Шофиркон ИМ -таьлим тараккиётига биз билан!
619 subscribers
8.66K photos
383 videos
63 files
1.45K links
Shafirkan specialized school under the Agency of Specialized Institutions

🔴 Murojaat uchun:
Rasmiy bot: @ShofIM_bot
https://www.facebook.com/groups/795922548205270/?ref=share
Download Telegram
#Shofirkon_IM
#Shaxmat
#Shofirkon_tuman_chempionati

🏆 Joriy yilning 26 - dekabr sanasida umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari o'rtasida sportning Shaxmat turidan Shofirkon tuman chempionati oʼtkazildi. Ushbu turnirda Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari ham qatnashib, yuqori oʻrinlarni qoʻlga kiritdi.

🏆1 Ibragimova Ezoza II o‘rin
🏆2 Kenjayev Javohir III o‘rin
🏆3 Zaripov Adxam II o‘rin
🏆4 Yo‘ldoshev Firdavs III o‘rin
🏆5 Salimov Firdavs II o‘rin
🏆6 Tuyg‘unov Xurshid I o‘rin

📍Musobaqaning tuman bosqichida 1-2 o'rinni egallagan sportchilar viloyat bosqichida qatnashish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

🏆Musobaqa yakunida har bir yosh toifasi boʼyicha gʼolib va sovrindorlarga Shofirkon tuman sport maktabi va Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan ajratilgan diplom, medal va estalik sovgʻalari taqdim etildi.

🎗 Viloyat bosqichida ishtirok etadigan oʻquvchilarimizga omad tilaymiz

🔶Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Fudbol

Bugungi kunda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sportga jalb qilish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat bilan Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilar o‘rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi.

Bunday tadbirlarning muntazam ravishda o‘tkazilishi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularda mehnatsevarlik, jamoaviylik va sog‘lom turmush tarziga intilish tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


🔶 IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Vatanparvarlik_oyligi

Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan "Vatanparvarlik oyligi" doirasida oʻquvchilar oʻrtasida rasmlar tanlovi tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlod qalbida Vatanga boʻlgan muhabbatni yanada kuchaytirish, ularda ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va harbiy-vatanparvarlik ruhini oshirishdan iborat.

Tanlovda maktabning turli yoshdagi oʻquvchilari faol ishtirok etib, "Vatan himoyachilari" mavzusiga oid oʻz tasavvurlarini yorqin ranglarda ifodaladilar. Ularning ijodiy ishlari Vatan himoyachilarining jasorati, mardligi va Vatan tinchligi uchun qilgan xizmatlarini ulugʻlovchi asarlar sifatida namoyish etildi.

Ushbu rasmlar tanlovi oʻquvchilarning ijodkorlik salohiyatini oshirishga, shuningdek, ularning Vatanga boʻlgan mehrini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

🔶 IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Umid_nihollari

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yoshlar o'rtasida o'tkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi 2018-yil 25-oktabrdagi 864-son qarori hamda
O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari tomonidan 2019-yil 10-dekabrda
tasdiqlangan "Umid nihollari" musobaqalarini o'tkazish tartibi toʻg'risidagi
nizomi" va Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2024-yil 12-dekabrdagi
04-38-4187-sonli xati ijrosini taʼminlash maqsadida Shofirkon tumanida maktab oʻquvchilarining 5-6-sinf oʻquvchilari ishtirokida "Umid nihollari" musobaqasi tashkil etildi. Ushbu musobaqada Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari ham yengil atletika sport turi boʻyicha faol ishtirok etib,
200metr masofaga yugurish bahslarida
🏆 2-oʻrinni Ibodullayev Behruz
Uzunlikka sakrash bahslarida
🏆3-oʻrinni Ravshanov Rahmat
Uzunlikka sakrash bahslarida
🏆3-oʻrinni Mahmudova Marjonalar egallashdi.

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Ota_onalar_majlisi

🏢 Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2025-yil 8-yanvar kuni ota-onalar yigʻilishi tashkil etildi. Yigʻilishda maktabning asosiy maqsadlari va oʻquvchilarning ta'lim jarayonlarini yanada samarali tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.
Yigʻilishda maktab ma'muriyati, sinf rahbarlari va ota-onalar keng miqyosda ishtirok etdi. Yigʻilish davomida maʼnaviy - maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari S.Hojiyeva maktabning 2 chorak davomidagi  yutuqlari va erishgan natijalari haqida ma'lumot berdi. Shu bilan birga, 2025-yil uchun belgilangan rejalar va maqsadlar taqdim etildi.
Maktab psixologi U.Sadriddinova ota-onalar ishtirokida "Men farzandimni qanday bilaman" mavzusida trening oʻtkazdi hamda oʻquvchilarning xulq-atvori va muomala madaniyati haqida toʻxtalib oʻtdi.

Majlis davomida:
1. Oʻquvchilarning darslarga qatnashuvini nazorat qilish va intizomini mustahkamlash.

2. Ta'lim sifatini oshirish bo'yicha taklif va tavsiyalar.

3. Ota-onalar va maktab oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish.

4. Maktabning tashkiliy tadbirlarida ota-onalarning faol ishtirokini ta'minlash kabi masalalar muhokama qilindi.

Tadbir yakunida maktab rahbariyati ota-onalarning taklif va tavsiyalarini inobatga olishlarini ta'kidladi. Shuningdek, har bir oʻquvchining muvaffaqiyatli rivojlanishi faqat maktab va ota-onalar oʻrtasidagi hamkorlik orqali amalga oshishi mumkinligi qayd etildi.

🔶 IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Jarayon

🏢 Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 8-01, 8-02, 8-03- sinf o'quvchilari  ta'til davridagi vaqtlarini Cerebry platformasida matematika va tabiiy fan bo'yicha berilgan test savollarini yechish va bu orqali oʻz bilimlarini yana bir bor mustahkamlashga erishdilar.

👨‍🏫 O'qituvchi: B. Bekmurodov, J. Sadrjonov

🔶 IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
⚽️🏓 Sport va salomatlik - orzu umidlarimiz, kuch - qudratimiz manbaidir
O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari tomonidan 2019-yil 10-dekabrda tasdiqlangan "Umid nihollari" musobaqalarini o'tkazish tartibi toʻg'risida " gi nizom va MMT vazirligining 2024-yil 12-dekabrdagi
04-38-4187-sonli xati ijrosini taʼminlash maqsadida Shofirkon tumanida maktab oʻquvchilarining 7-8 sinf oʻquvchilari ishtirokida "Umid nihollari" musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada bizning o'quvchilarimiz ham faol ishtirok etshdi
7 - 8 sinf o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan yengil atletika musobaqalari sport turi bo'yicha 60 metr masafada yugurish bo'yicha 🥇- o'rin Boynazarova Gulrux
Yugurib kelib uzunlikka sakrash bo'yicha
🥇- o'rin Shavkatova Shaxlo
🥇- o'rin To'raqulov Shavkat
200 metr masofada sakrashda
🥈- o'rin Yo'ldoshev Sarvar
🥈- o'rin Usmonova Marjonalar egalladilar

🔶 IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Vatan_himoyachilari_kuni
#Balli_yigitlar_tanlovi

Har yili 14-yanvar kuni mamlakatimizda Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanadi. Ushbu kun munosabati bilan ko‘plab tadbirlar va tanlovlar o‘tkazilib, yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga qaratilgan faoliyatlar amalga oshiriladi. Shu jumladan, bu yil ham mazkur bayramga bag‘ishlab Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Balli yigitlar” tanlovi tashkil etildi.

Tanlovning asosiy maqsadi:

Yosh avlod o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish;

Yigitlarda mahorat, liderlik qobiliyatlari va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;

Vatanparvarlik, jasorat va shijoatni targ‘ib qilish.


Tanlov mobaynida yigitlarning jismoniy tayyorgarligi va chaqqonligi sinovdan o‘tkazildi.

🔶 IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Vatan_himoyachilari_kuni
#Balli_yigitlar_tanlovi

🏢Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Vatanparvarlik oyligi" doirasida bilan "14- yanvar - Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan "Balli yigitlar" koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi.Tadbir yurtimizning tinchligi va farovonligini taʼminlash yoʻlida xizmat qilayotgan barcha erkaklarga hurmat ifodasi sifatida tashkil etildi.
Tanlovda maktabning 9-10-11- sinflaridan iqtidorli va faol oʻquvchilar ishtirok etishdi. Musobaqa bir necha bosqichda oʻtkazilib, unda yigitlar o‘z bilimlari, iste’dodlari, sportdagi mahoratlaini namoyish etdilar.

Tadbir ishtirokchilari
Kamondan otish
Arqonga tirmashib chiqish
Meva archish
Tosh koʻtarish
Rasm chizish kabi shartlar asosida bellashishdi.

Tanlov natijalariga koʻra:

🥇1-oʻrin Hazratov Shohjahon
🥈 2-oʻrin Dilmurodov Azizjon
🥉3-oʻrin Baxtiyorov Bahodir

💥Boʻlgʻusi vatan himoyachilariga omadlar tilab qolamiz


Telegram|Facebook|Instagram
#SHOFIRKON_IM
#AL_XORAZMIY_OLIMPIADASI
#OLIMPIADA_MAKTAB_BOSQICHI


🏢Shofirkon tuman ixtisoslashgan maktabi 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika hamda science fanlaridan Al-Xorazmiy olimpiadasining maktab bosqichiga start berildi.

O‘quvchilarimizning barchalariga omad tilaymiz.

🔶 IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Vatanparvarlik_oyligi
#Ertalabki_saflanish

🏢 Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ertalabki saflanish davomida "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan 5-6-sinflar kesimida tashkil etilgan videoroliklar tanlovida faol ishtirok etgan oʻquvchilar taqdirlanishdi.

Jumladan:

💥1-oʻrin Ravshanov Raxmatjon
💥2-oʻrin Ziyodullayeva Nafosat
💥3-oʻrin Baxtiyorova Dilsoʻz

💫 Oʻquvchilarimizning oʻqishlarida omad tilab qolamiz.

🔶 IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Shofirkon_IM
#Hamkorlik
#Hisobot

Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Milliy gvardiya qoʻriqlash boʻlimi bilan hamkorlikda "Vatanparvarlik oyligi" doirasida tashkil etilgan sport musobaqasi hisoboti.

🔶 IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Fakultativ_mashgʻulotlari
#Shaxmat

🔰 Bugungi kunda ta’lim muassasalarida sportning intellektual turlari, jumladan, shaxmat bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirish va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ixtisoslashtirilgan maktablarda tashkil etilgan fakultativ mashg‘ulotlar bu borada o‘z samarasini bermoqda.

Shaxmat – bu nafaqat o‘yin, balki o‘quvchilarning strategik fikrlash, muammolarni hal etish va qaror qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantiruvchi muhim vositadir. Shu sababli, Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari ham fakultativ dars mashgʻulotlarida sportning shaxmat turi boʻyicha oʻz bilimlarini muntazam ravishda oshirib bormoqdalar.

🔶 IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram