Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.09K photos
1.03K videos
18 files
4.92K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#xalqaro_hamkorlik #kadastr_agentligi

📍 Ayni damda “O‘zbekiston va Gruziyada yer islohotlarini amalga oshirish tajribasini taqqoslash orqali mintaqaviy bilim – tajriba almashinuvi” bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari M.Mirmaksudov Yer va kadastr tizimini takomillashtirish bo‘yicha yurtimizda amalga oshirilgan islohotlar to‘g‘risida maʼlumot bermoqda.

Jumladan,

🔹 Kadastr agentligining asosiy vazifalari;

🔹 Sohani raqamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar;

🔹 Yer va bino-inshootlarni hisobga olish tajribalari;

🔹 Amalga oshirilgan yer, kadastr va geodeziya nazorati tadbirlari;

🔹 Geodeziya va kartografiya yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar;

🔹 Davlat kadastrlari yagona tizimi va ularning yuritilishi;

🔹 Bo‘sh yer uchastkalarini auksionga chiqarish

bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi xalqaro hamkorlarga ko‘rsatilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🌐“Yangi Oʼzbekiston” ijtimoiy siyosiy gazetasining bugungi sonida “Oʼzbekiston milliy atlasi” muhim maʼlumotlar jamlangan manba” nomli maqola chop etildi.

🌐Oʼzbekiston Prezidentining topshirigʼiga asosan birinchi marotaba yaratilgan Oʼzbekiston milliy atlasi haqida batafsil maʼlumotlar jamlangan ushbu maqola bilan tanishishingiz mumkin.

#OAV_biz_haqimizda #DavKadastrPalata #gazeta

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
🌐Bugun, Jahon banki missiyasi va Gruziya delegatsiyasi - yer tuzish, kadastr, koʼchmas mulkni roʼyxatga olish holatini oʼrganib, oʼzaro tajriba almashish maqsadida Davlat kadastrlari palatasiga tashrif buyurdilar.

📈Mehmonlar koʼchmas mulkni roʼyxatdan oʼtkazish boʼyicha tizimda yoʼlga qoʼyilgan yangiliklar, auktsion savdosiga boʼsh uchastkalarni chiqarishdagi eʼtibor qaratish muhim boʼlgan jihatlarga ahamiyat berdilar.

💻Tizimdagi yoʼlga qoʼyilgan - server yaʼni barcha maʼlumotlar jamlanmasini koʼzdan kechirib, bu boradagi maʼlumotlar boʼyicha oʼzaro fikr almashdilar.

Halqaro hamkorlar tashrifi ertaga ham davom etadi.

#xalqaro_hamkorlik #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
Президент Шавкат Мирзиёев кимё саноатидаги янги лойиҳалар муҳокамаси юзасидан йиғилиш ўтказди.
Келгуси йилда ишлаб чиқариш ҳажмини 12 триллион сўмга, экспортни 380 миллион долларга етказиш имкониятлари кўриб чиқилди. Соҳани рақамлаштириш, корхоналарда операцион харажатлар ва энергия сарфини қисқартириш орқали маҳсулот таннархини камайтириш вазифаси қўйилди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание, посвященное обсуждению новых проектов в химической промышленности.
Рассмотрены возможности для доведения отраслевого производства до 12 триллионов сумов, объема экспорта – до 380 миллионов долларов в следующем году. Определены задачи по цифровизации сферы, снижению себестоимости продукции через сокращение операционных расходов и энергопотребления на предприятиях.

#Mirziyoyev #yigilish #kimyosanoati #loyihalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон ва Россия ўртасидаги ҳудудлараро ҳамкорлик II форуми иштирокчиларига видеомурожаати

Видеообращение Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева к участникам II Форума межрегионального сотрудничества между Узбекистаном и Россией
🌤 #Оb_havo

Bugun 18-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot

Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra 18-noyabr kuni Sirdaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ba'zi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Harorat kechasi -8...-3 daraja sovuq, kunduzi 0-+5 daraja iliq bo‘ladi. Yo‘llarda ba'zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 18 noyabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

🇺🇿1991 yil 18 noyabrda “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi bilan mamlakat davlat suverenitetining ramzi – bayrog‘imiz tasdiqlangan.

O‘zida juda katta ma’no-mazmunni mujassam etgan, yuksak did va mahorat bilan puxta ishlangan, o‘zida butun O‘zbekiston ahlining asriy orzu-istaklarini, g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni, ajdodlar yodi hamda millat g‘ururini mujassam etgan bayrog‘imiz sayyoramizdagi barcha mamlakatlarning davlat ramzlari orasida alohida hurmat va ehtiromga sazovordir.

Shu munosabat bilan "Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi" barcha yurtdoshlarimizni ozod va erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz ifodasi hisoblangan davlatimiz bayrog‘i qabul qilingan kun bilan samimiy qutlaydi!

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Ko‘chmas mulk obyektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi

Kadastr pasportida mulkdor va huquq belgilovchi hujjatlar haqidagi ma’lumotlar aks ettirilmaydi.

Kadastr pasportining shakllari quyidagi turlar bo‘yicha belgilanadi:

🔹ko‘p kvartirali uydagi turar joyning kadastr pasporti;

🔹yakka tartibdagi turar joyning kadastr pasporti;

🔹noturar joy toifasidagi ko‘chmas mulk obyektining kadastr pasporti;

🔹yer uchastkasining kadastr pasporti;

🔹qurilishi tugallanmagan obyektning kadastr pasporti.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Forwarded from Kadastr - Live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Barchangizni 18-noyabr-O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan samimiy qutlaymiz.
Vatanimizning sha’ni, xalqimizning g‘ururini aks ettiruvchi bayrog‘imiz baland hilpirayversin!

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
O‘zbekiston Respublikasining ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 60-moddasi 2-qismi

❗️Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan, ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanganlik uchun

fuqarolarga — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari,

mansabdor shaxslarga — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Yer sotib olib tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lsangiz qonuniy va shaffof yo‘lni tanlang!

👨‍💻Onlayn auksion orqali savdoga qo‘yilgan yerlarni biz bilan birga kuzatib boring.

🏢Tayyor bino-joylar qidirayotgan bo‘lsangiz onlayn auksionda ularni ham ko‘zdan kechirib, sotib olishingiz mumkin!

Tadbirkorlik uchun 153 ta davlat obyektini ijaraga olish 👉 (ko'rish)

💠Viloyatimizda reklama qurilmalarini o'rnatib tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 8 ta hudud 👉 (ko'rish)

💠Viloyatimizda joylashgan, tadbirkorlik uchun bo'sh yer uchastkalari 1184 ta investitsiya majburiyatisiz sotib oling! 👉 (ko'rish)

💠 Viloyatimizda 28 ta davlat aktivlari sotib olish uchun 👉 (koʼrish)

🔹e-auksion.uz – ushbu shaffof auksionda onlayn ishtirok etib, ko‘zlagan mulkingizga ega bo‘ling!

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr