Шофиркон ИМ -таьлим тараккиётига биз билан!
607 subscribers
8.9K photos
388 videos
63 files
1.5K links
Shafirkan specialized school under the Agency of Specialized Institutions

🔴 Murojaat uchun:
Rasmiy bot: @ShofIM_bot
https://www.facebook.com/groups/795922548205270/?ref=share
Download Telegram
Forwarded from FIRUZ
#Shafirkan_specialized_school
# "ZAKOVAT" TURNIRI DAVOM ETADI

Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 8-dekabr O'zbekiston Respubliikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan 8-11-sinf o'quvchilari o'rtasida "ZAKOVAT" intellektual turniri tashkil etildi.

❇️Ushbu "Zakovat" turnirida 12 ta jamoalar ishtirok etishdi. 2 turdan iborat bo'lgan o'yinda jami 20 ta savol o'ynaldi.

🔹 9-03 - sifning "Liderlar" jamoasi 1-o'rin🥇
🔸 9-01 - sinfning "The Best" jamoasi 2-o'rin🥈
🔹 8-02 - sinfning "Renessans" jamoasi 3-o'rinni qo'lga kiritishdi🥉

🔰G'olib bo'lgan jamoalar maktab ma'muriyati tomonidan taqdirlanishdi.

📲Bizni kuzatishda davom eting.

IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari👇👇👇

Facebook / Instagram |Youtube|Telegram
Forwarded from Shofirkon.uz 🇺🇿
DIQQAT, E‘LON!

Qadrli tumandoshlar!

Joriy yilning 7-dekabr sanasida soat 11:00 da O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi, Qishloq xo'jaligi xodimlari kuni hamda tumanda "Hosil bayrami" munosabati bilan tumanning "Markaziy o'yingohi"da bayram tadbiri bo'lib o'tadi.

Tadbir mehmoni : ''O'zbek estrada xonandasi, bastakor''
Xamdam Sobirov.

Barchangizni mazkur tantanalarga taklif etamiz.

✍️Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati
Forwarded from Admire
#Shafirkan_specialized_school
#Our_proud
#GRE

🎉Jamoamizda yana bir Xalqaro sertifikat ko'paydi!!!

🔰Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi yuqori salohiyatli matematika fani o'qituvchisi Sharopova Hamida butun dunyo boʻylab oliy taʼlim muassasalari tomonidan magistratura va PhD dasturlariga oʻqishga kirish imkonini beradigan Xalqaro GRE (GRADUATE RECORD EXAMINATION)sertifikatini yuqori natija bilan qo'lga kiritdi.

🎗O'qituvchimizning kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab,tez orada o'quvchilaridan ham shunday natijalar kutib qolamiz!

IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari
👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
Forwarded from FIRUZ
#Shafirkan_specialized_school
# MOTIVATION TIME

Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 5-11-sinflardan olimpiada guruhi uchun saralab olingan o'quvchilarga maktab direktori D.Axmedova ko'rsatmalar berdilar. Bunda bo'lib o'tgan olimpiada natijalaridan xulosa qilib,yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yo'llari haqida suhbat olib bordilar.

O'quvchilar ushbu davra suhbatidan o'zlariga kerak bo'lgan energiyani olishdi va yaqinda bo'lib o'tadigan Agentlik olimpiadasida yuqori o'rinlarni olish uchun yanada shijoat bilan kirishishdi.

📲Bizni kuzatishda davom eting.

IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari👇👇👇

Facebook / Instagram |Youtube|Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiyamizning_31_yilligi

Yangi O'zbekiston qomusidir bu!

Azal-azaldan el, millatlar yashar,
Tinchlik,  totuvlikni tilaydi bashar.
O'z qadrini anglar keksa-yu yoshlar,
Sen chun dorilamon kunlar yarashar,
Yangi O'zbekiston qomusidir bu!

Ko'p suronlar ko'rdi bu ko'hna Turon,
Adl toptaldi, haqlar qilindi  yakson.
Inson ermak bo'ldi - solindi zindon,
Mana oftob chiqdi, ekildi rayhon,
Yangi O'zbekiston qomusidir bu!

Erkinlik, odillik, qadriyat va sha'n,
Shaxs uchun eng buyuk bu ozod Vatan!
Teng huquqli xalq yashar bir jon- u bir tan,
Aziz go'dak bolam, mo'ysafid otam,
Yangi O'zbekiston qomusidir bu!

Ustoz qadri yuksak - mehri ummon bu,
Yoshlar boshin silagan   saxiy Komron bu.
Ota- ulug', onalar - mushfiq makon bu,
Yangi imkon bergan davr- u davron bu,
Yangi O'zbekiston qomusidir bu!

Navbahor Karomova
Buxoro shahridagi Prezident maktabi o'qituvchisi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
O'zbekiston_Respublikasi_Prezidenti_va_nomli_davlat_stipendiyalari.pdf
3.9 MB
2023/2024-oʻquv yili uchun Prezident stipendiyasi, shuningdek, Navoiy, Beruniy, Ulugʼbek, Ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Bobur, Pahlavon Mahmud, Toʼlepbergen Qaipbergenov, Ibroyim Yusupov va Islom Karimov nomli davlat stipendiyalarining gʼoliblari eʼlon qilindi.

Nomdor stipendiya sohibi boʻlish, yoshlarimizga nafaqat yutuq balki kelgusi mas'uliyatni ham olib keladi. ijtimoiy tarmoqlarda kechadan beri ko'p talabalar quvonchli postlar joylashmoqda. Ushbu yutuq bilan avvalo shu talabalarning ota-onalarini chin dildan tabriklayman!

@alisher_sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, inson huquq va erkinliklarining qonuniy kafolati bo‘lgan, biz uchun ozod va obod hayot qurish yo‘lini ochib bergan Konstitutsiyamiz bilan har qancha faxrlansak, g‘ururlansak arziydi.

Asosiy qonunimiz – millati, tili va dinidan qat’i nazar, yurtimizda yashayotgan har bir inson tengligini kafolatlab, tinchlik va zamonaviy demokratik taraqqiyotning asosiy garovi bo‘lib kelmoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan barcha O‘zbekiston ahlini samimiy tabriklaydi!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📣📣📣📣📣

📣Onlayn olimpiadalar davom etadi!

⚡️ Joriy yilning 15-26—DEKABR kunlari 📗Matematika, 📘Fizika, 📔Kimyo, 📕Biologiya, 📗Ingliz tili va 📘Ona tili va adabiyot fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.

🗣 Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

❗️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from FIRUZ
#Shafirkan_specialized_school
# Mening Konstitutsiyam 31 yoshda!

O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligi fan olimpiadalarini o'tkazish va iqtidorli o'quvchilarni saralash boshqarmasi tomonidan o'tkazilgan "Konstitutsiya-bosh qomusimiz" olimpidasida maktabimiz o'quvchilari faol ishtirok etib SERTIFIKAT larga ega bo'lishdi.

📲Bizni kuzatishda davom eting.

IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari👇👇👇

Facebook / Instagram |Youtube|Telegram