Шофиркон ИМ -таьлим тараккиётига биз билан!
610 subscribers
8.89K photos
388 videos
63 files
1.49K links
Shafirkan specialized school under the Agency of Specialized Institutions

🔴 Murojaat uchun:
Rasmiy bot: @ShofIM_bot
https://www.facebook.com/groups/795922548205270/?ref=share
Download Telegram
#Shofirkon_IM
#Tantanali_saflanish

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tantanali saflanish tashkil etildi. Saflanishda fizika va matematika fanlaridan tashkil etilgan "Viloyat ochiq olimpiadasi" da faxrli I oʻrinni egallagan Maqsudov Mironshoh va II oʻrin sohibi Axtamov Islom tantanali ravishda taqdirlandi va bunday bilimli oʻquvchilarimizning yutuqlari bardavom boʻlishi, hamda zukko oʻquvchilarimiz safi yanada kengayishi taʼkidlab oʻtildi.
Shuningdek, Buxoro bolalar kutubxonasi tomonidan tashkillashtirilgan oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Badiiy asarlar bilimdoni" mavzusida oʻtkazilgan viktorinada faol ishtiroki uchun 8-03-sinf oʻquvchisi Isoyeva Raʼnobegim faxriy yorliq bilan taqdirlandi.


💫 Ilmga chanqoq yoshlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz.

🏢 Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
https://t.iss.one/shofpiima
#Shofirkon_IM
#Ochiq_dars

"Xalqaro azon qatlamini himoya qilish kuni".

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida16 - sentabr - "Xalqaro ozon qatlamini saqlash kuni" munosabati bilan geografiya fani oʻqituvchisi M. Sayfiddinova "Osmonni saqlang: O'zingizni himoya qiling - ozon qatlamini saqlang" shiori ostida ochiq dars tashkil etdi.

📚 Dars davomida mamlakatimizda atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu boradagi xalqaro hamkorlik yuksak samara berayotgani ta’kidlandi. Ozon qatlamining yemiirilish sabablari va uni tiklash choralari to’g’risida toʻxtalib, ozon qatlamining strukturasi, vazifasi, uni yemiruvchi omillar hamda hozirgi kunda tiklanishi mumkin bo’lgan choralar to’g’risida oʻquvchilarga batafsil ma’lumot berdi.

📒 Ochiq darsda oʻquvchilar faol ishtirok etishdi.

🏢 Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
https://t.iss.one/shofpiima
#Shofirkon_IM
#Besh_muhim_tashabbus
#Voleybol_musobaqasi

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Besh tashabbus" doirasida 9-01 - 9-02-sinf o'quvchilari o‘rtasida sportning "Voleybol" turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi.

🏆O'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida tashkil etilgan va yuqori darajada o‘tkazilgan musobaqa yakunida g‘olib jamoa diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktab
https://t.iss.one/shofpiima
#Shofirkon_IM
#Sport_musobaqasi
#3_kun

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shofirkon tuman Ixtisoslashtirilgan maktabida "Besh tashabbus olimpiadasi "doirasida  sport musobaqalarining 3-kuniga ham start berildi. Oʻquvchilar oʻrtasida boʻlib oʻtgan fudbol musobaqasi qizgʻin va murosasiz kechdi.


⚽️Musobaqa davomida o'quvchilar oʻzaro jamoa boʻlib ishlash, bir-birini hurmat qilish va tushunish ko'nikmalariga ega bo'lishdi. O'yinning qoida va shartlari oliy toifali jismoniy tarbiya oʻqituvchisi Jamolov Jasur tomonidan tushuntirib oʻtildi. 
 
⚽️Futbol musobaqasining uchinchi kunida 7-03  va 7-04 - sinf oʻquvchilari o'zaro bellashishdi.          Musobaqa natijalariga koʻra 7-03-sinf  oʻquvchilari gʻolib boʻldi.

⚡️ Musobaqaning keyingi bosqichida ishtirok etadigan oʻquvchilarimizga omad tilab qolamiz.


🏢 Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktab
https://t.iss.one/shofpiima