Шофиркон ИМ -таьлим тараккиётига биз билан!
610 subscribers
8.86K photos
388 videos
63 files
1.49K links
Shafirkan specialized school under the Agency of Specialized Institutions

🔴 Murojaat uchun:
Rasmiy bot: @ShofIM_bot
https://www.facebook.com/groups/795922548205270/?ref=share
Download Telegram
#Shofirkon_IM
#Vatanparvarlik_oyligi
#Ertalabki_saflanish

🏢 Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ertalabki saflanish davomida "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan 5-6-sinflar kesimida tashkil etilgan videoroliklar tanlovida faol ishtirok etgan oʻquvchilar taqdirlanishdi.

Jumladan:

💥1-oʻrin Ravshanov Raxmatjon
💥2-oʻrin Ziyodullayeva Nafosat
💥3-oʻrin Baxtiyorova Dilsoʻz

💫 Oʻquvchilarimizning oʻqishlarida omad tilab qolamiz.

🔶 IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Shofirkon_IM
#Hamkorlik
#Hisobot

Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Milliy gvardiya qoʻriqlash boʻlimi bilan hamkorlikda "Vatanparvarlik oyligi" doirasida tashkil etilgan sport musobaqasi hisoboti.

🔶 IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Fakultativ_mashgʻulotlari
#Shaxmat

🔰 Bugungi kunda ta’lim muassasalarida sportning intellektual turlari, jumladan, shaxmat bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirish va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ixtisoslashtirilgan maktablarda tashkil etilgan fakultativ mashg‘ulotlar bu borada o‘z samarasini bermoqda.

Shaxmat – bu nafaqat o‘yin, balki o‘quvchilarning strategik fikrlash, muammolarni hal etish va qaror qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantiruvchi muhim vositadir. Shu sababli, Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari ham fakultativ dars mashgʻulotlarida sportning shaxmat turi boʻyicha oʻz bilimlarini muntazam ravishda oshirib bormoqdalar.

🔶 IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Uchrashuv

2025-yil 17-yanvar kuni Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Mudofaa vazirligiga qarashli Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan “Jaloliddin Manguberdi” nomidagi harbiy-akademik litseyi vakillari matematika fani oʻqituvchisi Atajonov Muzaffar, otish tayyorgarligi boshligʻi Saidov Burxon hamda 2-kurs talabasi Lutfulloyev Jonibek ishtirokida 9-sinf o‘quvchilari bilan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur tadbir o‘quvchilar uchun katta motivatsiya va turtki bo‘ldi. Ular mamlakat Qurolli Kuchlari tizimidagi imkoniyatlar haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishdi hamda kelajakdagi faoliyatlariga oid rejalarini aniqroq shakllantirishga yordam berdi.

Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi rahbariyati va o‘qituvchilari tadbir tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

🔶 IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Fakultativ_mashgʻuloti
#Shaxmat

❇️Shaxmat - mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi

❇️Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabida sportning shaxmat  turi bo‘yicha to'garaklariga o'quvchilar  muntazam faol ishtirok etib kelmoqda.

🔶 IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Fakultativ_mashgʻuloti
#Shaxmat

Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabda o‘quvchilarning intellektual salohiyatini oshirish va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida muntazam ravishda shaxmat to‘garaklari faoliyat olib bormoqda.
💫Ushbu to‘garak o‘quvchilarning nafaqat shaxmat o‘yinidagi ko‘nikmalarini rivojlantiradi, balki ularda sabr, diqqat, mustaqil qaror qabul qilish va mas’uliyatlilikni ham shakllantiradi. Shu sababli shaxmat to‘garagi maktabning eng faol va talabgir yo‘nalishlaridan biri sanaladi.

🔶 IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Uch_avlod_uchrashuvi

🏢Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabda podpolkovnik Xalilov Ravshan Shodiyevich hamda podpolkovnik Rajabov Avaz Nosirovich ishtirokida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida maktab o‘quvchilari Vatan himoyachilari bilan jonli muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Harbiy xizmat yo‘lini tanlagan mehmonlar o‘zlarining hayotiy tajribalarini, armiyadagi qiyinchiliklar va muvaffaqiyatlar haqidagi hikoyalarini o‘rtoqlashib, yoshlar uchun qimmatli maslahatlar berdilar.

💫Tadbirda, shuningdek, mamlakatimiz armiyasining tarixiy rivojlanishi, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, milliy armiyamizning bugungi kunda tutgan o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
💫O‘quvchilar tomonidan mehmonlarga qiziqarli savollar berildi. Tadbir yakunida podpolkovniklar yosh avlod vakillariga mehnatkashlik, intizom va maqsad sari intilish kabi fazilatlarni o‘zida tarbiyalash zarurligini uqtirdilar

💫Uchrashuv qiziqarli va mazmunli oʻtdi

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Tonggi_motivatsiya

➡️ Bugungi zamonda telefonlar yomg‘iridan faqatgina KITOB soyaboni bilan omon qolish mumkin...

Xato qilishdan qo'rqmang, o'zgarmaslikdan qo'rqing!

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifamiz orqali kuzatib boring:
Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Milliy_sertifikat

Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bir qator oʻquvchilari umumta'lim fanini bilish darajasini belgilovchi milliy sertifikatni qoʻlga kiritishni davom ettirmoqdalar.
⭐️Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘zbek tili va adabiyoti fani bo‘yicha o‘tkazilgan umumta’lim fanini bilish darajasini aniqlash imtihonida maktabning
9-10-11-sinf oʻquvchilari bir qator sertifikatlarni qo'lga kiritishdi.

☀️Oʻquvchilarimizni yaxshi natijalarga erishishlarida oʻz bilimi va mehnatini ayamagan ustozlarimizni tabriklaymiz.

📲Bizni itimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Milliy_sertifikat
#Ustozlarimiz_yutuqlari

🔰Yuksak intellekt, aql-idrok va ijodiy salohiyatni o‘zida mujassam etgan aziz ustozlarimiz – Salimova Sarvinoz hamda Ismatova Malikalar A darajali milliy sertifikatni muvaffaqiyatli qo‘lga kiritishdi.

Bu yutuq nafaqat ularning professional mahoratining yuksakligini, balki yosh avlodga sifatli ta’lim berishga bo‘lgan intilishlarini ham namoyon etadi.

Ustozlarimizni ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz! Kelgusidagi faoliyatlarida ham omad va zafarlar hamroh bo‘lsin!

📲Bizni itimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Fakultativ_mashgʻuloti
#Shaxmat

❇️Shaxmat - mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi

❇️Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabida sportning shaxmat  turi bo‘yicha to'garaklariga o'quvchilar  muntazam faol ishtirok etib kelmoqda.

🔶 IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_tuman_IM
#Kiber_xavfsizlik
#Yoshlar_ogohligi

Kiber jinoyatchilikka qarshi targ‘ibot tadbiri

🏫 Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilarni kiber jinoyatchilikdan ogohlantirish va uning salbiy oqibatlari haqida ma’lumot berish maqsadida muhim targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Shofirkon tuman IIB TQX TQKG tezkor vakili, katta leytenant E.T.Mahmudov, maktabning CHQBT rahbarlari M.Mahmudovich, hamda tarix fani o‘qituvchisi A.Fozilov faol ishtirok etdi.
Mutaxassislar tomonidan kiber jinoyatchilikning jamiyat va shaxs hayotiga ta’siri, xususan, o‘quvchilarning internetdan noto‘g‘ri foydalanishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar bilan birga kelayotgan xavflarni oldini olish uchun muhim tavsiyalar berildi.

Ushbu tadbir kiber jinoyatchilikka qarshi kurashda o‘quvchilarning xabardorligini oshirish va ularga mas’uliyat hissini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Telegram|Facebook|Instagram
Forwarded from Садокат Фуpкатовна
#Shofirkon_IM
📚 Ma'naviyat -  jamiyat poydevori

Shofirkon ixtisoslashtirilgan maktabida buyuk ma’rifatparvar, yozuvchi, publitsist, dramaturg va  jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri Mahmudxo'ja Behvudiy  tavallidining 150 yilligiga bag'ishlangan " Barhayot siymolar" nomli davra suhbati o'tkazildi.
🇺🇿 Mamlakatimiz dunyo tamadduni va ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo'shgan ulug' alloma, ma'naviyatimizning ildizi bo'lgan buyuk siymo hayoti haqida  o'quvchilarimizning ijodiy  mulohazalari, fikrlari aytib o'tildi. Milliy ma‘rifatparvarlik harakati tarafdori Mahmudxo‘ja Behbudiy hayot yo'li yoritilgan videoroliklar namoyish etildi.
🔰 Millatimizni ma'naviyat, ta'lim, tarbiya kamoli sari yetaklagan milliy dramaturgiyamizning birinchi namunasi bo‘lgan “Padarkush” XX asr o‘zbek adabiyoti tongida yorug‘ yulduz sifatida adabiyotda yo‘l ochdi. Tadbirda asarning mazmun - mohiyati, badiiy salohiyati ham yana bir karra baholandi.

🔶 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring  👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#eco_schools_Uzbekistan
#Young_climate_champions
#Shofirkon_IM

🌱Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Young climate Champions “  loyihasi doirasida ECO-FORUM o’tkazildi.Forumda Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ECO -SCHOOL volontyorlari faol ishtirok etishdi.

🌱Kun davomida Ekologik muammolarni hal qilish, tabiiy resurslarni asrash va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari muhokama qilinib, Quiz, Bingo, Fashion show, Palm Print, ijodiy chiqishlar namoyish etildi.Forum davomida faol qatnashgan oʻquvchilarga esdalik sovgʻalari va sertifikatlar topshirildi.

🔶 IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_tuman_IM
#Hamkorlik

2025-yil 27-yanvar kuni Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yoshlar oʻrtasida milliy sport turlarini ommalashtirish va ularni jismoniy tarbiyaga qiziqtirish maqsadida kamondan oʻq otish boʻyicha mashgʻulot tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Shofirkon tuman Qoʻriqlash boʻlimi xodimlari Sh.Soliyev va S.Saidov ishtirok etishdi. Ular oʻquvchilarga kamondan oʻq otishning asosiy qoidalari, texnikasi va tarixi haqida tushuncha berishdi. Shuningdek, bu sport turining inson diqqat-eʼtiborini oshirishdagi hamda kuch-gʻayratni rivojlantirishdagi ahamiyatini alohida taʼkidlashdi. Shuningdek,
Sh.Soliyev yoshlarni milliy sport turlariga qiziqtirish va ularning ruhiy hamda jismoniy rivojlanishiga koʻmaklashish muhimligini taʼkidladi. S.Saidov esa bunday mashgʻulotlarning yosh avlod tarbiyasidagi ijobiy taʼsiri haqida oʻquvchilarga maʼlumot berdi.

📲Bizni itimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_tuman_IM
#Taqdirlash
#Matematik_olimpiada

Gʻijduvon tumanida oʻtkazilgan  matematika olimpiadasi yoshlar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi. Bu tanlovda viloyatning turli tumanlaridan kelgan iqtidorli o‘quvchilar oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi.

Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Muzaffarova Eʼzoza 2-oʻrin va Quvvatov Qoʻshshaboy 3-oʻrinlarni egallashdi hamda bir qator oʻquvchilarimiz kuchli oʻntalikdan joy olishdi. Ular o‘zlarining mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, murakkab masalalarni yechishdagi mahoratlari va matematikaga bo‘lgan qiziqishlarini yana bir bor namoyish etishdi va tuman hokimligi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Oʻquvchilarimizga taʼlim bergan ustozlari va ota-onalariga maktab jamoasi nomidan oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.

📲Bizni itimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Fakultativ_mashgʻuloti
#Shaxmat

❇️Shaxmat - mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi

❇️Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabida sportning shaxmat  turi bo‘yicha to'garaklariga o'quvchilar  muntazam faol ishtirok etib kelmoqda.

🔶 IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_tuman_IM
#Ochiq_dars
#Ona_tili

🔰 Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oliy toifali oʻqituvchi S.Hojiyeva tomonidan 7-04-sinf oʻquvchilari ishtirokida "Kelishik qoʻshimchalarining belgili va belgisiz qoʻllanishi" mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Ochiq darsda
💥Kim chaqqon
💥Tinglab tushun
💥Tezkor savol-javob metodlaridan foydalanildi.

🔰Ochiq dars davomida oʻquvchilar yangi bilimlarni egallab, qiziqarli topshiriqlarni bajarishdi.

🔶 IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_tuman_IM
#Ertalabki_saflanish

 Joriy yilning 29-yanvar sanasida Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida boʻlib oʻtgan ertalabki saflanish jarayonida hafta davomida erishilgan yutuqlar sarhisob qilindi va sinflar kesimida fanlardan yuqori ball toʻplagan oʻquvchilar taqdirlandi.
Shuningdek, o'quvchilarga maktabning ichki- tartib va odob-axloq qoidalariga rioya qilish bo'yicha tushuntirish, targ‘ibot ishlari olib borildi.

🔶 IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_tuman_IM
#Uchrashuv
#Hayo_xaloskordir

🏢Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, axloqiy tarbiyasini mustahkamlash va ularni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida “Hayo – xaloskordir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Shofirkon tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi psixologi Z. Ashurova hamda Ijtimoiy ma’naviy muhitni barqarorlashtirish bo‘yicha tuman targ‘ibot bo‘limi boshlig‘i Sh. G‘aybullayeva ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida hayoning inson hayotidagi o‘rni, uning ruhiy va axloqiy rivojlanishdagi ahamiyati haqida atroflicha fikr yuritildi.
Shuningdek, bugungi kunda yoshlarning axloqiy va ma’naviy tarbiyasiga e’tibor qaratish, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish, begona g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish haqida fikr yuritildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar mavzu bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib, psixolog va mutaxassislar bilan ochiq muloqot olib bordilar.

Telegram|Facebook|Instagram