Шофиркон ИМ -таьлим тараккиётига биз билан!
610 subscribers
8.88K photos
388 videos
63 files
1.49K links
Shafirkan specialized school under the Agency of Specialized Institutions

🔴 Murojaat uchun:
Rasmiy bot: @ShofIM_bot
https://www.facebook.com/groups/795922548205270/?ref=share
Download Telegram
#Shofirkon_IM
#Hamkorlik

Kamondan otish sporti – bu nafaqat ajoyib jismoniy mashq, balki inson xotirjamligi va aqliy salohiyatini rivojlantirishning samarali vositasidir. Ushbu sport turi mushaklarning egiluvchanligini oshiradi, ko‘z nurini yaxshilaydi, immunitetni kuchaytiradi va nafas olish hamda yurak-qon tomir tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Kamondan o‘q uzish jarayoni ruhiy muvozanatni tiklash va ichki xotirjamlikka erishishning samarali yoʻli

Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Shofirkon tuman Qo‘riqlash bo‘limi bilan hamkorlikda kamondan otish bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik, milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdir. Bunday tadbirlar yoshlarda nafaqat sportga, balki milliy qadriyatlarga bo‘lgan mehr-muhabbatni ham kuchaytiradi.

📲Bizni itimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Hamkorlik
#Sport_sogʻlik_garovi

Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, buyuk ajdodlarimiz Amir Temur, Bobur Mirzo, Jaloliddin Manguberdilardan meros bo‘lib qolgan kamondan otish an’analari va qadriyatlarini kelajak avlodlarga yetkazish, milliy sport turlarini ko‘paytirish, kamondan otish sport turi boʻyicha oʻquvchilarga tushuncha berish va bu sport turiga qiziqishlarini orttirish maqsadida Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Shofirkon tuman Milliy gvardiya qoʻriqlash boʻlimi katta leytenanti N. Hamidov va inspektor psixolog A.Xayrullayevlar bilan hamkorlikda " Alpomish avlodlari" va " Barchinoy oʻyinlari" toʻgʻarak aʼzolari ishtirokida amaliy mashgʻulot tashkil etildi.

💥 Milliy gvardiya xodimlari amaliy mashgʻulot jarayonida oʻquvchilarga kamondan oʻtishning qoidalari haqida bir qancha koʻrsatmalar berishdi.

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Hamkorlik

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PQ-158-son  "O'zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora- tadbirlar to'g'risida"gi  qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Shofirkon tuman  bo'limi bilan hamkorlikda o'quvchilar va xodimlarni zilzila oqibatlaridan o'zini-o'zi muhofaza qilish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko'rsatish yuzasidan amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi.

🔰Tuman FVB Tezkor bо‘linma boshlig‘i kapitan F.Doniyorov va Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va chaqiriqqa qadar tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Maxmudovich tomonidan oʻquvchilarga kuchli zilzila va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tabiiy ofatlarda to‘g‘ri harakat qilish haqida zaruriy maʼlumotlar berib oʻtildi.

📲Bizni itimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Shofirkon_IM
#Hamkorlik
#Hisobot

Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Milliy gvardiya qoʻriqlash boʻlimi bilan hamkorlikda "Vatanparvarlik oyligi" doirasida tashkil etilgan sport musobaqasi hisoboti.

🔶 IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_tuman_IM
#Hamkorlik

2025-yil 27-yanvar kuni Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yoshlar oʻrtasida milliy sport turlarini ommalashtirish va ularni jismoniy tarbiyaga qiziqtirish maqsadida kamondan oʻq otish boʻyicha mashgʻulot tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Shofirkon tuman Qoʻriqlash boʻlimi xodimlari Sh.Soliyev va S.Saidov ishtirok etishdi. Ular oʻquvchilarga kamondan oʻq otishning asosiy qoidalari, texnikasi va tarixi haqida tushuncha berishdi. Shuningdek, bu sport turining inson diqqat-eʼtiborini oshirishdagi hamda kuch-gʻayratni rivojlantirishdagi ahamiyatini alohida taʼkidlashdi. Shuningdek,
Sh.Soliyev yoshlarni milliy sport turlariga qiziqtirish va ularning ruhiy hamda jismoniy rivojlanishiga koʻmaklashish muhimligini taʼkidladi. S.Saidov esa bunday mashgʻulotlarning yosh avlod tarbiyasidagi ijobiy taʼsiri haqida oʻquvchilarga maʼlumot berdi.

📲Bizni itimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram