiy sahifalarimiz 👉🏼 facebook telegram instagram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Siyosiy-maʼrifat soati” mamlakatimizdagi ijobiy o‘zgarishlarning mohiyatini keng va batafsil tushuntirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Kadastr agentligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi, Davlat Kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari bugun tashkillashtirilgan "Siyosiy-maʼrifat soati"da faol qatnashmoqda.

Mazkur "Siyosiy-maʼrifat soati" haftaning har juma kunida tashkil etilmoqda.

Bizning rasmiy sahifalarimiz 👉🏼 facebook telegram instagram