Шофиркон ИМ -таьлим тараккиётига биз билан!
618 subscribers
8.59K photos
361 videos
63 files
1.44K links
Shafirkan specialized school under the Agency of Specialized Institutions

🔴 Murojaat uchun:
Rasmiy bot: @ShofIM_bot
https://www.facebook.com/groups/795922548205270/?ref=share
Download Telegram
3-mavsum yo'nalishlari:

1. MEDIA
2. TA'LIM

Navbatdagi mavsum ushbu ikkita yo'nalish bo'yicha bo'lib o'tadi 🔥
Bizni kuzatishda davom eting, muhim e'lonlarni o'tkazib yubormang!

🛑Ushbu mavsumda maktabimizdan navbatdagi ishtirok etadigan o'quvchilarni kutib oling.

1.Zamira Baratova
2.Kamola Jòrayeva
3.Shohjahon Murodov
4.Javohir Yuldashev
5.Nursulton O'ktamov

LIDERLAR OLG'A BIZ SIZ BILAN👏👏👏👏👏
Forwarded from SHOFIRKON TV
⚡️Бугун, 24 июль Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев таваллуд топган кун

Давлатимиз раҳбари 66 ёшни қаршиламоқда

📌 @SHOFIRKONTV
🖊 Ихтисослаштирилган мактабларга жорий ўқув йилида қабул ва имтиҳон жараёнлари

АОКАда Ихтисослаштирилган таълим муассасалари агентлиги директори ва мутасаддилари иштирокида шу мавзуда матбуот анжумани бошланди.

Қуйидаги ҳавола орқали
тўғридан-тўғри томоша қилишингиз мумкин:

📹 Жонли эфир

〰️〰️〰️〰️
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2023
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔔 Hurmatli ota-onalar!

⚡️ Kirish imtihonlarida sizdan bir nechta tartib-qoidalarga amal qilish so‘raladi.

🗣 Jumladan:

Kirish imtihoni o‘tkaziladigan belgilangan manzilga farzandingiz bilan birga kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz;

Imtihonlar o‘tkazilayotgan vaqtdagi issiq ob-havoni hisobga olgan holda kiyintirishingiz;

Imtihonga kelishdan oldin farzandingizning ovqatlanishiga ham e'tibor qaratishingiz kerak (turli yog‘li va imtihon jarayonida o‘quvchini behuzur qiladigan taomlar iste'mol qilmaslik tavsiya etiladi).

Mazkur tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon jarayonida o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, imtihon jarayonida yordam berishni va’da qilayotganlarning hech biriga ishonmang, aldanib qolmang.

📚 Farzandingizning bilimigina uning natijasiga asos bo‘ladi!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2023
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

  AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIGA KIRISH IMTIHONLARI 1-SMENASI YAKUNLANDI

Mazkur bosqichda talabgorlar 90 daqiqa vaqt davomida berilgan topshiriqlarni bajarishdi.

📌Eslatib o‘tamiz, bugun soat 12:00 da 2-smena imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_natijalari
#birinchi_bosqich
#Prezident_maktablari

📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

✔️ Joriy yilning 15-iyul kuni o‘tkazilgan 1-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi.

❗️Imtihon natijalarini quyidagicha  aniqlashingiz mumkin:

portal.piima.uz saytining "Qabul 2023" bo'limi "Natijalar" oynasidan "Prezident maktabi natijalari" bo'limida ID raqamingizni kiritish orqali https://portal.piima.uz/page/ps1

Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali:
https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-pre-selection-results-July-2023/

Talabgorning ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga ID raqamini kiritish orqali.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Dilafro'z Akhmedova
#hikmat

Taʼlim, ilm olish uchun sarflangan pullarga hech qachon xafa bo‘lib siqilma. Taʼlimga sarflangan har bir senting senga vaqti kelib 3000 barobardan ko‘proq bo‘lib qaytadi.

©️ Jim Ron

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring👇🏻
telegram | facebook | youtube
​​Ўзбекистонлик ўқувчилар 90 га яқин давлат қатнашган Халқаро кимё олимпиадасида 2 та олтин, 1 та кумуш ва бронза медалларини қўлга киритишди

90 га яқин давлатдан қарийб 350 нафар ўқувчи иштирок этган Халқаро кимё олимпиадасида:

🥇Азизбек Назаров (Абу Али ибн Сино номидаги ихтисослаштирилган мактаб ўқувчиси) олтин медал;

🥇Абдуллоҳ Маҳмудов (Учтепа туманидаги 81-мактабнинг 10-синф ўқувчиси) олтин медал;

🥈Шаҳзода Ҳакимова
(Абу Али ибн Сино номидаги ихтисослаштирилган мактабнинг 11-синф ўқувчиси) кумуш медал;

🥉Соҳибжон Дилмуродов (Тошкент шаҳридаги Президент мактабининг 10-синф ўқувчиси) бронза медалларини қўлга киритишди.

Халқаро олимпиадада ғолибликни қўлга киритган ўқувчи ва уларнинг устозлари қуйидагича тақдирланади:

🥇олтин медаль учун — ўқувчиларга БҲМнинг 500 баравари (165 млн сўм), устозига 450 баравари (148,5 млн сўм);

🥈кумуш медаль учун — ўқувчига БҲМнинг 300 баравар миқдори (99 млн сўм), устозига 250 баравар (82,5 млн сўм);

🥉бронза медаль учун — ўқувчига БҲМнинг 200 баравар миқдори (66 млн сўм), ўқитувчисига — БҲМнинг 150 баравари (49,5 млн сўм) пул мукофотлари билан тақдирланади.

Бундан ташқари, Халқаро олимпиада ғолиблари ОТМларга имтиёз билан грант асосида ўқишга қабул қилиниб, кейинчалик таълим муассасаларида ўқитувчи бўлиб фаолият юритадиган тақдирда лавозим маошига 150 фоиз ҳар ойлик устама олади.

👉https://t.iss.one/xalqtaliminfo
Хурматли Ота -оналар! Шофиркон ихтисослаштирилган мактабига укишга кириш учун хужжат топширган фарзандингизнинг рухсатномасини ariza.piima.uz сайтидан юклаб олинг.
28,29,30 июл кунлари собик Бухоро шахар Давлат тест марказида имтихон жараёнлари булиб утади. Имтихонга рухсатномани курган холда киритилади. Эьтиборли булинглар!
Барчага омад ва зафарлар хамрох булсин!
❗️ESLATMA

Birinchi bosqich
natijasiga ko‘ra, bir xil ball to‘plagan talabgorlar soni belgilangan qabul kvotasidan ortib ketgan taqdirda talabgorga quyidagicha tartibda ustunlik beriladi, ya'ni:

C toifadagi
savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
B toifadagi savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
A toifadagi savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
Tug‘ilgan sanasi bo‘yicha (yoshroq nomzod tanlanadi).

Nomzodlar barcha toifadagi savollar bo‘yicha teng ball to‘plagan taqdirda, nomzodlar tug‘ilgan sanasi bo‘yicha saralanadi, bunda yoshroq nomzodga ustunlik beriladi.

➡️ Agarda bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, qabul komissiyasi va ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan xorijiy tashkilot tomonidan qo‘shimcha topshiriqlar beriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Forwarded from Xushnudbek.uz
Prezident maktablarida joriy yilda bitta to‘g‘ri javobga necha ball berildi?

Cambridge Assessment kompaniyasi Prizident maktablari uchun imtihonlarni olishidan xabaringiz bor. Kecha 1-bosqich test savollari javobi eʼlon qilindi.

Eng avvalo bir narsani tushunish kerakki, test javoblarini Cambridge Assessment o‘zi hisoblaydi, o‘zi tekshiradi, bu jarayonga O‘zbekistondan hech kim aralasha olmaydi. Bunda sizu biz o‘rganib qolgan DTM testidagi kabi 3,1 yoki 2,1 ball bilan osongina javoblar chiqmaydi.

Bu yerda eng avvalo har bir savolning qiyinlik darajasi aniqlab olinadi. Yaʼni bitta savol 10 mingta o‘quvchiga berilsa, shundan nechta o‘quvchi to‘g‘ri va nechta o‘quvchi noto‘g‘ri javob berganiga qarab savolning qiyinlik darajasi aniqlanadi. Foiz chiqarilayotganda ham shunga qarab ball beriladi.

Jadvalga eʼtiborga bersangiz, ochiq maʼlumotlar asosida 2023-yilgi Prezident maktablari 1-bosqich testida nechta to‘g‘ri javobga necha ball berilganini hisoblab chiqdim.

Bunda muhim joyi smenalarda ballar bir-biridan biroz farq qiladi, chunki har bir smenada bir-birini takrorlamaydigan (!) savollar tushgan. Shuning uchun ham bitta smenadagi o‘quvchi boshqa smenadagi o‘quvchining natijasini aynan takrorlay olmaydi.

Masalan, 1-smenadagi 1-savolga 7 ming o‘quvchi to‘g‘ri javob bergan, 2-smena 1-savolga esa 6 ming 500 o‘quvchi to‘g‘ri javob bergan va h.k.

Xullas, yuqoridagi jadvalga qarab farzandingiz qaysi blokdagi savollarning nechtasiga to‘g‘ri javob berganini bilib olishingiz mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from GETTUTOR
Buyuk Britaniyada 11 yoshli Adrian Li aqliy qobiliyat darajasi (IQ)ni belgilab beruvchi testda Hoking va Eynshteynni ortda qoldirib, eng yuqori natijani qayd etdi.

Bola ikki yoshidan kitoblar o‘qishni boshlagan, hozirda Qadimgi Rim haqida roman yozmoqda. Qoyilmisiz?

https://t.iss.one/+Tp7t0JybnNUxM2Iy
Forwarded from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#imtihon_2023

📣DIQQAT, E’LON 📣

📆 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida imtihonlar 28-29-30-iyul kuni 3 smenada 8:00, 12:00 va 17:00 da SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.

📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali yuborildi.

📝 Imtihon bosqichlari quyidagicha:

Aniq fanlar yo‘nalishi uchun:
– matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

Tabiiy fanlar yo‘nalishi uchun:
– tabiiy (science) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida)
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

🗣Ma’lumot uchun, Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.

🌐
Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Rasman: Maktabda oʻqib turib, universitetda ham oʻqisa boʻladi

O'zbekistondagi Buyuk Britaniya bilan hamkorlik qiluvchi Xalqaro universitetda ta'lim olish imkoniyati endilikda maktab oʻquvchilarida ham mavjud.

📥Hujjatlar 29-iyulga qadar onlayn tarzda internet manzil orqali qabul qilinadi.

IT sohasida professional mutaxassis bo'lishni istagan abituriyentlar va maktabning 11-sinf o'quvchilari uchun PDP University'da qabul davom etmoqda.

🗓 Imtihon Mantiq va Matematika fanidan 30-iyul kuni boʻlib oʻtadi.

Imtihondan yuqori ball olgan abituriyentlar 10 mln so'mlik vaucher bilan taqdirlanadi!

❗️Savollar tugʻilsa quyidagi raqamga bogʻlaning:
+998787777747

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.iss.one/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.iss.one/+uvviIr74utA1MGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#imtihon_2023

📣DIQQAT, E’LON 📣

📆 Yangi ochiladigan 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari 28-29-30-iyul kuni 3 smenada 8:00, 12:00 va 17:00da SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.

📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali yuborildi.

🏢 Yangi ochiladigan 13 ta Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida imtihon bosqichlari quyidagicha:

Aniq fanlar yo‘nalishi uchun
5-,6-sinflar:
– matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida);
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)
.
8-,9-,10-,11-sinflar:
– algebra fanidan 12 ta topshiriq (test shaklida);
– geometriya fanidan 8 ta topshiriq (test shaklida);
– fizika fanidan 10 ta topshiriq (test shaklida);
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)
.

Tabiiy fanlar yo‘nalishi uchun
7-sinflar:
– tabiiy (science) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida);
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)
.
8-,9-,10-,11-sinflar:
– kimyo fanidan 20 ta topshiriq (test shaklida);
– biologiya fanidan 10 ta topshiriq (test shaklida);
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)
.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM