Sirdaryo Kadastr
1.03K subscribers
7.16K photos
1.05K videos
18 files
4.97K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik #Rossiya_Federatsiyasi

Ayni damda Soliqqa tortish maqsadida Davlat kadastrlarini baholash hamda ko'chmas mulk obyektlarining kadastr narxlarini belgilash loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasining texnik ko'magini ko'rsatish bo'yicha ishchi guruh vakillari tashrif buyurdi.

Mazkur uchrashuvda Davlat kadastrlari palatasi, "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti mutaxassislari ishtirok etishmoqda.

Ushbu uchrashuv davomida 2021-2022-yillarda Rossiya Federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga texnik yordam ko‘rsatish doirasida Buxoro viloyati Romitan tumani misolida Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan obyektlarning kadastr qiymatini aniqlash bo'yicha taqdimot bo'lib o'tmoqda
.
1 noyabrdan qonunchilikda qanday o‘zgarishlar kuchga kiradi bilasizmi ?

🔷Xonadonlar soni mingta va undan ortiq bo‘lgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining oylik maoshlari 35 foizga oshiriladi

🔷«Ijtimoiy himoya yagona reestri»da ro‘yxatga olingan shaxslarga, I va II guruh nogironlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda har qanday to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz chegirma beriladi

🔷Onkologik va gematologik bemorlarning hududlardan respublika ixtisoslashtirilgan markazlariga kelish xarajatlari qoplab beriladi

🔷Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga ayrim tibbiy xizmatlar byudjet hisobidan nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilishiga ruxsat beriladi

🔷Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari tashkil etiladi

🔷Davlat tibbiyot muassasalarining rahbarlari sog‘liqni saqlash sohasidagi boshqaruv kurslarida o‘qitiladi

🔷Oilaviy zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha xabar berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Forwarded from Kadastr - Live
​​#Kadastr #Andijon_viloyati

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-avgustdagi “Andijon viloyatining Asaka va Shahrixon tumanlarida ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi 520-sonli qarori ijrosi yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Xususan,

💠Shahrixon tumanida Kadastr va Soliq organlari xodimlari bilan hamkorlikda jami bo‘lib, 15 930 ta obyektlar xatlovdan o‘tkazildi (25 ta mahalla).

📌Shundan, 2 402 tasi davlat ro‘yxatidan o‘tganligi va 13 528 tasi ro‘yxatdan o‘tmaganligi aniqlandi.

🔷Bundan tashqari, 11 818 ta obyekt egalari tomonidan to‘langan soliq summalari o‘rganildi.
Jumladan:
➡️15 yillik soliq to‘lagan obyektlari soni 5 298 tani;
➡️11-14 yillik soliq to‘lagan obyektlari soni 2 287 tani;
➡️6-10 yillik soliq to‘lagan obyektlarii soni 2 279 tani;
➡️1-5 yillik soliq to‘lagan obyektlari soni 1 939 tani tashkil etmoqda.

Bu borada ishlar Shahrixon tumanida tashkil etilgan «Shtab» tomonidan kunlik tahlil qilinib kunbay nazorat olib borilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида қишлоқ хўжалигидаги ислоҳотларнинг бориши, кластерлар олдидаги муаммоли масалалар ва уларнинг ечимларини кўриб чиқишга бағишланган видеоселектор йиғилиши бошланади.
Йиғилишда қишлоқ хўжалигининг ривожланишига катта туртки берадиган навбатдаги муҳим ислоҳотлар бўйича ташаббуслар илгари сурилиши кутилмоқда.

В ближайшее время под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание, посвященное ходу реформ в сельском хозяйстве, рассмотрению проблемных вопросов в деятельности кластеров и путей их решения.
Ожидается инициирование очередных важных реформ, которые придадут сильный импульс развитию аграрной отрасли.

Facebook|Instagram|Twitter
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

🔘 Қуйидаги ҳолларда кадастр паспортини расмийлаштириш бепул амалга оширилади:

кўчмас мулк объекти бўйича бирламчи кадастр йиғмажилди (паспорти) мавжуд бўлиб, бегоналаштирилганда ёки объектда ўзгаришлар (реконструкция, қўшимча ва алохида қурилиш) мавжуд бўлмаганда;

кўчмас мулк объектининг бир қисми бегоналаштирилганда объектнинг қолган қисмига ёки реконструкциясиз тоифаси ўзгарганда;

кадастр йиғмажилди (паспорти) йўқолганда (яроқсиз ҳолга келганда).

✍️ Ушбу ҳолларда кадастр паспорти 3 иш куни мобайнида расмийлаштирилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
🌤 #Оb_havo

Bugun 28-oktabr kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot

Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra,— 28-oktabr kuni Sirdaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat kechasi +4...+9 daraja, kunduzi +8...+13 daraja iliq bo‘ladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
✍️ Qishloq xo‘jaligida klaster tizimini rivojlantirish masalalariga oid videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev soha taraqqiyotiga katta turtki beradigan navbatdagi muhim islohotlar bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surdi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Forwarded from Kadastr - Live
#Sayyor_qabul

DIQQAT E’LON!

Hurmatli Buxoro viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🏢 Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Buxoro viloyati Buxoro tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 29-oktabr kuni soat 14-00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Abdushukur Xamidovich Abdullaev boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Buxoro tumani "Robotak" MFY 1-sektor shtabi.

‼️Sayyor qabulga kelish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizdan karantin qoidalariga rioya qilgan holda tashrif buyurishlarini so‘rab qolamiz.

📝Murojaat uchun telefon: +998(65)221-01-34

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Xalqaro_hamkorlik #Rossiya_Federatsiyasi

Ayni damda Soliqqa tortish maqsadida Davlat kadastrlarini baholash hamda ko'chmas mulk obyektlarining kadastr narxlarini belgilash loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasining texnik ko'magini ko'rsatish bo'yicha ishchi guruh vakillari tashrif buyurdi.

Mazkur uchrashuvda Moliya vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi, Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati ishtirok etishmoqda.

Ushbu uchrashuv davomida 2021-2022-yillarda Rossiya Federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga texnik yordam ko‘rsatish doirasida Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani misolida Noturar joy obyektlarini kadastr qiymatini aniqlash bo'yicha taqdimot bo'lib o'tmoqda
.