Sherzod Shermatov
9.58K subscribers
316 photos
192 videos
2 files
336 links
Axborot texnologiyalariga oid masalalar haqida. Facebook: www.fb.com/SherzodXotamovichShermatov
Instagram: https://www.instagram.com/sherzod_xotamovich_shermatov
Telefon: +998 71 2384107
Download Telegram
Карантин вақтида интернет орқали қонуний пул топишни ўргата оладиган тажрибага эга мутахассислар таклиф этилади

Ҳозирги вақтда кўпчилик уйда эканини инобатга олиб, уйидан туриб интернет орқали пул топишни ўрганиш жуда муҳим. Кўпчиликка бу жуда қийиндек кўриниши мумкин.

Лекин, интернет орқали пул топиш мумкин бўлган платформалардан бири upwork.com га кириб кўрсам, ушбу платформа орқали Ўзбекистонда яшаб 10 минг доллар ва ундан юқори бўлган суммани шу вақтгача топган инсонлар анчагина экан.

Улар нафақат Тошкентда, балки республикамизнинг турли ҳудудларида яшаб, ҳозирги кунда бемалол уйидан туриб, чет элга ўз хизматларини кўрсатмоқдалар. Яъни бу қўшимча даромад билан бирга Ўзбекистонга валюта олиб келишга ҳам хизмат қилади. Мана, уларни баъзиларининг шу вақтгача ақлий меҳнати орқали қанча маблағ ишлаганини профилларидан кўчирмаларда кўришингиз мумкин.

batafsil: https://bit.ly/3eo7MiL
Излаган имкон, изламаган баҳона топади

Куни кеча ёзилган постдаги эълонга upwork орқали 5 нафар ҳамюртимиз топшириб, улардан 2 нафари билан видеодарс тайёрлаш бўйича онлайн шартнома туздик (мана, рақамли иқтисодиётга ҳам яққол мисол). Яқин кунларда видеодарс тайёр бўлса, бошқа ёшларимиз учун ҳам онлайн иш топишга ёрдами тегади деб умид қиламиз.

Ҳозирги кунда битта шу upwork.com ни ўзида 200 дан ортиқ одам Ўзбекистонда яшаб, интернет орқали даромад олган экан. 400 дан ортиғи яна рўйхатдан ўтган, лекин энди даромад олади.

Ушбу мавзу кўтарилгандан сўнг кўпгина онлайн даромад топаётган мутахассислар ҳам яхши таклифлар билдиришди, Кўпчилиги ўз тажрибаси билан ўртоқлашишга ҳаракат қилган, уларга ҳам албатта катта раҳмат. Уларни фикрларини ўрганиб, тегишли мутасаддиларга етказишга ҳамда бу соҳадаги тажрибани янада кенгроқ оммалаштиришга ҳаракат қиламиз.
Batafsil: https://bit.ly/2ykBCEh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Karantin vaqtida uyidan oyiga 10 mln. so‘mdan ziyod ishlab topayotgan 25 yoshli hamyurtimiz tajribasini o‘rganish vaqti keldi

Bu ishni hamyurtimiz poytaxtda yoki viloyat markazida emas, balki Peshku tumanida yashab, bemalol amalga oshirayotgan bo‘lsa, unda Siz nega qila olmaysiz? U bunga faqat o‘zining harakati va izlanishi orqali erishgan, alohida universitet yoki institutda ham o‘qimagan!

Shunday ekan, o‘zingizga ishoninig va internetdagi vaqtingizni bekor ketkazmay o‘z bilimingizni oshirishga hamda bu kabi qo‘shimcha daromad olishga harakatdan charchamang!

Upwork orqali o‘z tajribasini videodars sifatida yuborgan birinchi hamyurtimiz tavsiyalarini o‘rganib chiqing va yaqinlaringizga ulashing!

Upwork orqali mehnat qilib, pulingizni olishingiz uchun PayPal o‘rniga bemalol Payoneerdan foydalanish mumkin ekan. Demak, sizning oldingizda hech qanday sun’iy to‘siq yo‘q! Batafsil: https://bit.ly/2XLxPuf
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Faqat axborot texnologiyalari sohasi emas, boshqa juda ko‘p sohalar vakillari karantin vaqtida uyidan qo‘shimcha pul topa olishi mumkinligini Paxtaobod tumanidagi No’monjon tajribasi orqali ham o‘rganamiz

Yana bir bor e’tibor bering: bu safargi hamyurtimiz ham poytaxtda yoki viloyat markazida emas, balki Andijon viloyati Paxtaobod tumanida yashab, bemalol uyidan o‘z mehnati bilan oyiga 10 mln. so‘mdan ziyod topa olayotgan bo‘lsa, unda Siz nega buni amalga oshira olmaysiz?

Shunday ekan, o‘zingizga ishoning va internetdagi vaqtingizni bekor ketkazmay, o‘z bilimingizni oshirishga hamda qo‘shimcha daromad olishga harakat qiling!

Upwork orqali o‘z tajribasini videodars sifatida yuborgan ikkinchi hamyurtimiz tavsiyalarini o‘rganib chiqing va yaqinlaringizga ulashing! Bu safargi video biroz uzoqroq davom etgan bo‘lsada, imkon boricha soddaroq va to‘liqroq tushuntirishga harakat qilingan.
Batafsil: https://bit.ly/3ezcJFl
6 мингдан ортиқ педагог ходимлар Тошкент шаҳри ва Тошкент вилоятида пропискадан ўта олмай йиллар давомида қийналиб келишарди. Ушбу Фармон уларнинг оилаларига хурсандчилик олиб келиши аниқ.

Тўғриси, ўзим Тошкентда туғилиб ўсганим учун прописка деган масалага аввал унчалик эътибор қилмасдим. Лекин, Халқ таълими вазирлигига ўтгандан кейин прописка бўйича юзлаб мурожаатларни кўриб, бироқ раҳбар сифатида уларга ёрдам бера олмасликни бошдан ўтказгандан кейин, бу масала ушбу соҳа ходимлари учун қанчалик зарур эканини ҳис қилишга тўғри келган эди.

Мактаблардаги ойликлар йиллар давомида паст бўлгани сабабли тошкентликлар орасида мактабга ишга кириб ишлашни хоҳловчилар ҳам унчалик кўп бўлмаган. Бундай шароитда ишлаш учун эса кўпгина мактаблар бошқа ҳудудлардан келган ходимларнигина ишга таклиф қила олган.

Лекин, шу оғир меҳнатига қарамай, прописка деган расмиятчиликни деб, улар ўз уйи бўлса ҳам унга қонуний эгалик қила олмаган. Мана, Президентимизнинг ушбу Фармонлари билан барча давлат ташкилотларида 5 йил ишлаб келган ходимлар учун прописка муаммоси ҳал бўлди. Шунинг учун бу Фармондан сон жиҳатдан энг кўп хурсанд бўлганлар айнан халқ таълими соҳасидагилар бўлса керак деб ўйлайман.

Фармоннинг тўлиқ матни: https://lex.uz/pdfs/4796561
O‘zbek tilida kitoblarni telefoningizda o‘qish va eshitishingiz yanada osonlashdi!

O‘zbek tilidan foydalanishni kengaytirish uchun aynan O‘zbek tilidagi kitoblar, audiokitoblar va boshqa foydali manbalarni ko‘paytirib, ulardan kengroq foydalanib borish kerak.
Bugun sizning e’tiboringizga ana shunday manbalardan biri bo‘lgan www.kitob.uz online kutubxonamizning mobil ilovasi ham ishlab chiqarilganini aytib o’tmoqchimiz.

Endi bu ilovadan foydalanib online-kutubxonadan telefoningiz orqali foydalanish yanada qulay bo‘ldi.
Marhamat, uni Playmarketdan yuklab olsa bo‘ladi: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.kitob.itsm (Appstore hali ko‘rib chiqmoqda).

Ushbu ilova orqali hozircha 1016 ta kitob va 511 ta audiokitoblarni mutolaa qilsa bo‘ladi. Ularning soni Respublika bolalar kutubxonasi, Milliy teleradiokompaniya, AOKA, Milliy kutubxona, AKT vazirligi va boshqa hamkorlarimiz yordamida yanada boyitilib boriladi. Siz ham o‘z manbalarinigiz bilan ushbu kutubxonani boyitib saytdagi hamkorlar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz, marhamat taklifingizni yuboring: https://kitob.uz/support

Aksariyat operatorlar tomonidan www.kitob.uz saytiga kirish tarifikatsiyalanmaydi, shuning uchun bu ilovadan foydalanilganda ham boshida faqat ilovani Playmarketdan yuklab olish uchun 22 mb ketadi, lekin kitoblar va audiokitoblarni yuklash uchun internet xizmatlari bepul.

Bu borada sizga kichik bir tavsiya berib o‘tmoqchiman. Audiokitoblarni eshitib hovlining ichida yurilsa, ham sog‘liqqa foyda ham kitob o‘qib olasiz. Agarda sizga telegram qulay bo‘lsa, unda telegram-bot t.iss.one/Kitob_uzb_bot bor.

#kitob_uz #uyda_qolib_audiokitob_eshiting
Президент Шавкат Мирзиёев пандемия шароитида ўқув жараёнларини ташкил этиш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди.
Имтиҳонлар шаклини соддалаштириш бўйича вазифалар белгиланди.
Таълим методикасини ривожлантириш ва педагоглар савиясини ошириш муҳимлиги таъкидланди.
Лицейлар фаолиятини кучайтириш, ҳар бир вилоятда намунали касб-ҳунар мактаблари, коллеж ва техникумлар ташкил этиш бўйича топшириқлар берилди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам качественной организации учебного процесса в условиях пандемии.
Отмечена необходимость проведения упрощенных экзаменов.
Указано на важность развития методики преподавания и квалификации педагогов.
Даны поручения по усилению деятельности лицеев, организации в каждой области образцовых профессиональных школ, колледжей и техникумов.

#Mirziyoyev #yigilish #talim #imtihon

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Matematika fanining rivoji mamlakat rivojiga o‘zining ijobiy hissasini qo‘shadi. Shuning uchun, pandemiya, iqtisodiy inqiroz, tabiiy ofat va boshqa juda ko‘p masalalar bo‘lishiga qaramasdan Davlatimiz Rahbari tomonidan matematika sohasini rivojlantirishga qaratilgan alohida qaror qabul qilindi. Unda jumladan quyidagilar nazarda tutilgan:

- matematika fanini yaxshi bilib, milliy sertifikatni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilarning oyligiga har oy 50 foizgacha ustama haqi qo‘shiladi;

- har bir tumanda (shaharda) matematika fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi va ushbu maktablar direktori tegishli tuman (shahar) hokimining iqtisodiy va boshqaruv jarayonlariga matematik usullar va modellarni joriy qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi.

Qaror haqida batafsil ushbu lavhada tanishishingiz mumkin.
Ikkita Jahon urushidan keyin agar insoniyat to‘g‘ri xulosa chiqarib urushlarni butunlay to‘htatib, mablag‘larni insonlarni qirishga emas, balki insonlarni rivojlantirishga qaratganda edi, dunyoda ocharchilik ham, qashshoqlik ham, savodsizlik ham qolmagan bo‘lar edi…

2019 yilda dunyo mamlakatlarining xarbiy yo’nalishdagi xarajatlarining umumiy summasi 2 trillion dollar atrofida ekan. Ekspertlarning fikricha, shu xarbiy yo‘nalishlarga qaratilgan mablag‘larning atigi 1 foizi dunyodagi maktabga bormayotgan 1 milliard atrofidagi bolalarning o‘qishini ta’minlashga yetadi, atigi 10 foizi esa dunyoda ocharchilik va qashshoqlikni yo‘qotishga qaratilgan maqsadlarga erishishga yetarli. Qolganini esa yana boshqa ijtimoiy maqsadlarga yo‘naltirsa anchagina masalalar hal bo‘lib qolar edi.

Lekin, afsuski, 2 ta Jahon urushidan ham tog‘ri xulosa qilmay, dunyodagi xarbiy xarajatlar faqat ortib bormoqda. Bu esa iqtisodi endi rivojlanayotgan davlatlar uchun juda og‘ir yukdir …

Batafsil: https://bit.ly/3dwLgCO
3 hafta avval karantin davrida uyidan o‘tirib o‘z halol mehnati tufayli oyiga o‘rtacha 1000 dollar bemalol topayotgan Poytaxtda yoki viloyat markazida emas, balki Peshku va Paxtaobod tumanlarida istiqomat qilayotgan yoshlarimizning tajribalari bo‘yicha ilk videodarslarni qo‘ygandik. Mana, ikkovi ham ushbu videodarslarni tizimli olib borish va tengdoshlariga yordam berish uchun YouTubeda o‘z kanallarini ochib, videodarslarini joylab borishayapti. Marhamat, ularni kuzatib boring:

Paxtaoboddan Nuʼmonjon: https://youtube.com/nyusupov

Peshkudan Shaxrillo: https://www.youtube.com/channel/UCrQX-hZ-XF4zQqPbgwY2-fw

Shu vaqtni orasida upwork.com platformasida O‘zbekistondan ro‘yxatdan o‘tganlar soni 600dan 1500 taga yetib oshibdi ham. Yaʼni shuncha hamyurtlarimiz o‘z kuchlariga ishonib, harakatni boshlabdilar. Albatta, birinchi buyurtmani olish, o‘z portfoliosini to‘ldirishni boshlash eng qiyin qadamlardandir, lekin asosiysi boshlash.

Raqamli iqtisodiyot yoshlarimizni dunyodagi raqobatga chiqishiga imkon yaratadi. Faqat o‘z ustida ishlab, harakat qiladiganlargina muvaffaqiyatga erishadi. O‘z halol mehnati bilan yaxshi daromad topish uchun albatta iqtisodiy rivojlangan davlatga ko‘chib o‘tish shart emas, asosiysi qaysidir sohada kasb o‘rganib, chet tilini hamda kompyuterdan foydalanishni bilishi kerak.

Shu bilan birgalikda, avvalgi postlarda frilanserlar faoliyatiga xalaqit berayotgan qator muammolar haqida ko‘pchilik fikr bildirgan edi.

Raqamli iqtisodiyot masalalari bo‘yicha Davlatimiz Rahbari huzurida o‘tkazilgan majlisda frilanserlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, hamda kelgusida maktablarni bitirayotgan va frilanserlikka moyilligi bo‘lgan yoshlarimizni maqsadli ravishda qo‘shimcha o‘qitish masalalari bo‘yicha vazifalar qo‘yildi.

Frilanserlar faoliyatiga bog‘liq soliq, bank, infratuzilma kabi masalalar yechilishi bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi va vaqti kelib ular yechilib boradi. (
batafsil ushbu videoda ko‘rishingiz mumkin).

Shuning uchun, yoshlarimizga yuqorida aytib o‘tilgan tengdoshlaridan o‘rganib internetdagi vaqtlarini o‘z ustilarida ishlab, qo‘shimcha halol daromad topishga ishlatishni tavsiya qilamiz.

Dasturlashni ingliz tilida o‘rganish uchun internetda tekin saytlar juda ko‘p, masalan khanacademy.org platformasida dasturlashni juda sodda qilib tushuntirgan, amaliy mashg‘ulotlarida ham kodni yozib, osongina uni ishlashini ko‘rib borish mumkin. O‘zbek tilida o‘rganish uchun esa, marhamat, www.uzbekcoders.uz saytidan foydalanishingiz mumkin.

PS. Aytgandek, YouTube kanalidan ham ushbu yoshlarimiz qo‘shimcha daromad olishlari mumkin agar uni ko‘pchilik ko‘ra boshlasa.
Бугунги мажлисда Президентимиз ижтимоий масалалар бўйича комплекс раҳбари – Бош вазир ўринбосари лавозимига айнан молия соҳасида узоқ йиллик тажрибага эга иқтисодчини тайинлаганликлари замирида ижтимоий соҳага ажратилаётган маблағларнинг самарали ишлатилиши муҳимлиги ҳақида алоҳида тўҳталиб ўтдилар.

Ҳақиқатда, шундай оғир иқтисодий шароитда ажратилаётган маблағларнинг тўғри ишлатишини таъминлаш жуда муҳим. Масалан, энг катта соҳалардан бири бўлган халқ таълими тизимини ўзини қараганда ҳам, афсуски, маблағларни жойларда тўғри тасарруф этилиши бўйича инсон омилига ҳалигача жуда катта боғлиқлик бор.

Шунинг учун, ўтган бир ярим йил давомида Вазирликнинг Ички аудит тизими салоҳиятини ошириб, жойлардаги хато ва камчиликларни бартараф этиш ҳамда ушбу хатоларга сабабчи бўлган омилларни камайтириш бўйича тизимли иш бошланган.

Жумладан, Ўзбекистон Республикаси Ҳисоб Палатаси ҳамда Халқ таълими вазирлигининг Ички аудит ва молиявий назорат хизмати ҳамкорликда Халқ таълими соҳасида 2018-2019 йилларда бюджетдан ажратилган маблағлардан фойдаланиш самарадорлиги ҳамда 2020 йилги харажатларни мақбуллаштириш имкониятларини аниқлаш бўйича яқинда ўтказилган ўрганиш ҳам анчагина муаммоларни кўрсатиб берди.

Ўрганиш натижасида жами 192,3 млрд. сўмлик молиявий хато ва камчиликларга йўл қўйилганлиги аниқланиб, ушбу кўрсаткич 2018-2019 йилларда Давлат бюджетидан тизимга ажратилган жами 30 562,1 млрд. сўм (шундан, 2018 йилда 12 037,2 млрд. сўм ва 2019 йилда 18 524,9 млрд. сўм) маблағларга нисбатан 0,63 фоизни ташкил этади.

Аниқланган молиявий хато ва камчиликларнинг 52,5 млрд. сўми иш ҳақидан ўғирлик, ноқонуний ўзлаштириш ва ортиқча тўловларга тўғри келиб, мазкур йилларда иш ҳақи билан боғлиқ харажатларга ажратилган жами 28 118,0 млрд. сўмга (шундан, 2018 йилда 10 987,0 млрд. сўм ва 2019 йилда 17 131,0 млрд. сўм) нисбатан 0,19 фоизни ташкил этади (Жадвал илова қилинади).

Хусусан, Жиззах вилоятида – 16,3 млрд. сўм (ажратилган маблағга нисбатан 1,17 %), Қашқадарё вилоятида – 10,98 млрд. сўм (0,39 %), Андижон вилоятида – 8,2 млрд. сўм (0,33 %) ва Самарқанд вилоятида – 6,5 млрд. сўмлик (0,2 %) ноқонуний харажатларга йўл қўйилган.

Ўтказилган ўрганиш давомида, иш ҳақи билан боғлиқ бўлган ҳолатлардан ташқари, шунингдек:

- 56,1 млрд. сўмлик “Давлат харидлари тўғрисида”ги қонун талабларига зид равишда амалга оширилган харидлар;

- 27,7 млрд. сўмлик умумтаълим мактабларини таъмирлаш ҳамда жиҳозлаш учун ҳудудларга ажратилган бюджет маблағларининг самарасиз сарфланиши;

- 56,0 млрд. сўмлик бошқа хато ва камчиликлар аниқланган.

Ўрганиш натижаси бўйича аниқланган ҳолатларни бартараф этиш ва уларни келгусида такрорламаслик юзасидан Ҳисоб Палатаси билан ҳамда тегишли вазирлик ва идоралар билан биргаликда “йўл харитаси” ишлаб чиқилмоқда.

Хусусан, халқ таълими тизимини бошқариш бўйича ягона электрон дастурий мажмуасини яратилиши, Молия вазирлигининг “UzASBO” дастурий мажмуаси ҳамда тегишли вазирлик ва идораларнинг маълумотлар базалари билан интеграция қилиниши ҳам белгилаб олинди.

Бугунги кунгача аниқланган хато ва камчиликларнинг 6,7 млрд.сўми ундирилди ҳамда 23,7 млрд.сўми бартараф этилди.

Аниқланган ҳолатларга ҳуқуқий баҳо бериш мақсадида расмийлаштирилган материаллар прокуратура органларига юборилди, уларнинг натижалари бўйича маълумотлар ОАВларда ёритилиб борилмоқда.

Бундан ташқари ижтимоий соҳадаги соғлиқни сақлаш, маданият ва бошқа қатор йўналишларда ҳам бу каби муаммолар ўз ечимини кутмоқда. Шунинг учун ҳам, ҳозирги кунда ушбу соҳалардаги молиялаштириш тизимларини тўлиқ тушунадиган ва етарли тажрибага эга бўлган инсонни ижтимоий соҳага масъул Бош вазир ўринбосари этиб тайинланиши бу каби ҳолатларни олдини олиш бўйича аниқ чоралар ишлаб чиқилишига жуда катта ёрдам бўлади деб умид қиламиз.

Давлатимиз Раҳбари таъкидлаганларидек асосийси муаммони олдини олиб чоралар кўриш, муаммо бўлганидан кейин аниқлаб, айбдор қидириш билан чекланиш эмас.

Фурсатдан фойдаланиб, Беҳзод Анваровичнинг фаолиятларига муваффақиятлар тилаймиз!

#Sifat #Adolat #Shaffoflik batafsil: https://bit.ly/3dTU1Y7
Prezidentimiz tomonidan karantin vaqtida aholiga imkon boricha qo‘shimcha qulaylik yaratish bo‘yicha belgilangan vazifani amalga oshirish hamda ko‘pchilik ota-onalarning iltimoslarini inobatga olib, bu o‘quv yili yakunidagi imtihonlar bekor qilinadi.

Maktablarga o‘quvchilarning yillik baholarini istisno tariqasida joriy o‘quv yilining 3 ta chorak baholari asosida chiqarish tavsiya etiladi. Shu bilan birgalikda kundalik.com tizimi joriy etilgan maktablarda karantin vaqtida tirishqoqlik bilan o‘qigan o‘quvchilarimizga rag‘batlantirish sifatida 4-chorakdagi faqat ijobiy baholarini ham yillik baholarini hisoblashda inobatga olish tavsiya etiladi.

Karantin vaqtida «online-maktab» orqali farzandlari bilan birga dars tayyorlagan barcha ota-onalarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

----------------------
В целях исполнения поручений Президента страны по созданию благоприятных условий для населения во время карантина, а также учитывая многочисленные обращения родителей в адрес МНО, принято решение отменить проведение итоговых экзаменов в текущем учебном году.

Школам, в качестве исключения, рекомендуется выставить итоговые оценки учеников основываясь на оценках успеваемости за три четверти учебного года. При этом, в школах, где была успешно внедрена система kundalik.com, рекомендуется принимать во внимание только положительные оценки успеваемости за четвертую четверть в качестве поощрения за старания учеников в период карантина.

Выражаем благодарность всем родителям,
оказавшим поддержку своим детям при организации учебного процесса в домашних условиях посредством «онлайн-школы»!
Hurmatli maktab bitiruvchilari!

Siz hayotingizda eng muhim qadamlarni boshlash arafasidasiz. Shu vaqtgacha qadrdon maktabdagi ustozlaringiz va do‘stlaringiz bilan o‘tkazgan kundalik turmush tarzingiz o‘rniga yangi hayot, ajoyib taassurotlar va tajribalar olamiga safaringiz boshlanmoqda.

Hozirda ko‘pchiligingiz asosiy vaqtingizni oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun tayyorgarlikka qaratmoqdasiz. Sizlar uchun yaqinda “Online-maktab” kanallarimizda Davlat Test Markazi bilan hamkorlikda test topshirishga tayyorgarlik va o‘ziga xos onlayn-repetitorlik saboqlarini boshlaymiz.

Orangizda ishga kirib yoki tadbirkorlik faoliyatini boshlab, ro‘zg‘orga o‘z hissasini qo‘shish harakatida yurganlar ham talaygina. Ular qo‘shimcha kasb o‘rganish uchun kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarga o‘qishga ham borishi mumkin.

Yoshlarimizga qo‘shimcha yordam sifatida yozda “online-maktab” kanallarida ingliz tilini o‘rganish uchun qiziqarli filmlar va ko‘rsatuvlarni hamda onlayn platformalar orqali daromad topishni o‘rgatishga qaratilgan videodarslarni efirga berib borish ustida ishlayapmiz.

Inson muvaffaqiyatining ko‘pi bilan 10 foizi omadga va tashqi omillarga, qolgan 90 foizi esa aynan o‘ziga bog‘liq ekanligi uchun yuqori maqsadlar qo‘yib, o‘z kuchingizga ishonib tinmay harakat qilishingiz zarur!

Eng asosiysi, vaqtingizni behuda o‘tkazmang! Vaqt - hayotingizdagi eng qimmatbaho resurs hisoblanadi. Vaqtingizni doim o‘zingiz, oilangiz va jamiyatga foyda keltirish uchun sarf qiling hamda mamlakatimiz nufuzini oshirishga o‘z hissangizni qo‘shing!

Mustaqil hayotga qadam qo‘yishni boshlar ekansiz, sizning kelgusi faoliyatingizga muvaffaqiyatlar tilayman! Batafsil: https://bit.ly/2ZyV4Zi
Frilans sifatida ishlayotgan yoshlarimizni ko‘paytirish bo‘yicha tashabbusni boshlaganimizda o‘zimning qizim ham upwork.com orqali ro‘yxatdan o‘tib, Payoneer kartasini olish uchun maʼlumotlarni to‘ldirgan ekan, bugun kelibdi (tekinga, hech qanday to‘lovlarsiz). Mana, pandemiya sharoitida internet orqali o‘z halol mehnati bilan qo‘shimcha daromad topish uchun hech qanday sunʼiy to‘siq yo‘qligiga yana bir bor ishonch xosil qildim.

Eng asosiy masala, internetda vaqtni bekor o‘tkazmasdan, o‘z ustida ishlab, harakat qilish kerak.

O‘rganish uchun, internetda juda resurslar ko‘p. O‘zbek tilida esa IT-Park ham yoshlarimizni internet orqali qo‘shimcha daromad olishga qaratilgan yaxshi videodarslarni o‘z kanalida qo‘yib bormoqda (TASIX): https://mover.uz/channel/it-center/

Prezidentimiz tomonidan maktab bitiruvchilariga frilans orqali daromad topishga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, jumladan ularni maqsadli o‘qitishga qaratilgan tegishli qaror loyihasi tayyorlash topshirilgan. Uning loyihasini ham ertaga muhokama uchun eʼlon qilamiz.

PS.
Internetda birovni g‘iybat qilish uchun sarflangan shuncha vaqtni to‘g‘ri yo‘nalishga qaratilsa juda yaxshi ish bo‘lar edi. Ham oilaga daromad, ham davlat iqtisodiyotiga qo‘shimcha tushum va eksport. Batafsil: https://bit.ly/3gpUyD0
Фрилансерларни қўллаб-қувватлаш чора-тадбирлари тўғрисида Президент қарори лойиҳаси муҳокама учун чоп этилди

Веб-фрилансерларни қўллаб-қувватлашга қаратилган Президент қарори лойиҳаси ёшларнинг замонавий касб эгаси бўлиши учун кўникма ва билимларни шакллантириш, уларни етук малакали мутахассислар даражасига етказиш учун бир қатор муҳим ўзгаришларни назарда тутади.

https://www.uzedu.uz/uz/frilanserlarni-kullab-kuvvatlas-cora-tadbirlari-tugrisida-prezident-karori-lojiasi-cop-etildi

Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram