Sirdaryo Kadastr
1.01K subscribers
8K photos
1.18K videos
20 files
5.51K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #yer_maydonlari

📝Andijon viloyati qishloq xo‘jaligi yerlarini hisobga olish jarayonida Respublika va hududlardan biriktirilgan mas’ullar tomonida 1029 ta xatolik aniqlandi.
Jumladan:
🔷Andijon tumanida 344 tani;
🔷Izbosgan tumanida 268 tani;
🔷Marhamat tumanida 10 tani;
🔷Oltinko‘l tumanida 5 tani;
🔷Paxtaobod tumanida 310 tani;
🔷Qo‘rg‘ontepa tumanida 3 tani;
🔷Shahrixon tumanida 87 tani;
🔷Ulug‘nor tumanida 8 tani tashkil etdi.

🔰Shu boisdan bugungi kunda dasturga xatolik bilan kiritilgan yer maydonlari to‘liq o‘chirilib, xatoliklar bartaraf etildi hamda qayta dasturga kiritilishi taʼminlandi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_saylovi #Saylov2021

🔷 24 oktyabr — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni

Saylov kuni birovning o‘rniga yoki bir martadan ko‘proq ovoz berish mumkinmi?

🎥 Ushbu videorolik orqali savolga javob olishingiz mumkin.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi va Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlovlar eʼlon qiladi:

🔸 Kadastr agentligining Sirdaryo viloyati boshqarmasida:

— Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari.
— Tashkiliy-nazorat va tahlil shoʻbasi boshlig‘i;

🔸Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining tuman bo‘limlarida:

— Xovos tumani bo‘limi boshlig‘i.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

❗️Hujjatlar 2021 yil 17-oktabrdan 26-oktabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

🔷 Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma
🔷 Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz‘dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha video qo'llanma

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Ko`p uchraydigan savolga javob

Savol:
Menga sug‘oriladigan ekin yerlardan qo‘shimcha dala tomorqa yerlari umrbod meros huquqi bilan berilgan edi. Ushbu tomorqalar o‘zimizga tegishli bo‘lsa, nima sababdan bu yerlarga uy-joy qurish mumkin emas?

Javob: – O‘zbekiston Respublikasining “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunning 8- moddasida – dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari imoratlar va inshootlar qurish huquqisiz, faqatgina qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish maqsadida beriladigan yerlar hisoblanadi. Ushbu yer maydonlarida uy-joy va boshqa noturar bino inshootlar qurish taqiqlangan. Agarda mazkur yerlarga uy-joy qurgan taqdiringizda bu noqonuniy deb hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”ning 36-moddasi talablari asosida yerga bo‘lgan huquqingiz bekor qilinib, yerlar tuman zaxirasiga qaytarib olinadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
🏗 🏢 Koʻpqavatli turar joy binolari oraligʻi haqida maʼlumot berildi

Qurilish ishlarini amalga oshirishda koʻpqavatli turar joy binolari oraligʻidagi masofa saqlanishi shart.

Standart oraliq masofaning saqlanishi sabablari:
- shamol sirkulyatsiyasi;
- tabiiy yorugʻlikning xonadonlarga tushishi;
- turli xil tabiiy va texnogen ofatlarning oldini olish;
- xavfsizlik choralari nuqtayi nazaridan;
- aholi tomonidan oʻzgalarni koʻrish-kuzatish imkoniyatining cheklanishi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #kochmas_mulk

🔰Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son qarori 1-ilovasining 3-bobida Kadastr agentligining asosiy vazifalari va funksiyalari belgilab qo‘yilgan.

Belgilangan asosiy vazifalardan, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasi yo‘nalishida:

💠Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;

💠Mol-mulklarni ko‘chmas mulk jumlasiga (toifasiga) kirishi yuzasidan xulosa berish;

💠Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

💠Davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish;

💠Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlashga va yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan samarali yer nazoratini amalga oshirish.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_saylovi #Saylov2021

🔷 24 oktyabr — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni

📹 Hamma saylovga! Kelajagimiz uchun ovoz beramiz!

#Saylovdafaolqatnashing

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
🌤 #Оb_havo

23-oktabr kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot

Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra, ertaga — 23-oktabr kuni Sirdaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Harorat kechasi -2...+3 daraja sovuq, kunduzi +11...+16 daraja iliq bo‘ladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 1 kun qoldi.

До выборов Президента Республики Узбекистан остался 1 день

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida tashviqotga yo‘l qo‘yilmaydi

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Ayni damda Kadastr agentligi, Davlat kadastri palatasi va Geoinfokom vakillari tomonidan Kadastr agentligining Sirdaryo viloyat boshqarmasi majlislar zalida "Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer ajratish" bo‘yicha 14 ta vakolatli idora va tashkilotlar ishtirokida o‘quv-seminari bo'lib o'tmoqda.

Shuningdek ushbu seminar qatnashchilarini qiziqtirgan savollarga tegishli ma'sul xodimlar tomonidan javoblar olishmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Xalqaro_loyihalar

🌐Birlashgan Millatlar tashkilotining Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (Economic and Social Commission aor Asia and the Pacific - ESCAP) Davlat kadastrlari palatasi bilan hamkorlimkdagi "Markaziy Osiyodagi yer hisobi bo'yicha geofazoviy va statistik ma'lumotlarni integratsiyalashtirish uchun institutsional salohiyatni kuchaytirish" loyihasi doirasida Davlat kadastrlari palatasidan 5 nafar mutaxassislari maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.

BATAFSIL
Forwarded from Sirdaryo Kadastr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_saylovi #Saylov2021

🔷 24 oktyabr — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni

📹 Hamma saylovga! Kelajagimiz uchun ovoz beramiz!

#Saylovdafaolqatnashing

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Bugun soat 16:00 da bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga o‘tkazilgan saylovning dastlabki natijalari eʼlon qilinadi.

Zayniddin Nizamxodjayev
Markaziy saylov komissiyasi raisi

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari tashkil topganligining 30 yilligi hamda "25 oktyabr - Ichki ishlar organi xodimlari kuni" munosabati bilan Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmalari bugungi qutlug‘ bayram bilan samimiy tabriklab, barchangizga mustahkam sog‘lik, oilalaringizga fayzu baraka, masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#Xalqaro_loyihalar #Jahon_banki

🌐Jahon banki ishtirokidagi "Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiya qilish" loyihasi doirasida kadastr hujjatlarini raqamlashtirish ishlari olib borilmoqda.

🔹Respublika bo'yicha mavjud kadastr hujjatlari
- 7 882 280 ta

🔹Respublika bo'yicha tizimga ulangan tumanlar soni
- 203 ta

🔹Raqamlashtirilgan kadastr hujjatlari
- 7 465 179 ta

🔹Foiz ko'rsatkichda
- 95%


(2021-yil 25-oktabr holatiga)

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari
👇👇👇

Telegram | Facebook