🏫Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
737 subscribers
5.39K photos
244 videos
24 files
743 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navro'z
#3_qism

📹  Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o'tkazilgan "Olam nurga to'lsin sen bilan, Navro'z" nomli  tadbir
#seminar_trening

🏫27-mart kuni Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o'qituvchilarga ingliz tili fani o'qituvchilari tomonidan seminar trening o'tkazildi.

Ushbu treningdan maqsad: o'qituvchilarni ingliz tilida gapirish qobiliyatini rivojlantirish.
#psixologik_trening

Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida maktab-internat psixologi Hilola Yusupova tomonidan 7-"B" sinf o'quvchilari bilan "BIZ BIR JAMOAMIZ" trening mashg'uloti o'tkazildi.

✔️Qalamlar
✔️Do'stlik o'yini


Ushbu treningdan maqsad: O'quvchilarning hamjihatligi,jamoaviy o'zaro samarali hamkorlikni shakllantirish
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ta’lim tizimi islohotlari eng birinchi vazifa etib belgilangan. Shunga muvofiq, bu soha ham umumiy, ham ixtisoslashtirilgan tarzda rivojlantirilmoqda. Jumladan, yurtimizda 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi va 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat yuritmoqda.

O‘tgan yillardagi tajriba va hayot talabidan kelib chiqib, ulardagi yo‘nalishlarni takomillashtirish nazarda tutilmoqda. 

Xususan, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Myunxen texnika universiteti bilan hamkorlikda, tajriba tariqasida, muhandislik dasturlarini joriy qilish taklif etilmoqda. Bu dastur “Yangi O‘zbekiston” universiteti dasturi bilan integratsiya qilinadi.

Yuqori malakali pedagoglar imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzurida jamoatchilik asosida “Fan kengashlari” tuziladi. Bu kengashlar ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, baholash tizimini takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga jalb qilinadi.

Kelgusi o‘quv yilidan 14 ta maktabda fanlarni ingliz tilida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish, 2025-2026-yillarda 8 ta yangi ixtisoslashgan maktab qurish rejalari ham bayon etildi.

Ijod maktablari bo‘yicha ham takliflar bor. Jumladan, ularda taniqli adiblar va jamoat arboblari ishtirokida mahorat darslari tashkil etiladi. O‘quvchilarning ijodiy ishlarini Yozuvchilar uyushmasi hisobidan nashr etish yo‘lga qo‘yiladi. Turli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish orqali iqtidorli yoshlar qo‘llab-quvvatlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Tashrif

🏫Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga Toshkent Davlat Yuridik universiteti proffessor o'qituvchisi Rajabov Narimon,shu universitetning 2-kurs talabalari , shuningdek Urganch shahridagi yuridik texnikumi o'quvchilari "Islohotlarga daxldorman" shiori ostida maktab-internati 8-9-10 o'quvchilari bilan davra suhbati tashkil qilindi.

✔️Davra suhbatida vatanimizda olib borilayotgan islohotlar, keyingi yillardagi barcha sohalardagi o'zgarishlar o'quvchi va talabalar nigohida tahlil qilinib, huquqiy bilimlar asosida fikr almashildi.

📌Bundan tashqari Toshkent Davlat Yuridik universiteti talabalari o'quvchi yoshlarga universitet fakultetlari, yo'nalishlari hamda universitetdagi yaratilgan shart-sharoitlari to'g'risida ma'lumotlar berib o'tdilar.