Sirdaryo Kadastr
1.01K subscribers
7.21K photos
1.06K videos
18 files
5K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#Stop_korrupsiya

🔰Kadastr sohasida Korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi va Palataning viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda barcha tuman shaharlardagi aholi gavjun yerlarda shuningdek har bir mahalla fuqarolar yiginlarida Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqaro va tadbirkorlarni hamkorlikga chorlovchi e'lonlar ilinmoqda.

📌Shuningdek Kadastr tizimida korrupsion holatlariga guvoh bo'lsangiz yoki tizim xodimlarining noqonuniy harakatlari to'g'risida ma'lumotlarga ega bo'lsangiz bizga murojaat qiling.

☎️Ishonch telefoni: 1097
📞Komplaens-nazorat xizmati: (71) 202-55-81
📞Sirdaryo viloyat boshqarmasining Komplaens-nazorat xizmati: (67) 225-98-97

🌐Elektron manzil: [email protected]
✍️Telegram bot: @SirdaryokadastrBOT

☝️Murojatchi to'g'risidagi ma'lumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Davlatimiz rahbari raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi

Yig‘ilish avvalida Prezidentimiz o‘tgan kuni aholini uy-joy va yashash manziliga yaqin joylarda ish bilan taʼminlash bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston" massivlarini barpo etish dasturi loyihasi muhokama qilingani, u qayta ko‘rib chiqilib, massivlar soni 29 tagacha ko‘paytirilganini taʼkidladi."Bugungi yig‘ilishda ipotekani kengaytirish va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab olamiz.

Xabaringiz bor, bundan ikki yil oldin ipoteka tizimi tubdan isloh qilindi. Natijada sohaga sifat va raqobat kirib keldi, hududlarda zamonaviy arxitektura yechimlariga ega loyihalar paydo bo‘ldi.

Shu orqali ipoteka dasturlari doirasida yiliga 35 ming xonadonli uy-joylar qurilmoqda. Bu oldingi yillarga nisbatan 2 baravar ko‘p", dedi Prezident.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Қурилиш материаллари саноатини ривожлантириш ва аҳолини уй-жой билан таъминлаш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
Аҳоли ва қурувчиларга янги қулайлик ва имкониятлар белгиланди.
Давлатимиз раҳбари одамларга осон бўлиши учун янги уйлар тўғрисидаги маълумотлар, уларни расмийлаштириш, субсидия ва кредит ажратиш хизматларини бир жойда ташкил этиш бўйича кўрсатма берди.
Ҳар бир ҳудудда қурилиш кластерлари ташкил этиш мақсадга мувофиқлиги таъкидланди.

Состоялось видеоселекторное совещание по вопросам развития промышленности стройматериалов и жилищного обеспечения населения.
Определены новые удобства и возможности для населения и застройщиков.
Глава государства поручил организовать единые центры оказания консультаций и услуг по вопросам оформления, субсидирования и кредитования жилья.
В связи с этим отмечена целесообразность создания строительных кластеров в каждом регионе.

#Mirziyoyev #videoselektor #ipoteka #qurilish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🌤 #Оb_havo

3-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot

Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra, bugun — 3-dekabr Sirdaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Harorat kechasi +6...+11 daraja, kunduzi +13...+18 daraja iliq bo‘ladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Birovning mulkidan cheklangan tarzda foydalanish mumkinmi?

— Ishxonamizga 6 kv havo liniyasi tortayotgan edik. Ikki stolba fermer hududining ekin maydoniga to‘g‘ri keldi. Fermer stolba o‘rnatishimizga qarshilik ko‘rsatmoqda. U bilan kelishishga majburmizmi?

📝Maqolani to'liq o'qish

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Prezident: «Sirdaryoda sotilmay turgan 189 ta uy bor»

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy qurilishi bo‘yicha videoselektor o‘tkazdi. Unda narxi qimmatligi yoki joylashgan o‘rni noqulay bo‘lgani uchun sotilmay turgan uylar muammosini ko‘tardi.

🔹«Bugungi kunda joylashgan joyi yoki narxi aholiga nomaqbul bo‘lgani uchun, qiymati 255 mlrd so‘mlik 950 ta qurilgan xonadon sotilmasdan turibdi.

🔹Surxondaryoda – 292 ta, Sirdaryoda – 189 ta, Qoraqalpog‘istonda – 174 ta, Farg‘onada – 167 ta shunday uylar mavjud. Nima sababdan ushbu hududlar rahbarlari kerakli ishlarni amalga oshirmayapti?»
— dedi prezident.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
SAVOL BERING- JAVOB BERAMIZ

Savol: Kadastr pasportini olish uchun topshirgan arizam ko‘rib chiqish muddati 5 ish kuniga kechikdi. To‘lovlarning 50 foizini qanday qaytarib olishim mumkin?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq Davlat xizmatlari markazlari, “Litsenziya” axborot tizimi hamda YAIDXP orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan uch ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilganda, ariza beruvchilarning murojaatlariga asosan, xizmatdan foydalanish uchun to‘langan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarning 50 foizi ularga bir ish kunida qaytariladi.

To‘lovning 50 foizini qaytarib olish uchun Siz Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishingiz mumkin.

Davlat xizmatlari markazi xodimi ko‘rsatilayotgan davlat xizmati qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan uch ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilganligini aniqlagach, Sizning plastik kartangizga yoki Sizga qulay bo‘lgan bank (❗️bunda Siz bank hisob raqami to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etishingiz kerak bo‘ladi) hisob raqamiga pulni qaytarish chorasini ko‘radi.

☝️Mazkur bot @SirdaryokadastrBOT orqali savollaringizga javob berishda davom etadi. Savolingizda o‘z ism familiyangizni ham yozib o‘tishni unutmang.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #kop_uchraydigan_savollar

⁉️Savol: Qaysi bino va inshootlar o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat deb hisoblanadi?

Javob: Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki o‘zga ko‘chmas mulk o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining Guliston, Oqoltin tuman bo‘lim boshliqlari va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi Guliston, Oqoltin tuman filial rahbarlari boshchiligida xodimlarga korrupsiyani oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Yig‘ilishda:

🔹O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga rioya qilishi;
🔹korrupsiya holatlariga qarshi kurashish va ularning profilaktikasiga faol ko‘maklashishga;
🔹xodimlarning egallab turgan lavozimidan qatʼiy nazar odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
🔹ichki tartib qoidalar rioya qilish (ishga o‘z vaqtida kelishi va ketishi, forma);
🔹sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish hamda ishxonada rasmiy kiyimda bo‘lishi;
🔹xodim o‘z ishiga jiddiy yondashishi haqida so‘z bordi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr