Sirdaryo Kadastr
1.03K subscribers
7.13K photos
1.04K videos
18 files
4.95K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
Музокаралар кенгайтирилган таркибда давом этди.
Давлат раҳбарлари товар айирбошлаш ҳажмини янада кўпайтириш учун мавжуд барча ресурс ва имкониятларни ишга солишга келишиб олдилар.
Томонлар транспорт соҳасида ва транзит йўлакларини ривожлантириш бўйича ҳамкорликни фаоллаштириш зарурлигини таъкидладилар. Икки мамлакат ҳудудларининг салоҳиятини янада тўлиқ ишга солиш муҳим экани қайд этилди.
Маданий-гуманитар соҳадаги ҳамкорлик масалалари ҳам муҳокама қилинди.

Переговоры продолжились в расширенном формате.
Главы государств договорились задействовать все имеющиеся ресурсы и возможности для дальнейшего наращивания объемов двустороннего товарооборота.
Стороны условились активизировать взаимодействие в сфере транспорта и развития транзитных коридоров. Подчеркнута важность наиболее полного задействования потенциала регионов двух стран.
Обсуждены также вопросы сотрудничества в культурно-гуманитарной сфере.

#Mirziyoyev #Turkmaniston #tashrif #muzokaralar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from Sirdaryo | Kun.uz
Деҳқон хўжаликлари учун берилган ер участкаларига бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказишда тўлов ундирилмайди

Вазирлар Маҳкамаси қарори билан эндиликда деҳқон хўжаликларини ҳисобга қўйганлик ёки давлат рўйхатидан ўтказганлик ҳамда деҳқон хўжаликларининг ягона давлат реестридан кўчирмалар берганлик учун давлат божи ва йиғим ундирилмаслиги белгиланди. Бу ҳақда вилоят кадастр бошқармаси Kun.uz’га маълум қилди.

➡️ Сирдарё хабарлари
Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining komplayens-nazorat xizmati o‘z faoliyatini boshladi

Komplayens-nazorat xizmatining asosiy maqsadi tashkilotda, shuningdek, uning hududiy va tarkibiy bo‘linmalarida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ISO37001:2016 xalqaro standarti talablariga javob beruvchi kompleks tizimni, xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish va rivojlantirish, korrupsiyaviy holatlarni barvaqt aniqlash va ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, tashkilot tizimi xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, tashkilot tizimida korrupsiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etishdan iborat.

Batafsil: Sirdaryokadastr.uz

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
14-20 октябрь кунлари муддатидан олдин овоз бериш ўтказилади

Сайлов куни ўз яшаш жойида бўлиш имкониятига эга бўлмаган сайловчилар муддатидан олдин овоз бериш ҳуқуқига эга.

Муддатидан олдин овоз беришни амалга ошириш учун сайловчи сайлов кунида бўла олмаслигининг сабаблари (таътил, хизмат сафари, хорижга чиқиш ва ҳоказо) кўрсатилган ариза асосида тегишли участка сайлов комиссиясидан сайлов бюллетенини олади ва участка комиссиясининг камида 2 нафар аъзоси ҳозирлигида сайловчилар рўйхатига имзо қўяди.

Сайловчи овоз бериб, бюллетенни ёпиқ конвертда қолдиради, конверт тегишли сейфда сақланади.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
⚡️Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi.

Bunday harakatlar:

🔘 BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha jarima (ilgari faqat 50 baravarigacha);

🔘 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash (ilgari 1 yilgacha);

🔘 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (ilgari 1 yilgacha).

4 oktyabr kuni Prezident tomonidan imzolangan qonunga ko‘ra,hokimiyat vakilining, ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganlik uchun ham javobgarlik choralari kuchaytirilib, jarima miqdorlari oshirildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Махсус репортаж | Сайлов участкасини аниқловчи телеграм бот яратилди
#5oct #saylov2021 #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
Bugun, 6 oktabr
🌧 +18°...+4°, Yomg'ir

Hozir: 🌤 +9°, ↘️ 7 m/s

Tong: ☁️ +10°
Kun: ☁️ +16°
Oqshom: 🌤 +15°

Namlik: 46%
Shamol: G'arbiy-shimoli-g'arbiy, 9 m/s
Bosim: 766 mm sim. ust.

Oy: O'sayotgan oy
Quyosh chiqishi: 06:28
Quyosh botishi: 18:01

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#Kadastr #davlat_xizmatlari #interaktiv_xizmatlar

ҲУРМАТЛИ ФУҚАРОЛАР ҲАМДА ТАДБИРКОРЛАР!

Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлигининг
қуйидаги хизматларидан Ягона интерактив давлат хизматлари портали www.my.gov.uz орқали фойдаланишингиз мумкин:

1. Кўчмас мулк объектларига бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказишга ариза юбориш;

2. Кадастр паспортини шакллантириш;

3. Фуқароларнинг номида шахсий уй-жойи борлиги ёки йўқлиги тўғрисидаги маълумотнома олиш;

4. Турар жойни нотурар жой тоифасига ўтказишга қарорни олиш;

5. Бино ва иншоотнинг ташқи кўринишини ўзгартиришни келишиш;

6. Кўчмас мулкни ҳадя этиш ёки айирбошлаш ҳамда олди-сотди бўйича мурожаат йўллаш;

7. Турар жойнинг майдони бўйича маълумотнома олиш;

8. Бино ва иншоотларни ижара шартномасини давлат рўйхатидан ўтказиш;

9. Ўзганинг ер участкасидан чекланган тарзда фойдаланиш ҳуқуқи (сервитут) тўғрисидаги келишувни давлат рўйҳатидан ўтказиш;

10. Қурилиши (реконструкцияси) тугалланган бино ва иншоотларни фойдаланишга қабул қилиш (якка тартибдаги уй-жой қуриш объекти учун);

11. Қурилиши (реконструкцияси) тугалланган бино ва иншоотларни фойдаланишга қабул қилиш (Якка тартибда уй-жой қуриш объекти бўлмаган объект учун);

Шунингдек “Электрон лицензиялаш портали” орқали юридик шахслар

Геодезия ва картография фаолиятини юритишга лицензия олиш учун ариза беришлари мумкин.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Forwarded from Kadastr - Live
#Prezident #Kadastr #Xalq_bilan_birga #Tashkiliy_nazorat

Ижобий ҳал бўлган мурожаатлар ҳудудлар кесимида:

Қорақалпоғистон Республикаси - 403 та
Андижон вилояти - 627 та
Бухоро вилояти - 726 та
Жиззах вилояти - 602 та
Қашқадарё вилояти - 1 033 та
Навоий вилояти - 224 та
Наманган вилояти - 505 та
Самарқанд вилояти - 831 та
Сурхондарё вилояти - 1 369 та
Сирдарё вилояти - 344 та
Тошкент вилояти - 1 035 та
Фарғона вилояти - 1 431 та
Хоразм вилояти - 707 та
Тошкент шаҳар - 444 та

Telegram Instagram YouTube Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Sirdaryo... ishoninglar hali shu kunlarga kelamiz-ki, mutlaqo boshqacha bo'ladi!» — Shavkat Mirziyoyev

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Kadastr idorasini Korrupsiyadan holi tashkilotga aylantiramiz

Bu galgi davra suhbati ko'rinishidagi profilaktika tadbiri Sayxunobod tumanida

Batafsil:https://teletype.in/@sirdaryo_kadastr/4_HF3VJcJW_
KADASTR PASPORTI RASMIYLASHTIRISH YOKI QAYTA RASMIYLASHTIRISH TARTIBI

🔹ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;

🔹yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;

🔹o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #Geodeziya_nazorati

🔰Kadastr agentligining Geodeziya nazorati boshqarmasi tomonidan 2021-yilning o‘tgan davri mobaynida geodeziya va kartografiyaga oid 165 ta texnik loyiha va 92 ta texnik hisobot ekspertizadan o‘tkazildi.

♦️Shuningdek 111 ta kartografiya mahsulotlarini ekspertiza qilish va nashr etishga ruxsat berildi.

♦️Geodeziya va kartografiya materiallarni Davlat geodeziya va kartografiya fondidan olish uchun 70 ta ruxsatnomalar rasmiylashtirildi.

♦️9881 ta geodeziya va kartografiya materiallar qabul qilish va 18486 ta buyurtmachilarga taqdim etildi.

📌Joriy yilda licenses.uz xabardor etish tizimi orqali geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga ruxsat berildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #Geoportal

🌐 Jahon bankining qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ko‘magida ishlab chiqilgan “Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimi” orqali Farg'ona viloyatida soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan 9 738 ta fermer xo‘jaliklari ixtiyoridagi qishloq xo‘jaligi yerlarini joriy yilning 1 mayidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yilgan edi.

Kadastr agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi 14 ta shahar-tumanlar o‘z hududida 100 foizlik natija qayd etib shahar-tumanlardagi fermer xo‘jaliklari ixtiyoridagi qishloq xo‘jaligi yerlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini yakuniga yetkazdi.

Shu bilan birga hozirgi kunda 61 ta qishloq xo‘jaligi korxona va tashkilotlar, 27 ta ilmiy tekshiruv muassasalari va o‘quv yurtlari, 92 ta yordamchi xo‘jaliklar yerlari, 15 ta o‘rmon xo‘jaligi yerlarini ham dasturga kiritish ishlari jadal ravishda olib borilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Kadastr tizimdagi shaffoflikka erishish yo'lidagi mashaqqatlar

2019 yil 1 yanvardan Kadastr bo‘yicha barcha xizmat turlari Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv xizmatlar portali orqali amalga oshirilmoqda

🔷 Fuqarolarning kadastr xodimlari bilan ko‘rishish imkoniyati cheklangani sabab, barcha xizmatlar DXMda elektron tizim orqali qabul qilinishi yo‘lga qo‘yilgan.

🔷 Shuningdek, yangi namunadagi kadastr pasporti hamda Davlat reyestridan ko‘chirma yaratilib, ko‘chmas mulklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jadallashtirilmoqda.

🔷Bu borada byurokratik hamda kog‘ozbozlikka barham berilyapti.

🔷Shu bilan birga, qishloq xo‘jalik yerlaridan foydalanuvchilarning yer ijara va yerga bo‘lgan huquqlari davlat ruyxatidan o‘tkazilib, reyestr shakllantirildi.

🔷Bunda har bir yerdan foydalanuvchi haqida ma’lumot hamda yer maydonining to‘liq tafsiflari kiritilgan ochiq geopartal ham tuzildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев АҚШ Конгресси Вакиллар палатасининг конгрессменлар Дон Бэйкон, Дуг Ламборн, Трой Нельс ва Август Пфлюгердан иборат делегациясини қабул қилди.
Учрашувда икки мамлакат ўртасидаги амалий ҳамкорликни янада кенгайтириш масалалари кўриб чиқилди.
Суҳбат чоғида парламентлараро йўналиш билан бир қаторда конгрессменлар вакиллик қилаётган штатлар - Небраска, Колорадо ва Техас билан ҳамкорлик бўйича лойиҳа ва дастурлар муҳокама қилинди.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев принял делегацию Палаты представителей Конгресса США в составе конгрессменов Дона Бэйкона, Дуга Ламборна, Троя Нельса и Августа Пфлюгера.
На встрече рассмотрены вопросы дальнейшего расширения практического взаимодействия между двумя странами.
В ходе беседы были обсуждены проекты и программы сотрудничества как по парламентской линии, так и со штатами Небраска, Колорадо и Техас, которые представляют конгрессмены.

#Mirziyoyev #qabul #AQSh #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter