🏫Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
712 subscribers
4.29K photos
189 videos
24 files
560 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўттиз уч йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи

Выступление Президента Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 33-й годовщине независимости Республики Узбекистан

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli ustozlar, aziz yurtdoshlar!
 
Ona Vatanimiz istiqlolining 33 yilligi – mustaqillik bayrami barchamizga muborak bo‘lsin.

Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida ozod diyorimizda har bir yil hamma sohada ulkan yutuqlar, tub o‘zgarishlar, xayrli natijalar bilan tarixga muhrlanayotgani bizni behad quvontiradi.

Ijtimoiy davlat deya atalgan Yangi O‘zbekistonimizdagi islohotlardan ko‘zlangan maqsad inson qadrini ulug‘lash, har bir yurtdoshimizga munosib turmush sharoitlarini yaratib berish, mamlakatimizni jahonning eng ilg‘or davlatlari safiga olib chiqishdan iborat.

Bu o‘zgarishlar albatta ertangi kun egalarining bugungi taʼlim-tarbiyasiga chambarchas bog‘liq.

Shunday ekan, kelajagimiz bunyodkorlarining har tomonlama barkamol voyaga yetishlari yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan qadrli yurtdoshlarimizga kuch-quvvat, sihat-salomatlik, ulkan zafarlar tilayman.

Osmonimiz hamisha bugungidek musaffo, yurtimiz tinch, xonadonlarimiz yanada fayz-u barakaga to‘lsin.

Barcha yutuqlarimizning poydevori, hayotbaxsh manbai sanalgan istiqlolimiz boqiy bo‘lsin!

Yana bir bor bayram muborak, azizlar!

Hilola Umarova
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Forwarded from Daryo — LIVE
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan bayram salyuti

@daryo_live
#Birinchi_qoʻngʻiroq

🔔Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak–Vatanmiz” shiori ostida "BIRINCHI QO'NG'IROQ" tadbiri o‘tkazildi.

✔️ Tadbirda viloyat hokimining birinchi o'rinbosari Murod Achilov, tuman hokimining birinchi o'rinbosari Saidov San'at Qutlimurotovich, ota-onalar hamda mehnat faxriylari ishtirok etdilar.

🔘Bayram tadbirida maktab-internat direktori Muzaffar Do'schanov hamda viloyat hokimining birinchi o'rinbosari Murod Achilov so‘zga chiqib, davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ta’lim muassasasining o‘tgan o‘quv yilidagi yutuqlari haqida fikr yuritib, yangi o‘quv yilida o‘quvchilar va ustoz-murabbiylarga omad va zafarlar tiladi.

Shundan so‘ng, viloyat hokimining birinchi o'rinbosari Murod Achilov tomonidan maktab-internatning faxriy ustozlari hamda a'lochi o‘quvchilari estalik sovg'alar bilan taqdirlandi. Tadbir yakunida birinchi qo‘ng‘iroq chalinib, o‘quvchilar uchun “Mustaqillik dars” lari boshlandi.
#Bizning_shunday_oquvchilarimiz_bor
#Our_pride
#Xushxabar

➡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11- "B" sinf o'quvchisi xalqaro IELTS sertifikatini qo'lga kiritdi

☑️IELTS 6.0–11-grade Raximberganova Gulyor

⚡️TEZ ORADA YANA BIR QATOR NATIJALAR BILAN SIZLARNI MAMNUN ETAMIZ❗️

🔉Bizdan uzoqlashmang❗️