Sirdaryo Kadastr
1.01K subscribers
7.21K photos
1.06K videos
18 files
5K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
👨🏻‍💻 Tizimdagi faoliyat asosiy vazifamizdir, ammo ishni tashkil qilish jarayonida yong‘in xavfsizligiga e’tibor berib borish ham muhim masala.

👮🏼‍♂️ Joriy yilning 17-dekabr kuni Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining majlislar zalida Sirdaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Sirdaryo viloyati hududida sodir bo‘lgan yong‘inlar va is gazidan zaharlanish holatlarining kelib chiqish sabablari hamda oqibatlari to‘g‘risida Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi xodimlari uchun yig'ilish bo'lib o'tdi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Forwarded from Kadastr - Live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #tashqi_OAV #UZB24

Yangiliklar 24 | "Korrupsiya-taraqqiyot dushmani" videoroliklar tanlovi yakuniy bosqichi

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Davlat tashkilotlariga yangi yil korporativlarini o‘tkazish taqiqlanadi

Maxsus komissiyaning joriy yil 30 noyabrdagi 90-son yig‘ilish bayoniga ko‘ra, vazirlik, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari hamda xo‘jalik birlashmalarida mamlakatda amal qilayotgan karantin cheklovlari sharoitida aholi salomatligini taʼminlash hamda davlat byudjeti mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish maqsadida yangi yil bayramini nishonlash bo‘yicha turli xil korporativ bayram va ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etish taqiqlangandi deb xabar beradi Xushnudbek.uz kanalida.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Yer sotib olib tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lsangiz qonuniy va shaffof yo‘lni tanlang!

2021-yil 20-dekabr holatiga Sirdaryo viloyatida 1 406 ta bo'sh yer uchastkalari Onlayn auksion savdo maydonchasiga qo‘yilgan.

▪️Oqoltin tumanida 96 ta (Ko'rish)
▪️Boyovut tumanida 113 ta (
Ko'rish)
▪️Sayxunobod tumanida 103 ta (
Ko'rish)
▪️Guliston tumanida 153 ta (
Ko'rish)
▪️Sardoba tumanida 221 ta (
Ko'rish)
▪️Mirzaobod tumanida 248 ta (
Ko'rish)
▪️Sirdaryo tumanida 193 ta (
Ko'rish)
▪️Hovos tumanida 182 ta (
Ko'rish)
▪️Shirin shahrida 1 ta (
Ko'rish)
▪️Yangiyer shahrida 96 ta (
Ko'rish)

👨‍💻Onlayn auksion orqali savdoga qo‘yilgan yerlarni biz bilan birga kuzatib boring.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Қишлоқ хўжалигига мўлжалланган ер майдонларини аҳолига ижарага беришнинг янги тизими
#20dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash

“KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGA KURASHAYLIK”

🔷Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha «Komplaens-nazorat» (ichki nazorat) xizmati Sizlarni kadastr sohasidagi korrupsion holatlarni bartaraf etishda hamkorlikka chorlaydi.

🔷Agarda Siz kadastr tizimida korrupsion holatlarga guvoh bo‘lsangiz yoki tizim xodimlarining noqonuniy harakatlari to‘g‘risida maʼlumotlarga ega bo‘lsangiz bizga murojaat qiling.

☝️MUROJAATCHI TO‘G‘RISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Kelgusi yilda baliq yetishtirish hajmi 600 ming tonnaga yetkazilishi shart - Prezident.

Buning uchun:

- Sharof Rashidov tumani tajribasi asosida kelgusi yilda 10 mingta xonadonda intensiv baliq yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi;

- xonadonlarda kooperatsiya asosida yiliga 80 tonnadan ortiq baliq yetishtirgan klasterlar uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod etiladi;

- uyida baliq yetishtiruvchilar uchun “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida kredit miqdori 2 barobarga oshiriladi va kelgusi yilda 400 milliard so‘m yo‘naltiriladi;

- baliq yetishtiruvchi xonadon egalari uchun yer va mulk soliqlari 50 foizga kamaytirilib, ular o‘zini o‘zi band qilgan aholi toifasiga o‘tkaziladi;

- xorijdan mutaxassis olib kelgan baliqchilik klasterlariga xarajatlarning bir qismi qoplab beriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#Notarius #seminar

Notarial harakatlarni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni oldini olish yuzasidan seminar bo'lib o'tdi.

Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi va Notarial palata Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi xodimlari va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar vakillari hamkorligida 2021-yil 20-dekabr kuni notariuslar uchun tashkil etilgan tadbirlar natijasi bo‘yicha rasmiylashtiriladigan notarial xarakatlarning qonun hujjatlari talablariga javob bermasligi holatlarini bartaraf etish va oldini olish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi majlislar zalida seminar bo'lib o'tdi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
🌤 #Оb_havo

Bugun 21-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot

Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat kechasi +2...+7 daraja iliq, kunduzi +13...+18 daraja iliq bo‘ladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Forwarded from Sirdaryo Xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Коррупция — тараққиёт душмани!

Каналга уланиш:👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFIGsEorgDufPpS2gg
Кадастр паспортини 3 кунда олиш мумкин 📹 (видео)

👉https://xabar.uz/jigu

📲Каналга қўшилинг:👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAE6kMk7VmpcqzxoC3w
⚡️Yangi yilda barcha xodimlar 5 kun dam oladi

Prezident farmoni bilan 2022 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi:

barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qatʼi nazar): 3 yanvar - dushanba, 22 mart - seshanba, 23 mart - chorshanba, 11 iyul - dushanba, 2 sentyabr - juma;

olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 4 yanvar - seshanba, 4 may - chorshanba, 5 may - payshanba, 12 iyul - seshanba, 3 sentyabr - shanba va 31 dekabr - shanba.

Shuningdek, 2022 yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari qo‘yidagi tartibda ko‘chirildi:

🔹8-yanvar - shanba kunidan 4 yanvar - seshanba kuniga;
🔹7-may - shanba kunidan 4 may - chorshanba kuniga;
🔹14-may - shanba kunidan 5 may - payshanba kuniga;
🔹16-iyul - shanba kunidan 12 iyul - seshanba kuniga.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
▫️“Zakovat” intellektual o‘yini hududlarda▫️

💠Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalaridan tuzilgan jamoalar “Zakovat” intellektual o‘yinida ishtirok etib sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar.

💠“Zakovat” intellektual o‘yini o'tayotgan haftada quyidagi hududlarda o‘tkazildi:

💤 Namangan viloyati
💤 Toshkent viloyati
💤 Sirdaryo viloyati
💤 Farg'ona viloyati
💤 Andijon viloyati

Bugun esa tizimlardagi Toshkent shahri vakillari jamoalari o'rtasida o'zaro bellashuvlar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

⚜️Alohida qayd etish muhimki, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan, Jizzax, Samarqand va Farg'ona viloyatlari intellektual o'yinning final boshqichiga yo'llanma olganlar.

#DavKadastrPalata #zakovat #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида ер ҳисоби ва давлат кадастрларини тўлиқ шакллантириш, соҳага рақамли технологияларни жорий этиш масалалари юзасидан кенгайтирилган йиғилиш бошланади.

Кескин танқидий руҳда ўтиши кутилаётган йиғилишда янги ташкил этилган Кадастр агентлиги томонидан ерларни ялпи хатловдан ўтказиш ва электрон рўйхатга олиш ишларининг бориши, хатлов жараёнида аниқланган муаммолар, ер ажратиш ва ҳисобини юритишдаги коррупция ҳолатлари эътибор марказида бўлади.

Скоро при Президенте Шавкате Мирзиёеве начнется расширенное совещание по обеспечению полноты учета земельных ресурсов и формирования государственных кадастров, внедрению в сферу цифровых технологий.

На совещании, которое, как ожидается, пройдет в духе строгой критики, особое внимание будет уделено ходу сплошной инвентаризации и электронной регистрации земель со стороны новообразованного Кадастрового агентства, выявленным в ходе инвентаризации проблемам, а также коррупционным явлениям в сфере выделения и учета земель.
Деҳқон хўжаликларини кадастр рўйхатидан ўтказиш ишларига 20 миллиард сўм ажратилади - Президент

Президент ҳузуридаги йиғилишда мутасаддиларга ишни қуйидаги йўналишларда ташкил этишга топшириқ берилди:

✔️ келгуси йил 1 апрелга қадар қишлоқ хўжалиги ерларини ҳисобга олиш ишларини якунига етказиш;

✔️ ер балансидаги фарқ бўйича ер майдонларининг эгаси ва аниқ тоифасини белгилаб бериш;

✔️ 38 мингта субъектга тегишли ер ажратиш ҳужжатлари тўлиқ бўлмаган 1 миллион гектар майдоннинг ижара шартномаларини расмийлаштириш;

✔️ ер ажратиш тўғрисидаги барча қарорларни хатловдан ўтказиб, уларнинг эгаси, манзили ва чегарасини аниқ белгилаб, кадастр идораларига бериш;

✔️ деҳқон хўжаликларини кадастр рўйхатидан ўтказиш ишларига 20 миллиард сўм ажратиш.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr