🏫Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
722 subscribers
5.02K photos
215 videos
24 files
678 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Download Telegram
#Yaponiya_xalqaro_hamkorlik_agentligi
#JICA_loyihasi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Yaponiya xalqaro hamkorlikagentligi JICA ning O'zbekistondagi vakolatxonasi o'rtasida imzolangan kelishuviga ko'ra, joriy yilning 8-28-aprel kunlari Yaponiyada yagona davlat imtihonlarini amalga oshiruvchi KEI Advanced tashkiloti tomonidan 8-10-sinf o'quvchilarining matematika fanidan bilimlarini sinovdan o'tkazish belgilangan edi.

❇️Ushbu loyihaning 4-bosqichida tanlab olingan maktablar ichida
Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati bo'lib, bugun o'quvchilarning matematik savodxonligini aniqlash xalqaro tadqiqoti bo'yicha JICA loyihasi ishchi guruhi a'zosi Hakimjonov Murodilla tomonidan 8-10 sinf o'quvchilarining matematika fanidan bilimlari sinovdan o'tkazilmoqda.

▶️Test natijalari may oyining 15-sanasidan keyin e'lon qilinadi. O'tish balini qo'lga kiritgan o'quvchilarga sertifikatlar beriladi.

📌Ma’lumot o’rnida, o'quvchilar bilan bir qatorda o'qituvchilar ham test sinovlarida qatnashmoqda.
DIQQAT❗️

❗️Agentligimiz tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetining “Buyuk allomalar izidan” nomli fan olimpiadasi final bosqichi FIZIKA fanidan 15- aprel kuni o‘tkaziladi.

❗️Ko‘p sonli ishtirokchilarning talablariga binoan KIMYO fanidan olimpiadaning FINAL bosqishi 6-may kuni o'tkaziladi!

👉 Bog‘lanish: @newuucontact_bot

#olimpiada #buyuk_allomalar_izidan #fizika #kimyo

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Zakovat

🏫Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Amir Temur tavalludiga bag'ishlab, 12-aprel kuni "Zakovat" musobaqasi o'tkazildi.

🏆Musobaqa natijalariga ko'ra:

🥇7-"B" sinfning Tafakkur Jamoasi
🥈8-"A" sinfning Intellectuals jamoasi
🥉9-"B" sinfning Al-Xorazmiy jamoalari
g'oliblikni qo'lga kiritishdi.
Forwarded from Fan olimpiadalari markazi (FOM) (:))
📢 Onlayn olimpiadalar davom etadi!

🔶 Joriy yilning 24-29-aprel kunlari 📗Matematika, 📘Fizika, 📔Kimyo, 📕Biologiya va 📙Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.

⚜️Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida oo.uzedu.uz tizimida tashkil etiladigan onlayn olimpiadalarda ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilarni maktab tomonidan tasdiqlanishi bekor qilindi. Endilikda istalgan foydalanuvchilar tizimdan ro‘yxatdan o‘tib onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari va o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

💠 Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

📊Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

‼️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
#Qabul_2023
#Yangi_Oʻzbekiston_universiteti

❗️Agentligimiz tizimidagiYangi O‘zbekiston” universitetida o'qishga hujjatlar qabuli davom etmoqda!

⚡️ Endilikda siz 2023/2024-o‘quv yilidan bakalavr bosqichida quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim olishingiz mumkin:

🔹Kimyo va materialshunoslik muhandisligi
🔹Mexanika muhandisligi
🔹Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi
🔹Dasturiy ta’minot muhandisligi
🔹Kiber xavfsizlik
🔹Sun’iy intellekt va robototexnika
🔹Amaliy matematika
🔹Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili
🔹Pedagogika
🔹Sanoat boshqaruvi

🗓 Imtihonlarni o‘z xohishingizga ko‘ra may yoki avgust oyida topshirishingiz mumkin.

📝 O‘qishga ariza topshiring: https://newuu.uz/uz/admission/form

☎️ +998712024111
🤖 @newuucontact_bot

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#shaxmat

14-aprel kuni jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi D.Matyaqubov tomonidan 7-8 sinflar o'rtasida o'tkazilgan "SHAXMAT" musobaqasi o'tkazilgan edi.

🏆Natijalarga ko'ra

🥇7-"B" sinf o'quvchisi Haitmamatov Jahongir
🥈7-"A" sinf o'quvchisi Jumaniyozov Muhammadyusuf
🥉8-"B" sinf o'quvchisi
Bahodirov Hayotbek

⚡️Musobaqalar hali davom etmoqda!


Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

💠Veb-sayt|💠Telegram|💠Facebook|💠Instagram
#kasbga_yonaltirish

🏢Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o'quvchilari Shovot tuman "UZTEX GROUP" MCHJ korxonasida bo'lishdi.

⚡️O'quvchilar bu yerdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bosqichlari, mahsulotni qadoqlash ishlari hamda korxona mahsulotlarini eksport qilish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

📌Shu bilan birga o'quvchilar korxonada amaliyot o'tashdi. Korxona mutaxassislari bilan suhbatlashib korxona faoliyati haqidagi o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

💠Veb-sayt|💠Telegram|
💠Facebook|💠Instagram
#robototexnika

🏢Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatini sobiq bituruvchisi, mayor, Texnika fanlari nomzodi, dotsent Tajiyev Janibek Adomboyevich maktab-internat o'quvchilariga "Robototexnika" jihozlarini sovg'a qildi.

✔️ O'quvchilarga ushbu jihozlar haqida ma'lumot berdi va ularni ushbu jihozlardan unumli foydalanishlariga ishonch bildirdi.

⚡️ Eng so'nggi rusumdagi jihozlarni o'quvchilarimiz katta xursandchilik bilan qarshi olishdi.

Janibek Adomboyevichga o'quvchilar va jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz
!
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор
#Bizning_faxrimiz

🏫Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 11-sinf o'quvchisi Ollaberganov Adhamjon dunyoning yetakchi universitetlaridan 140 000 AQSH dollari miqdoridagi grantni qo'lga kiritdi.

🎓Oʻquvchimiz quyidagi xalqaro OTMlarga o'qishga kirdi:

🔹DUQUESNE University
🔹Florida Institute of Technology
🔹The University of Arizona

🎉Adhamjonni jamoamiz nomidan tabriklaymiz hamda kelgusi ishlarida va o'qishlarida omadlar tilaymiz!

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

💠Veb-sayt|💠Telegram|💠Facebook|💠Instagram
📣 BIZ SIZGA YANADA YAQINROQMIZ

⚡️Agentligimiz tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetiga o‘qishga hujjat topshirgan abituriyentlarga yengillik yaratish maqsadida endilikda saralash imtihonlari mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkaziladi.

📍
Abituriyentlar o'zlariga yaqin bo'lgan respublikamizning barcha hududlarida joylashgan 13 ta Prezident maktabida shuningdek, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda imtihon topshirishlari mumkin.

📌 Hoziroq o‘qishga hujjat topshiring va qaysi hududda imtihon topshirishingizni o‘zingiz tanlang.

❗️Hozirgi kunga qadar hujjat topshirgan abituriyentlar ham qayta imtihon topshirish manzilini o‘zgartirishlari mumkin.

📩 Ariza topshirish: https://newuu.uz/en/admission/agreement?type=admission_form

🗓 Keyingi imtihon joriy yilning 20-may sanasida o‘tkaziladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#psixologik

🏢Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida maktab-internat psixologi tomonidan 7-"A" -sinf o'quvchilariga faoliaytdagi ishchanlik muhitini yaratuvchi psixologik trening o'tkazildi.

▶️Ushbu treningda

"Joy almashish"
"Kaptokchani ol"
"Nima o'zgardi?"
mashg'ulotlari o'tkazildi.