Sherzod • IT real hayot
452 subscribers
11 photos
7 links
IT’da 20 yillik tajriba.
Texnologiyalar, startaplar va AI bo‘yicha real loyihalardan olingan tajriba.
Download Telegram
#ai #codereview
Oldingi postimni ba’zilar noto‘g‘ri tushungan bo‘lishi mumkin, shuni aniqlashtirib olmoqchiman.

Bu post “AI’ga hamma kodingizni yozdirish kerak” degani emas.
Ayniqsa junior va middle dasturchilar uchun.

Gap senior dasturchi haqida ketgan edi.
Senior allaqachon:
• arxitektura qanday qurilishini
• mantiq(logic) qanday ishlashini
• kod nima sababdan shunday yozilishini
tushunadi.

Shu sababli u AI’ni tool sifatida ishlata oladi.

Junior va middle dasturchilarga esa AI’da kod yozishni umuman tavsiya qilmayman.
Avval:
• dasturlash asoslarini
• mantiqni (logic)
• kodni o‘qishni va tushunishni
to‘liq o‘zlashtirish kerak.

AI’dan foydalanish mumkin bo‘lgan holatlardan biri — o‘zingiz yozgan kodni AI’ga berib, code review qildirish:
kamchiliklar va xatolarni ko‘rsatib berishi uchun.

Xulosa oddiy:
AI bilim bo‘lgandan keyin tezlikni oshirish uchun ishlating.


👉 @SherzodTech
🔥11👍7🤯3
#startup #lifestory
Qanday qilib men IT’ga kirib kelganman.

2002 yil. Men 12 yoshda edim.
Ba’zi sabablarga ko‘ra maktabga muntazam bora olmasdim. Shunda ota-onam menga kompyuter sovg‘a qilishdi — ularga katta rahmat.

Avvaliga, albatta, o‘yinlar o‘ynash bilan vaqt o‘tardi.
Lekin kompyuter tez-tez buzilardi. Men esa uni o‘zim tuzata boshladim: BIOS, Windows, sozlamalar — hammasini asta-sekin o‘rganib chiqdim.

2003 yilda uyga birinchi internet uladik.
Dial-up ovozini eslaysizmi?

Shu paytdan hammasi boshlandi.

Ertalabdan kechgacha Lineage 2 o‘ynardim. Bir kuni o‘zimga savol berdim:
“Faqat o‘ynash shartmi? Nega o‘z serverimni qilmayman?”

Akamning oldiga bordim va taklif qildim: o‘zimizning o‘yin serverimizni qilamiz.

Internetdagi forumlar va saytlarni kavlay boshladim. Shunda tushundim:
Lineage 2 klienti — frontend, u API orqali backend’ga ulanadi.

Open-source Java’da yozilgan backend topdim.
Java’ni asta-sekin o‘rgandim, server logikasini o‘zgartirdim, o‘zim xohlagandek qildim.

Eng muhim qarorni esa boshida qabul qilgan edim:
serverda “pay-to-win” bo‘lmaydi.
Stat’larni buzadigan, balansni o‘zgartiradigan, adolatsiz donat yo‘q.

Hammasi ishlay boshlagach, real server sotib oldik.
Uzinfocom bilan kelishdim va 2005 yil, 15 yoshimda serverni data-markazga joylashtirdim.

Keyin hammasi tez ketdi.

Odamlar kira boshladi. Online 1000+ ga chiqdi. Bu allaqachon 2006 yil edi.

O‘shanda buni biznes-model deb o‘ylamaganman.
Lekin odamlar ishonishdi. Va o‘ynashdi.



Loyiha oxir-oqibat yopildi.
Lekin u menga IT haqida hech bir kitob bermaydigan narsani berdi.

Shu tajribadan bitta muhim xulosani oldim:
startaplar ko‘pincha katta rejalardan emas, kichik qiziqishdan boshlanadi.

Agar biror narsani majburan emas, qiziqib qilsang —
sen undan foydalanuvchini ham, yechimni ham yaxshiroq tushunasan.

Texnologiyalar o‘zgaradi.
Biznes-modellar o‘zgaradi.

Lekin qiziqish va halollik — har doim ishlaydi


👉 @SherzodTech
🔥19👍11🎉1
#ai
So‘nggi paytlarda ko‘p gap eshitamiz:
Sun’iy intellekt insonlarning o‘rnini egallaydi, ishlar yo‘qoladi, ko‘p jarayonlar avtomatlashtiriladi.

Bu fikr qo‘rqitadi.
Lekin u juda soddalashtirilgan.

Ha, sun’iy intellekt kuchayib boryapti.
U endi shunchaki yordamchi emas, balki tahlil qilish va ishni tezlashtirish uchun vositaga aylandi.

Lekin bu yerda bitta muhim farq bor.

Sun’iy intellekt — bu tool.
U qaror qabul qilmaydi.
U javobgarlikni olmaydi.
U nimani hozir qilish kerakligini va nimani qilmaslik kerakligini o‘zi tanlamaydi.

Masalan, dasturlashni olaylik.
Sun’iy intellekt kod yozishi mumkin. Ba’zan juda yaxshi ham yozadi.

Lekin qaysi muammo muhimligini, qaysi xato qimmatga tushishini yoki qayerda soddalik kerakligini sun’iy intellekt o‘zi hal qilmaydi.

Bu qarorlar hali ham inson zimmasida qoladi.

Kelajakda insonning roli yo‘qolmaydi.
U o‘zgaradi.

Inson endi faqat topshiriq bajaruvchi yoki aytilganini qiladigan ijrochi emas.
U yo‘nalishni tanlaydi, qaror qabul qiladi va eng muhimi — natija uchun javobgar bo‘ladi.

Shu sababli men sun’iy intellektni raqib sifatida ham, tahdid sifatida ham ko‘rmayman.
Men uni tool sifatida ko‘raman.

Tool kuchli bo‘lishi mumkin.
Lekin u qanday va qayerda ishlatilishini o‘zi hal qilmaydi.

Asl savol shunchaki bitta:
Sun’iy intellekt insonning o‘rnini egallaydimi yoki insonni kuchaytiradimi — bu tanlov hali ham inson qo‘lida


👉 @SherzodTech
👍14🔥2😁1😱1
#BirKunIshda
Kecha ishda qiziq holat bo‘ldi.

DevOps mutaxassisimiz ta’tilga chiqib ketgan edi va mendan AWS’ga staging serverni deploy qilib berishimni so‘rashdi.

Men DevOps emasman.
Lekin deploy jarayonini tushunaman: risklar qayerda, javobgarlik qayerda bilaman.

AWS bilan oxirgi marta taxminan 2014 yilda ishlaganman.
Bugun esa: yangi interfeys, yangi servislar, permission’lar hammasi notanish.

Bu shunchaki kod chiqarish emas edi.

Kun davomida infratuzilmani tushunishga to‘g‘ri keldi:
Terraform konfiguratsiyasi, GitHub Actions orqali CI/CD, AWS permission’lari, DynamoDB, Redis va PostgreSQL sozlamalari.

Tushunchalar tanish, lekin AWS’da uzoq ishlamaganim uchun har qadamda to‘xtab tekshirib, yana davom etdim.

Boshida menda eng oson yo‘l bor edi:
“Men DevOps emasman, AWS bilan ishlamayman” deyish.

Lekin unday qilmadim.
O‘qidim. Urindim. Xato qildim. Siqildim. Orqaga qaytdim. Yana urinib ko‘rdim.

Kun oxirida deploy ishladi 🥳.

Bu post AWS haqida emas.

Xulosa shuki:
yangi narsadan qo‘rqmaslik kerak.
“Bilmayman” deyish mumkin — bu normal.
Lekin “qilmayman” deyish — o‘zingni rivojlanishingdan to‘xtatish.

Ko‘p hollarda yangi vazifa xavf emas.
Bu tajriba olish uchun imkoniyat.

Agar har safar “buni qilmaganman” deb chetga chiqsak — tajriba qayerdan keladi?

Tajriba aynan shunday kunlarda yig‘iladi.


👉 @SherzodTech
🔥26👍6😁1🤔1
#ai
Bugun Anthropic kompaniyasi yangi model — Claude Opus 4.6-ni taqdim qildi.

U oldingi modellarga qaraganda ancha kuchli bo‘lib, murakkab kodlarni, katta hujjatlarni va uzoq davom etadigan vazifalarni yaxshiroq tahlil qila oladi.

Asosiy yangiliklar:
• 1 000 000 tokenli kontekst oynasi — model bir marotabada juda katta hajmdagi ma’lumot bilan ishlay oladi.

• Kod yozish, debugging va agentli vazifalarni uzoqroq va barqarorroq bajaradi.

• Agent Teams funksiyasi orqali bir nechta kichik agentlar birgalikda murakkab vazifalarni yechishi mumkin.


👉 @SherzodTech
🔥10👍1🤔1
#ai
Hozirgina OpenAI ham o'zining yangi model — GPT-5.3-Codex-ni e’lon qildi.

Bu Codex oilasidagi eng yangi va eng tezkor kod bilan ishlaydigan model bo‘lib, oldingi versiyalarga qaraganda taxminan 25% tezroq ishlaydi va murakkab, uzoq davom etadigan vazifalarga moslashtirilgan.


👉 @SherzodTech
🔥10👍1
3 hafta ko‘rinmadim.

Do‘stlarim bilan chet elga chiqib, biroz dam oldim. Telefon va laptopni minimal ishlatdim.

Shu vaqt ichida bir narsani yana aniq tushundim:
biz IT’da ko‘pincha juda tez yashaymiz.

• Deadline.
• Release.
• Bug fix.
• Yangi feature.

Doimiy yugurish.

Lekin developer uchun eng katta aktiv — bu energiya va fikrlash sifati.
Agar bosh charchagan bo‘lsa, eng kuchli texnologiya ham yordam bermaydi.

Ba’zida to‘xtash — orqaga ketish emas.
Bu strategik pauza.

Endi yana ish rejimiga qaytdim 🥳
👍13🔥2
Yaqinda internetda Claude va boshqa modellarning system prompt’lari oshkor bo‘ldi

👉 https://github.com/asgeirtj/system_prompts_leaks


Bu nimani anglatadi?

System prompt — bu modelning ichki qoidalari:
qanday javob beradi, qachon rad etadi, qanday formatda yozadi.

Bizga foydasi:
• Model qanday boshqarilishini ko‘ramiz
• Kuchli system prompt qanday yozilishini o‘rganamiz
• AI feature qilayotganlar uchun real production darajadagi misol

Oddiy prompt yozish boshqa.
System prompt orqali modelni boshqarish — boshqa level.

AI’dan foydalanish oson.
Uni to‘g‘ri sozlash — professional yondashuv.


👉 @SherzodTech
🔥9👍5