Шофиркон ИМ -таьлим тараккиётига биз билан!
610 subscribers
9.68K photos
420 videos
63 files
1.63K links
Shafirkan specialized school under the Agency of Specialized Institutions

🔴 Murojaat uchun:
Rasmiy bot: @ShofIM_bot
https://www.facebook.com/groups/795922548205270/?ref=share
Download Telegram
#Shofirkon_IM
#Alisher_Navoiy_tavalludining_584_yilligi

Shofirkon tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan keng qamrovli tadbirlar tashkil etilmoqda. Bu tadbirlar Navoiy merosini o‘rganish va yosh avlodga yetkazishga qaratilgan.
Tadbirda oʻquvchilar tomonidan Navoiy g‘azallari va ruboiylari o‘qilib, uning asarlaridan sahna ko‘rinishlari namoyish etilmoqda.
Ushbu tadbirlar orqali maktab jamoasi Alisher Navoiy merosini chuqur o‘rganish va yosh avlodga yetkazishga intilmoqda. Bu esa o‘quvchilarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirishga va ularning ma’naviy kamolotiga xizmat qiladi.

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro viloyati Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-04-sinf oʻquvchisi Muzaffarova Eʼzozaning shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bagʻishlab tayyorlagan videoroligi
#Shafirkan_specialized_school
#Psychology
#Training

🔰Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi psixologi Umida Sadriddinova tomonidan 10-sinf o'quvchilari bilan "Qadriyatlar-qadrimiz" mavzusida trening mashgʻuloti oʼtkazildi.
❇️ Maqsad:O'quvchilar o'rtasida psixologik resurslarni vujudga keltirish,oilaviy qadriyatlarni hurmat qilish,ruhiy motivatsiya berish va yuzaga kelayotgan tashqi va ichki zoʻriqishlarni oldini olish.
❇️ Trening davomida
     1. "Sen bilan koʻrishmoqchiman"
     2. "Mening kayfiyatim"
     3. "Oila qadriyatlari daraxti" metodika va mashgʻulotlaridan foydalanildi.
❇️  Trening o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otib, ularga pozitiv kayfiyat bag'ishladi.

ITMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari
👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Tadbir

2025-yil 9-fevral kuni Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir tuman Madaniyat uyi xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etilib, unda maktab ustozlari va o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida Navoiy ijodiy merosi, uning o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida so‘z yuritildi. O‘quvchilar tomonidan buyuk shoirning g‘azallari va ruboiylari o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Shuningdek, tadbir davomida san’atkorlar tomonidan Navoiy g‘azallari asosida kuylangan qo‘shiqlar ijro etildi.
Mazkur tadbir buyuk shoir ijodiga bo‘lgan hurmat va ehtirom ifodasi sifatida o‘tkazilib, yoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram