Шофиркон ИМ -таьлим тараккиётига биз билан!
727 subscribers
10.3K photos
437 videos
63 files
1.76K links
Shafirkan specialized school under the Agency of Specialized Institutions

🔴 Murojaat uchun:
Rasmiy bot: @ShofIM_bot
https://www.facebook.com/groups/795922548205270/?ref=share
Download Telegram
#Биласизми

❗️ОТМларга ўқишга киришда
кимлар имтиёзга эга?

Қуйидаги абитуриентлар
олий таълим муассасаларига ўқишга киришда имтиёзга эга:

🔹 Қуролли Кучлар ҳарбий хизматчиларининг фарзандлари;

🔹 Халқаро ва республика олимпиадалари, танловлар ва мусобақалар ғолиблари бўлган битирувчилар;

🔹 Зулфия номидаги Давлат мукофоти лауреатлари;

🔹 “Мард ўғлон” давлат мукофоти соҳиблари;

🔹 “Йилнинг энг яхши тарбиячиси” республика танлови ғолиблари;

🔹 Тиббиёт муассасалари ҳамшираларининг “Ҳамшира” республика танлови ғолиблари;

🔹 “Ниҳол” мукофоти совриндорлари;

🔹 Ўзбекистон ёшлар иттифоқи республика комиссияси берган тавсиянома совриндорлари (педагогика йўналишларига);

🔹 Қуролли Кучлар сафида ҳарбий хизматни ўтаб, ҳарбий тавсияномага эга бўлганлар;

🔹 Чет тилини билиш даражаси тўғрисида давлат намунасидаги В2 ва ундан юқори даражадаги сертификатга эга абитуриентлар;

🔹 Ҳарбий қисм қўмондонлиги ва Ёшлар иттифоқи бошланғич ташкилоти тавсияномасига эга бўлганлар;

🔹 Исҳоқхон Ибрат номидаги хорижий тилларга ихтисослаштирилган мактаб-интернатнинг бутун ўқиш даврини аъло баҳоларга ўқиган битирувчилари;

🔹Мутахассислиги бўйича 5 йил иш стажига эга хотин-қизлар;

🔹Эҳтиёжманд оилалардаги хотин-қизлар;

🔹Ички ишлар органларида 3 йилдан ортиқ иш стажига эга профилактика (катта) инспекторлари;

🔹Иқтисодиёт тармоқларида камида 5 йил иш стажига эга фуқаролар;

🔹Тошкент давлат юридик университети қошидаги академик лицейнинг битирувчилари.

@yoshlar_kelajagimiz_buxoro
Yangi O‘zbekiston” universiteti keng qamrovli grantlar e'lon qiladi!

⬆️ Universitetda 2023/2024 o‘quv yili uchun eng kamida 174 ta bir yillik tabaqalashtirilgan grant joyi taqdim etiladi. Ushbu grantlar soni talabgorlar bir xil bal to'plaganda oshadi.

🌐 Tabaqalashtirilgan grant miqdorlari talabaning o'zlashtirish ko'rsatkichiga asosan ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi bosqichda tahsil olayotganida saqlanib qolinishi, ko'payishi yoki kamayishi mumkin.

💥 Bundan tashqari quyidagi talabalar 4 yil davomida davlat granti asosida tahsil olishlari mumkin:
🔹Xalqaro olimpiada g‘oliblari (olimpiadalar ro'yxati)
🔹Ijtimoiy himoya yagona reestriga kirgan oila a’zolari
🔹Prezident maktabi bitiruvchilar
🔹Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablardan eng yuqori ball asosida qabul qilingan 5% talabgorlar.

🔁 English

#qabul_2023 #admission_2023 #grantlar

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#imtihon_2023
#tayyorgarlik

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev Samarqand va Jizzax shahridagi Prezident maktabining kirish imtihonlariga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi.

Hozirda Respublika bo‘yicha Prezident maktablari imtihonlarini tashkil etish va yuqori saviyada o‘tkazish uchun 32 ta bino tayyor holatga keltirilgan.

Ma'lumot uchun, Prezident maktablarining birinchi bosqich imtihonlari joriy yilning 15-iyul kuni 3 smenada bo‘lib o‘tadi.

📌 Bunda talabgorlar 1 soat vaqt davomida 30 ta test topshiriqlarini bajarishi lozim.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2023
#prezident_maktablari

❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

📆 Prezident maktablari imtihonlarining birinchi bosqichi 15-iyul kuni boshlanishini ma’lum qilamiz.

🗣Imtihonlar 3 smenada – 08:00, 12:00 va 17:00 da bo‘lib o‘tadi.

📁 Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlar talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma tarzida yuborildi.

Talabgorlar imtihon boshlanishidan 1 yarim soat oldin tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.

📝 Ma’lumot uchun, Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichida Matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida) beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023
#prezident_maktablari

✔️Prezident maktablariga kirish imtihonlarini topshiruvchi nomzodlar uchun javob varaqasining namunasi taqdim etilmoqda.

#namuna

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#imtihon_2023
#prezident_maktabi

❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR UCHUN ESLATMA!

📌 Imtihonga kirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

shaxsni tasdiqlovchi hujjat – tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomaning asl nusxasi;
https://ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnoma;

Quyidagi hollarda talabgor imtihonga kiritilmaydi:

tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma va https://ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnomasiz kelgan talabgorlar;
imtihon boshlanishi belgilangan vaqtdan kechikib kelgan talabgorlar;

✔️ Talabgor imtihonga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan 1 yarim soat oldin kelishi shart.

❗️Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi O‘zbekiston” universiteti keng qamrovli grantlar e'lon qiladi!

⬆️ Universitetda 2023/2024 o‘quv yili uchun eng kamida 174 ta bir yillik tabaqalashtirilgan grant joyi taqdim etiladi. Ushbu grantlar soni talabgorlar bir xil bal to'plaganda oshadi.

🌐 Tabaqalashtirilgan grant miqdorlari talabaning o'zlashtirish ko'rsatkichiga asosan ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi bosqichda tahsil olayotganida saqlanib qolinishi, ko'payishi yoki kamayishi mumkin.

💥 Bundan tashqari quyidagi talabalar 4 yil davomida davlat granti asosida tahsil olishlari mumkin:
🔹Xalqaro olimpiada g‘oliblari (olimpiadalar ro'yxati)
🔹Ijtimoiy himoya yagona reestriga kirgan oila a’zolari
🔹Prezident maktabi bitiruvchilar
🔹Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablardan eng yuqori ball asosida qabul qilingan 5% talabgorlar.

🔁 English

#qabul_2023 #admission_2023 #grantlar

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Forwarded from Alisher Sadullaev
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlariga murojaat qildi:

“Aziz o‘g‘il-qizlarim, bugun tarixning o‘zi, zamonning o‘zi sizlarning oldingizda beqiyos imkoniyatlar ochmoqda.

El-yurt koriga avvalo kim yaraydi? Albatta, sizlar! Yangi O‘zbekistonni, Uchinchi Renessansni kim barpo etadi? Albatta, sizlar! Yurtimiz, xalqimizni kelajakda kim rozi qiladi? Albatta, sizlar!

Xalqimiz, Vatanimiz sizlarga ishonadi.

Sizlar O‘zbekiston tarixiga oltin harflar bilan yoziladigan buyuk ishlarni amalga oshirishga qodirsiz.

Yoshlik – g‘animat, vaqt – g‘animat, fursat borida otni qamchilang! Davlatimiz, xalqimiz yaratib berayotgan imkoniyatlarning qadriga yeting! Dunyoga o‘z so‘zingizni ayting!

Izlanish va intilishdan aslo to‘xtamang! Baxt va omad doimo sizlarga yor bo‘lsin!”

@alisher_sadullaev
#imtihon_2023
#prezident_maktablari

🔔 Hurmatli ota-onalar!

⚡️ Prezident maktablarining kirish imtihonlarida sizdan bir nechta tartib-qoidalarga amal qilish so‘raladi.

🗣 Jumladan:

Kirish imtihoni o‘tkaziladigan belgilangan manzilga farzandingiz bilan birga kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz so‘raladi.

Imtihonlar o‘tkazilayotgan vaqtdagi issiq ob-havoni hisobga olgan holda kiyintirishingiz lozim.

Imtihonga kelishdan oldin farzandingizning ovqatlanishiga ham e'tibor qaratishingiz so‘raladi (turli yog‘li va imtihon jarayonida o‘quvchini behuzur qiladigan taomlar iste'mol qilmaslik tavsiya etiladi).

Mazkur tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon jarayonida o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, imtihon jarayonida yordam berishni va’da qilayotganlarning hech biriga ishonmang, aldanib qolmang.

📚 Farzandingizning bilimigina uning natijasiga asos bo‘ladi!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_manzillari
#imtihon_2023
#prezident_maktablari

❗️MUHIM ESLATMA

📆 Ertaga, 15-iyul kuni – Prezident maktablari kirish imtihonlarining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi!

🌐 Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati Agentligimizning rasmiy saytiga joylashtirildi.

📶 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin:

📍MANZILLAR RO‘YXATI

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tilidan ijodiy imtihon sanalari e’lon qilindi

📆 2023-yil 17-23-iyul kunlari barcha hududlarda 8 ta OTMning tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladi.

Imtihon 2 bosqichda tashkil etilib:

1️⃣-bosqichda gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni — 17-20-iyul kunlari kompyuterda;

2️⃣-bosqichda tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini baholash imtihoni — 21-23-iyul kunlari qog‘oz shaklda bo‘lib o‘tadi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va abituriyent ruxsatnomasini yuklab olishlari mumkin.

📌 Abituriyentlar imtihon o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Chet-tili-07-13

❗️ Izoh: chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga ruxsatnoma shakllantirilmaydi. Ularga chet tilidan maksimal ball beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#prezident_maktabi
#test_2023
#Diyor_Yangiliklari

🔴LIVE

⚡️  Ayni daqiqalarda Buxoro shahridagi Prezident
maktabiga kirish imtihonlari jarayonidan videolavha.

🛑Buxoro MTRK.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook |Instagram  |Youtube |Telegram
#fakt
#imtihon_2023

❗️Prezident maktablarining imtihon savollari xalqaro tashkilot tomonidan tuziladi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va Cambridge Assessment International Education xalqaro tashkiloti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi tuzilgan.

Unga binoan Prezident maktablariga qabul imtihonlari savollari to‘liq mazkur tashkilot tomonidan O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida qo‘llaniladigan o‘quv dasturlari asosida tayyorlanadi hamda aynan shu tashkilot tomonidan imtihon natijalari baholanib, tashkilotning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Ta'lim nazorati
Abituriyentlar diqqatiga!

📆 2023-yil 20-iyul — OTMlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni bo‘lib, mazkur jarayon 20-iyul kuni 23:59 da to‘liq yakunlanadi.

👨🏻‍💻
Oldingi yillardan ma’lumki, qabulning so‘nggi kunlarida ro‘yxatdan o‘tuvchi abituriyentlar soni keskin ortadi va abituriyentlar shoshilib ro‘yxatdan o‘tishni boshlaydi.

Hurmatli abituriyentlar!

❗️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun qabulning so‘nggi kunlarini kutmang. Imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting. Yaqinlaringiz bilan maslahatlashib, tezroq bir qarorga keling.

Ro‘yxatdan o‘tishda tanlov ustuvorligi, maqsadli qabul, ta’lim shakli, ta’lim tili, yo‘nalishlar ketma-ketligi, chet tili va test topshirish hududini tanlashda e’tiborli bo‘ling.

🖥 20-iyul kuni 23:59 ga qadar barcha ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Lekin qabul yakunlangandan so‘ng tanlovingizni o‘zgartira olmaysiz.

Shu sababli qabulning so‘nggi kunlarini kutmasdan ertaroq ro‘yxatdan o‘tishni, tanlov qilishda e’tiborli bo‘lishni va ma’lumotlaringizni sinchiklab tekshirib olishni tavsiya qilamiz.

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

📹 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: https://t.iss.one/uztdi/6937

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘quvchilari g‘olib chiqqanda o‘qituvchi va maktab direktori rag‘batlantiriladigan xalqaro olipmidalar ro‘yxati

Hukumatning 831-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining "Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida"gi 2019 yil 30 sentyabrdagi 823-son qaroriga qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qarorga muvofiq, o‘quvchilari quyidagi olimpiadalarda oltin, kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilar va maktab direktorlariga navbatdagi o‘quv yili uchun tegishlicha 200, 175 va 150 foizlik ustama to‘lanadi:

Xalqaro matematika olimpiadasi
— International Mathematical Olympiad (https://www.imo-official.org);
Xalqaro fizika olimpiadasi — International Physics Olympiad (https://ipho-unofficial.org/);
Xalqaro kimyo olimpiadasi — International Chemistry Olympiad (https://www.icho2021.org/);
Xalqaro biologiya olimpiadasi — International Biology Olympiad (https://www.ibo-info.org/en/);
Xalqaro informatika olimpiadasi — International Olympiad in Informatics (https://ioinformatics.org/).

Qayd etish lozim, Prezidentning 2019 yil 3 mayda imzolangan “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, yuqorida nomi keltirilgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari va ularning o‘qituvchilari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanishi belgilangan:

1-o‘rin (oltin medal') uchun — 500, o‘qituvchisiga — 450 baravari;
2-o‘rin (kumush medal') uchun — 300, o‘qituvchisiga — 250 baravari;
3-o‘rin (bronza medal') uchun — 200, o‘qituvchisiga — 150 baravari;

Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan 2020 yil 6 noyabr' kuni imzolangan “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan, yuqorida nomi keltirilgan xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlarini tayyorlagan maktab o‘qituvchilariga — oliy, akademik lisey va kasb-hunar maktablarining o‘qituvchilariga — bosh o‘qituvchi malaka toifasi berilishi belgilangan.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿