Шофиркон ИМ -таьлим тараккиётига биз билан!
731 subscribers
10.3K photos
437 videos
63 files
1.75K links
Shafirkan specialized school under the Agency of Specialized Institutions

🔴 Murojaat uchun:
Rasmiy bot: @ShofIM_bot
https://www.facebook.com/groups/795922548205270/?ref=share
Download Telegram
#Shofirkon_IM
#Vatanparvarlik_oyligi

Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan "Vatanparvarlik oyligi" doirasida oʻquvchilar oʻrtasida rasmlar tanlovi tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlod qalbida Vatanga boʻlgan muhabbatni yanada kuchaytirish, ularda ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va harbiy-vatanparvarlik ruhini oshirishdan iborat.

Tanlovda maktabning turli yoshdagi oʻquvchilari faol ishtirok etib, "Vatan himoyachilari" mavzusiga oid oʻz tasavvurlarini yorqin ranglarda ifodaladilar. Ularning ijodiy ishlari Vatan himoyachilarining jasorati, mardligi va Vatan tinchligi uchun qilgan xizmatlarini ulugʻlovchi asarlar sifatida namoyish etildi.

Ushbu rasmlar tanlovi oʻquvchilarning ijodkorlik salohiyatini oshirishga, shuningdek, ularning Vatanga boʻlgan mehrini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

🔶 IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Umid_nihollari

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yoshlar o'rtasida o'tkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi 2018-yil 25-oktabrdagi 864-son qarori hamda
O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari tomonidan 2019-yil 10-dekabrda
tasdiqlangan "Umid nihollari" musobaqalarini o'tkazish tartibi toʻg'risidagi
nizomi" va Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2024-yil 12-dekabrdagi
04-38-4187-sonli xati ijrosini taʼminlash maqsadida Shofirkon tumanida maktab oʻquvchilarining 5-6-sinf oʻquvchilari ishtirokida "Umid nihollari" musobaqasi tashkil etildi. Ushbu musobaqada Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari ham yengil atletika sport turi boʻyicha faol ishtirok etib,
200metr masofaga yugurish bahslarida
🏆 2-oʻrinni Ibodullayev Behruz
Uzunlikka sakrash bahslarida
🏆3-oʻrinni Ravshanov Rahmat
Uzunlikka sakrash bahslarida
🏆3-oʻrinni Mahmudova Marjonalar egallashdi.

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Ota_onalar_majlisi

🏢 Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2025-yil 8-yanvar kuni ota-onalar yigʻilishi tashkil etildi. Yigʻilishda maktabning asosiy maqsadlari va oʻquvchilarning ta'lim jarayonlarini yanada samarali tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.
Yigʻilishda maktab ma'muriyati, sinf rahbarlari va ota-onalar keng miqyosda ishtirok etdi. Yigʻilish davomida maʼnaviy - maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari S.Hojiyeva maktabning 2 chorak davomidagi  yutuqlari va erishgan natijalari haqida ma'lumot berdi. Shu bilan birga, 2025-yil uchun belgilangan rejalar va maqsadlar taqdim etildi.
Maktab psixologi U.Sadriddinova ota-onalar ishtirokida "Men farzandimni qanday bilaman" mavzusida trening oʻtkazdi hamda oʻquvchilarning xulq-atvori va muomala madaniyati haqida toʻxtalib oʻtdi.

Majlis davomida:
1. Oʻquvchilarning darslarga qatnashuvini nazorat qilish va intizomini mustahkamlash.

2. Ta'lim sifatini oshirish bo'yicha taklif va tavsiyalar.

3. Ota-onalar va maktab oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish.

4. Maktabning tashkiliy tadbirlarida ota-onalarning faol ishtirokini ta'minlash kabi masalalar muhokama qilindi.

Tadbir yakunida maktab rahbariyati ota-onalarning taklif va tavsiyalarini inobatga olishlarini ta'kidladi. Shuningdek, har bir oʻquvchining muvaffaqiyatli rivojlanishi faqat maktab va ota-onalar oʻrtasidagi hamkorlik orqali amalga oshishi mumkinligi qayd etildi.

🔶 IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
DIQQAT TANLOV ‼️

Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi "14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan videoroliklar tanlovini eʼlon qiladi.

Sinf: 5-6

Tanlov shartlari:
☝️Videorolikka mos qoʻshiq yoki sheʼr tanlash - 20 ball;
☝️ Videorolikda mavzuga mos rasm va videodan foydalanish - 20 ball;
☝️ Videorolikda oʻz ovozi yoki videosidan foydalanish - 20 ball;
☝️ Videorolik sifatli tayyorlanganligi - 20 ball;
☝️ Hajmi 30 mbdan oshmasligi - 20 ball

Muddat: 13.01.2024

Tanlovda gʻolib boʻlgan oʻquvchilar maktab maʼmuriyati tomonidan mukofotlanadi.

🔶 IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram