Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan "Yangi O'zbekiston" universiteti uchun zamonaviy kampus qurish ishlari boshlanishiga tamal toshi qo'yildi
Davlatimiz rahbari Yangi Toshkent hududida bir qator obyektlar qurilishini boshlashga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi.
Unda "Yangi O'zbekiston" universiteti uchun ham zamonaviy kampus quriladi. Xususan, 10 ming talabaga mo‘ljallangan o‘quv binolari, 1 ming 150 o‘rinli oshxona, kutubxona va ixcham muzey, sport majmuasi, olimpiya suzish havzasi barpo etiladi.
Shuningdek, talabalar uchun 2 ming o‘rinli yotoqxona, professor-o‘qituvchilarga 286 o‘rinli turar joy qurib beriladi.
– Bugun “Yangi O‘zbekiston” universiteti va Toshkent davlat pedagogika universitetining kampuslari, Milliy kutubxona, Milliy teatr, Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Adabiyot muzeyi, ijod maktabi hamda Milliy maqom markaziga tamal toshi qo‘yamiz. Yangi shahar qurilishi ilm-fan, ma’naviyat maskanlaridan boshlanayotgani bejiz emas. Bular ma’rifatli jamiyat barpo etish g‘oyamizning asosi va namunasi bo‘ladi, – dedi davlat rahbari.
#Mirziyoyev #yangi_kampus
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#ZAKOVAT
⏳Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o'tkazilgan bu galdagi "Zakovat" turniri "Ikkinchi renessans izdoshlari" shiori ostida Buyuk sohibqiron AMIR TEMUR bobomiz tavalludining 688 yilligiga bag'ishlab tashkil qilindi.
📍Unda 6-9-sinflarning 9 ta jamoasi ishtirok qildi.
📉Qizg'in va murosasiz bahslarga boy bo'lgan aql musobaqasida
1️⃣9"A"- sinfning "Intellektuals" jamoasi
2️⃣9"B"-sinfning "Urfon" jamoasi va 8"a"-sinfning "Yuksalish" jamoasi
3️⃣8"B"-sinfning "Tafakkur" jamoasi egalladi.
📌Turnirning bahoriy mavsumi davom etadi.

#Kasbga_yo'naltirish
⚡️SHOVOT TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNAT O'QUVCHILARI SANOAT KORXONASIDA
❇️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-A sinf o'quvchilari Shovot tuman "Textile Finance Khorezm" MCHJ da bo'lishdi.
🔖O'quvchilarga dastlab texnika xavfsizligiga mas'ul xodim korxonaning texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirdi.
🏢Korxonaning sifat bo'yicha menejeri DUSHAMOV SARDOR korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlarini xususan, paxta tolasidan ip ishlab chiqarishgacha bo'lgan jarayonlarni bosqichma-bosqich o'quvchilarga tushuntirib berdi hamda korxonaning yutuqlari haqida yaqindan tanishtirdi.
📌Shu bilan birga o'quvchilar korxonada amaliyot o'tashdi. Xorijlik mutaxassislar bilan suhbatlashib korxona faoliyati haqidagi o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

#Yangiliklar
🇺🇿🇰🇿 Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 5-aprel kuni tashrif bilan О‘zbekistonda bо‘ladi.
Qadimgi Xiva shahrida о‘tadigan muzokaralarda О‘zbekiston bilan Qozog‘iston о‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda kо‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari kо‘rib chiqiladi.
🌐 Telegram | Facebook

#Amir_Temur_688_yilligi
#Davra_suhbati
AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR IBRATI
✅Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR IBRATI" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
💠Davra suhbatida 49093 harbiy qism vzvod komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo'yicha o'rinbosari Kapitan Nosirov Zafarbek hamda safarbarlik rezervi askarlari qatnashib,buyuk bobokalonimiz Amir Temur haqida ,vatanparvarlik tuyg'usining muqaddasligi haqida ta'sirli fikrlar bildirdilar.
📍Shuningdek, tarix fani o'qituvchisi F.Abdirimova Buyuk Amir Temur hayoti va amalga oshirgan bunyodkorlik ishlari haqida o'quvchilarga so'zlab berdi.8-"b" sinf o'quvchilarining buyuk sarkarda haqida tayyorlab kelgan teatrlashgan chiqishlari davraga o'zgacha shukuh berdi.