Islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ov – bu korrupsiyadir
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Mirzaobod tumanida joylashgan 532-son harbiy safarbarlik chaqiruvi rezervi batalyonida targ‘ibot tadbiri o'tkazildi.
Tadbirda Adliya boshqarmasi Huquqiy axborot sho'basi bosh maslahatchisi Dilnoz Umurzoqova ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati, ushbu jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda korrupsiya va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga oid tizimli chora-tadbirlar olib borilayotganiga qaramay, bu jinoyatlarni sodir etayotganlar uchrab turibdi. Muloqotda ushbu jinoyatlarning salbiy oqibatlari hamda belgilangan jazo choralari haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.
📮SIRDARYO_HAYOTI

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from GULISTON BUGUN | RASMIY
Guliston shahrida «Obod mahalla», «Obod ko‘cha» va «Obod xonadon» ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi
Joriy yilning 14-mart kuni mahallalar o'rtasida «Obod mahalla», «Obod ko‘cha» va «Obod xonadon» ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda, barcha mahallalar raislari ishtirok etib, o‘zlarining obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, xonadonlarda yaratilgan sharoitlar va mahalla hududlaridagi amalga oshirilgan samarali ishlari yuzasidan fotoalbomlarini taqdim etdi. Tanlov yakuniga ko'ra quyidagi mahallalar g‘olib bo‘ldi:
▪️ 1-o‘rinni — «Nihol» MFY raisi Gulnoza Yulchiyeva;
▪️ 2-o‘rinni — «Bahor» MFY raisi Azizbek Mansurov;
▪️ 3-o‘rinni — «Ibratli» MFY raisi Muzaffar Nazarov egalladi.
Ko'rik tanlov g‘oliblari faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
➡️ Telegram | Facebook | Instagram