Шофиркон ИМ -таьлим тараккиётига биз билан!
621 subscribers
8.47K photos
360 videos
63 files
1.42K links
Shafirkan specialized school under the Agency of Specialized Institutions

🔴 Murojaat uchun:
Rasmiy bot: @ShofIM_bot
https://www.facebook.com/groups/795922548205270/?ref=share
Download Telegram
#Shofirkon_IM
#Tanlov_gʻoliblarini_taqdirlash

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining 32 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan videoroliklar tanlovi natijalari eʼlon qilindi.

🔰Videoroliklar tanlovida "Eng faol sinf" nominatsiyasi boʻyicha quyidagi sinflar gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi:

💥 1-oʻrin 5-01-sinf
💥 2-oʻrin 7-02- sinf
💥 3-oʻrin 6-01-sinf

🔰 "Eng yaxshi videorolik" nominatsiyasi boʻyicha quyidagi oʻquvchilar diplom va esdalik sovgʻalarga ega boʻlishdi.

💥 1-oʻrin 9-01 sinf oʻquvchisi Dehqonova Munisa
💥 2-oʻrin 8-03- sinf oʻquvchisi Baxtiyorova Dilnura
💥 3-oʻrin 7-04 -sinf oʻquvchisi Muzaffarova Eʼzoza



📲Bizni itimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shofirkon_IM
#Yurakni_madh_etgan_sado

💥 O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganining 32 yilligi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tantanali ravishda nishonlandi.

📲Bizni itimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Hamkorlik

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PQ-158-son  "O'zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora- tadbirlar to'g'risida"gi  qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Shofirkon tuman  bo'limi bilan hamkorlikda o'quvchilar va xodimlarni zilzila oqibatlaridan o'zini-o'zi muhofaza qilish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko'rsatish yuzasidan amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi.

🔰Tuman FVB Tezkor bо‘linma boshlig‘i kapitan F.Doniyorov va Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va chaqiriqqa qadar tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Maxmudovich tomonidan oʻquvchilarga kuchli zilzila va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tabiiy ofatlarda to‘g‘ri harakat qilish haqida zaruriy maʼlumotlar berib oʻtildi.

📲Bizni itimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Besh_muhim_tashabbus
#Quvnoq_startlar

Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 10-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan oliy toifali jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi J.Jamolov tomonidan "Quvnoq startlar" musobaqasi tashkil etildi.
5 ta shartdan iborat bo'lgan musoboqa juda qiziqarli va zavqli o'tdi.
Ushbu musobaqada 6-01 hamda 7-03-sinf o'quvchilari  ishtirok etib  o'zaro bahs olib borishdi.
💥 Musobaqa natijalariga koʻra 6-01 sinf oʻquvchilari gʻolib boʻlishdi.


📲Bizni itimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Taqdirlash

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tarix fanidan 7-10-sinflar oʻrtasida oʻtkazilgan ichki olimpiadada gʻolib boʻlgan va faol ishtirok etgan oʻquvchilar diplom, tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Jumladan:

7-sinflar o'rtasida:
I òrin 7-02 sinf o'quvchisi Sobirova Sevinch
II o'rin 7-03 òquvchisi Imomov Xumoyun
III òrin 7-02 sinf o'quvchisi Ravshanov Mashhurbek

8-sinflar o'rtasida:
I o'rinni 8-02 sinf o'quvchisi Izzatov Umidali
II o'rinni 8-02 sinf o'quvchisi G'iyosov Sunnat
III òrin 8-01 sinf o'quvchisi Boymurodov Samoyiddin

9-10-sinf òquvchilari o'rtasida: I o'rinni 10-02 - sinf o'quvchisi Salimova Parvina
II o'rinni 9-02 - sinf o'quvchisi Tolibov Yorqin
III òrin 10-02 sinf o'quvchisi Yusupova Madina.

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Vatanparvarlik_oyligi
#Besh_muhim_tashabbus

🏢 Yosh avlodni sportga jalb qilish va ularni jismoniy rivojlantirish maqsadida Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Shofirkon tuman yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda "Vatanparvarlik oyligi" munosabati bilan "Besh tashabbus" doirasida sportning voleybol, tennis, shaxmat turlari boʻyicha musobaqa tashkil etildi. Ushbu tadbirlar o‘quvchilarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, jismoniy faolligini rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazildi.

🏆Musobaqalarda maktabning turli yoshdagi o‘quvchilari faol ishtirok etishdi. Voleybol bo‘yicha musobaqalar jamoaviy ruhni shakllantirgan bo‘lsa, tennis o‘yinlari o‘quvchilarning tezkorlik va koordinatsiya qobiliyatlarini rivojlantirdi. Shaxmat turniri esa ishtirokchilarni strategik fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qildi.

📲Bizni itimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Vatanparvarlik_oyligi
#Besh_muhim_tashabbus
#Zakovat

🏢Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilar o‘rtasida bilimga bo‘lgan qiziqishni oshirish va ularning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida “Zakovat” intellektual musobaqasi tashkil etildi. Ushbu tadbir yosh avlodning bilimini mustahkamlash, jamoaviy hamkorlikni rivojlantirish hamda ularning ijodiy salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan.

💥Musobaqada maktabning 7-sinf o‘quvchilaridan tashkil topgan bir nechta jamoalar ishtirok etdi. Har bir jamoa tarix, adabiyot, fan va texnologiya kabi sohalardagi murakkab savollarga javob berib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

💥Ushbu tadbir maktab jamoasi va o‘quvchilar tomonidan ijobiy kutib olindi. Kelgusida musobaqalarni yanada kengroq ko‘lamda, tuman darajasida tashkil etish rejalashtirilmoqda.


📲Bizni itimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Bizning_shunday_oʻquvchimiz_bor

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 8-01-sinf oʻquvchisi Maqsudov Mironshoh Maʼrufjonovich matematika fanidan tashkil etilgan "TASIMO" olimpiadasi viloyat bosqichida faxrli 2-oʻrinni egallab, final bosqichiga qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.

Oʻquchimizga omad va zafarlar tilab qolamiz.


📲Bizni itimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Vatanparvarlik_oyligi

Har bir xalq o‘z milliy qadriyatlarini yuksak tutib, o‘z yurtiga muhabbat va sadoqatni tarbiyalashga alohida e'tibor beradi. Shu ma'noda, Vatanparvarlik oyligi yurtimizda milliy g‘ururni oshirish, yoshlarimizning ongi va qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim tadbirlardan biridir.
🔰 Joriy yilning 20-dekabr sanasida Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Janubiy-Gʻarbiy maxsus harbiy okrugi 28803 harbiy qismning faxriy qorovul va orkestr guruhi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir koʻtarinki ruhda oʻtdi. Tadbir davomida oʻquvchilarga koʻrgazmali chiqishlar namoyish etildi.
🔰Vatanparvarlik oyligi bu nafaqat milliy bayram, balki har birimiz uchun o‘z mas'uliyatimizni anglash, yurtimizga bo‘lgan sadoqatimizni amalda isbotlash imkoniyatidir. Zero, vatanimiz ravnaqi uchun hissa qo‘shish har birimizning muqaddas burchimizdir.

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Bizning_faxrimiz

🏆 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 10-01- sinf o'quvchisi Yoʻldoshev Firdavs xalqaro SAT (Scholastic Assessment Test) imtihonidan 1040 ballni qo'lga kiritdi. O'quvchimiz testning matematika qismidan ham yuqori natija ko'rsatib, Xalqaro SAT sertifikatiga ega boʻldi.

🏆Ma'lumot uchun, Firdavs bungacha matematika fanidan umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikatni ham qo'lga kiritgan edi.

💯Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!


📲Bizni itimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Vatanparvarlik_oyligi

🏢 Oʻzbekiston Respublikasida Vatanparvarlik oyligi doirasida oʻtkazilayotgan tadbirlar yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning harbiy tayyorgarlik koʻnikmalarini oshirish va yurtimiz xavfsizligi uchun masʼuliyat hissini kuchaytirish maqsadida muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan, Buxoro davlati pedagogika institutining harbiy taʼlim fakultetiga Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ChQBT rahbari M.G'afforov boshchiligida "Vatan tayanchi" atryadi aʼzolari tashrif buyurdi.

Tashrif davomida harbiy taʼlim fakulteti o‘qituvchilari va kursantlari oʻquvchilarni institutda olib borilayotgan o‘quv jarayonlari, harbiy mashg‘ulotlar va vatanparvarlikka oid tarbiyaviy ishlar bilan tanishtirdilar. Fakultetning o‘quv zalida tashkil etilgan ko‘rgazmada zamonaviy harbiy texnikalar, o‘quv qurollari va kursantlarning ijodiy ishlari namoyish etildi.

Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Vatanparvarlik_oyligi

📌Tadbirning tantanali qismida fakultet dekani, podpolkovnik I. Xalikov so‘zga chiqib, O‘zbekiston yoshlarining Vatanga bo‘lgan muhabbatini oshirishda harbiy taʼlimning o‘rni beqiyos ekanligini taʼkidladi. Shuningdek, kursantlar tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlar va sahna ko‘rinishlari tadbirga alohida ruh bag‘ishladi.

📌Tashrif doirasida Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi "Vatan tayanchi" atryadi aʼzolari harbiy mashg‘ulot maydonchasiga borib, kursantlarning amaliy mashqlarini kuzatdilar. Maxsus jihozlangan poligonda jangovar texnika bilan ishlash bo‘yicha mahorat darslari oʻtkazildi. Ayniqsa, oʻquvchilar qurol-aslahalarni sinab koʻrish va harbiy texnikani boshqarish imkoniyatiga ega boʻlib, katta qiziqish bildirdilar.
Bu kabi tashriflar "Vatanparvarlik oyligi" tadbirlarini yanada mazmunli qilish bilan birga, yoshlar qalbida Vatanni sevish, uni himoya qilishga tayyor bo‘lish hissini uyg‘otishda muhim o‘rin tutadi.

Telegram|Facebook|Instagram