Шофиркон ИМ -таьлим тараккиётига биз билан!
645 subscribers
10K photos
432 videos
63 files
1.71K links
Shafirkan specialized school under the Agency of Specialized Institutions

🔴 Murojaat uchun:
Rasmiy bot: @ShofIM_bot
https://www.facebook.com/groups/795922548205270/?ref=share
Download Telegram
Суратдаги йигит Маҳмуджон Содиқов. Эндигина 24 ёшда бўлишига қарамай у Россиянинг Сбербанк, Huawei, SAS компанияларида сунъий интеллект ва Data science йўналишлари бўйича ишлаган.

21 ёшида унга Лондондаги компаниялардан биридан иш таклиф қилишган.

Маҳмуджон Сунъий интеллект бўйича Ўзбекистондаги энг зўр экспертлардан. Турли стартапларда ва компанияларда сунъий интеллект буйича Senior ML Engineer булиб ишлайди.

Ҳозирги пайтда Central Asian University'да тадқиқот бўйича декан ўринбосари, сунъий интеллект, статистика ва дискрет математика буйича профессор. Асосий иш жойи Американинг Aibohealth (USA) компаниясида.

Маҳмуджон билан гаплашсангиз олам-олам таасурот оласиз. У сингари ёшларни кўрсам келажакка умид уйғонади.

У билан жуда фойдали суҳбат қурдик. Суҳбатни тез кунда эътиборингизга ҳавола этамиз...
#Taqdirlash_marosimi

“Turon” maktab teatri tanlovi g’oliblari xorijga ta’lim sayohatiga borishadi!


🔴 Buxoro shahrining "Poyi Kalon" ansamblida “Turon” maktab teatri tanlovining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

✔️Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi va bu kabi tadbirlarning yoshlarning iqtidorini kashf etishdagi ahamiyati haqida so’z yuritdi.

Shundan so’ng, tanlovning yakuniy natijalari e’lon qilindi. Hakamlar hay’ati tomonidan qo’yilgan ballarga ko’ra:

🥇Navoiy viloyatining “Ibrat“ jamoasi 1-o’rin,

🥈Namangan viloyatining “Ibrat izdoshlari“ jamoasi 2-o’rin,

🥉Qoraqalpog’iston Respublikasining “Tan nuri“ jamoasi 3-o’rinni egalladi.

❗️G'olib jamoa xorijga ta'lim sayohatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Shuningdek, maktab jamoalari tanlov davomida namoyish etilgan sahna ko’rinishlari uchun “Eng yaxshi sahna spektakli”, “Eng yaxshi rejissorlik ishi”, “Eng kreativ jamoa” kabi nominatsiyalar bilan taqdirlanishdi.

⚡️Xususan, Qoraqalpog’iston Respublikasining “Tan nuri” jamoasi a’zosi Niyozbek Boynazarov “Eng yaxshi aktyor”, Xorazm viloyati “Yosh teatrchilar” jamoasi vakili Dinara Safayeva esa “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida g’olib deb topildi.

Barcha g’oliblarni chin dildan tabriklab, kelgusi ishlarida ham muvaffaqiyat tilaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin