Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov
9.55K subscribers
34.7K photos
4.43K videos
208 files
10.6K links
Farg'ona davlat universiteti rektorining rasmiy telegram sahifasi
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#rasmiy_bayonot

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga berilgan yangi litsenziyalar bo‘yicha rasmiy bayonot

2025-yil 29-avgust kuni soat 06:19 dan 09:53 gacha  https://license.gov.uz axborot tizimida yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli, ko‘rib chiqish muddati tugamagan arizalar bo‘yicha ayrim nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining amaldagi litsenziyalariga o‘zgartirish kiritish haqidagi so‘rovlariga tizim tomonidan belgilangan talab buzilgan holda ijobiy xulosalar shakllantirilgan.

Mazkur holat texnik xatolik hisoblanib, hozirda uning sabablari tegishli idoralar bilan hamkorlikda chuqur o‘rganilmoqda. Yakuniy xulosalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot jamoatchilikka taqdim etiladi.

Shu bilan birga, quyida nomlari keltirilgan ta’lim tashkilotlariga yangi ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklari, taʼlim shakllari hamda faoliyat manzillari bo‘yicha qabul jarayonlarini tashkil etish uchun hech qanday ruxsat berilmaganini alohida ta’kidlaymiz:

“UNIVERSITY OF BUSINESS AND SCIENCE” MCHJ – masofaviy ta’lim shakllariga;

“Osiyo Xalqaro Universiteti” MCHJ – ayrim masofaviy ta’lim shakllariga hamda Xorazm viloyati, Urganch shahridagi yangi faoliyat manziliga;

“Iqtisodiyot va Pedagogika Universiteti” NTM –tibbiyot yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari, masofaviy ta’lim shakllari hamda Surxondaryo viloyati, Denov tumanidagi yangi faoliyat manziliga;

“SHARQ-UNIVERSITY” MCHJ – bank ishi, buxgalteriya hisobi ta’lim yo‘nalishlari va barcha kechki va masofaviy shakllarga;

“PROFI UNIVERSITY” MCHJ – yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi, masofaviy shakl va barcha magistratura mutaxassisliklariga.

👉 Shu sababli, mazkur tashkilotlar tomonidan yuqoridagi yo‘nalishlar, mutaxassisliklar, taʼlim shakllari hamda faoliyat manzillari bo‘yicha e’lon qilinayotgan ma’lumotlar asossiz hisoblanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍2
#HAFTALIK_DAYJEST

"Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida FarDU jamoasidan Mustaqillik shukronasi

Bu bizning – talaba!

Talabalar amaliyoti

Gender tengligi masalalari

"МОГУЩЕСТВО, СОКРЫТОЕ В ТРЕХ СЛОВАХ"

Bizning sovrindor talabalar!

FarDUda infokioskalar faoliyati

Yangi o’quv yiliga tayyorgarliklar o’rganildi

Sport – sog’lik garovi! Bayram - birligimiz ramzi!

Qaror ijrosi

Universitet talabasi “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi

FarDUda o’quv – seminar

Velomarafon

Bo’lar ekan-u yoxud…

Ehtirom
👍5
🔵Kun hikmati

🧭Aristoteldan:

– Fikrli bilan fikrsiz odam qanday farqlanadi? – deb so‘raganlarida:

– O‘lik bilan tirik qanday farqlansa, xuddi o‘shanday, deya javob qaytargan ekan.

🔅“Donolar suhbati” kitobidan.
🔥5💯3
🕯31-avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni
🔥8🕊8🫡3👍2
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tyanszin shahridagi "Meyszyan" kongress markazida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etayotgan delegatsiyalar rahbarlarini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va rafiqasi qutladilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍1
#tabrik🇺🇿

🌱Sizni aziz xalqimizning eng ulug‘ bayrami – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Ona diyorimizning Uchinchi Renessans sari dadil odimlayotgan ushbu qutlug‘ ayyomi yurtimizga tinchlik va taraqqiyot, el-yurtimizga esa farovonlik, baxt va saodat olib kelsin!

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 🇺🇿
🙏10🔥9🕊3👍2🥰1
#kun_hikmati

👉“Ertaga” hech qachon kelmaydigan kun. Agar nimadir qilmoqchi boʻlsang, bugun boshla!

🏷 Lavanda Ilindi
👍5💯3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev: "Biz barchamiz bitta xalq, bitta mamlakat, bitta oilamiz! Hammamizning taqdirimiz, kelajagimiz, baxtimiz va yutug‘imiz ham yagona va mushtarak".

Президент Шавкат Мирзиёев: "Мы, граждане Узбекистана – единый народ, одна страна, одна семья. У нас общие судьба и будущее, счастье и достижения".
👍7😍3🙏2
⚡️Yangi o‘quv yili 1-kurslar uchun 3-sentyabrdan, yuqori kurslarga 8-sentyabrdan boshlanadi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan oliy taʼlim tashkilotlari va akademik litseylarda yangi 2025/2026-oʻquv yilini boshlash sanalari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

🔸akademik litseylarning barcha bosqich o‘quvchilari va oliy ta’lim tashkilotlarining 1-bosqich talabalari uchun dars jarayonlari 2025-yil 3-sentyabrdan;

🔹oliy ta’lim tashkilotlarining 2- va undan yuqori
bosqich talabalari uchun 8-sentyabrdan boshlanadi.

Oliy ta’lim tashkilotlarida birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun “Kredit taʼlimi tizimiga kirish” haftaligi hamda “Talabalikka bagʻishlov” tadbirlari tashkil etiladi.

Haftalik doirasida:

➡️talabalarni oliy taʼlim tashkiloti faoliyati bilan tanishtirish, kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati va afzalliklarini tushuntirish hamda tanlov fanlarni maqsadli tanlash;

➡️talabalarda mustaqil taʼlim koʻnikmalarini shakllantirish, akademik halollik tamoyillari va kasbiy hamda shaxsiy rivojlanish masalalari yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshiriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Мустақиллик абадий бўлсин бағри кенг Ўзбекистоним

Бизда кузатиб боринг👇🏻                

✔️ @UZBOOM - ЁШ БОЛАЛАРГА ТАҚИҚЛАНАДИ! КАТТАЛАР УЧУН!  БИЗГА ҚЎШИЛИНГ!
🔥3
Forwarded from Edu.uz
#natija #oʻqishnikoʻchirish

📢 Ichki o‘qishni ko‘chirish natijalari eʼlon qilindi

2025/2026-o‘quv yili uchun transfer.edu.uz platformasi orqali o‘qishini ko‘chirish (yoki ko‘chirib tiklash) yuzasidan ariza yuborganlar diqqatiga!

Davlat oliy taʼlim tashkilotlarining biridan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy taʼlim tashkilotlariga mos va turdosh taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha yuborilgan arizalar to‘liq ko‘rilib chiqilib, yakuniy xulosalar shakllantirildi.

Talabalar o‘z arizalari natijasini transfer.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilishlari mumkin.

📌 O‘qishi ko‘chirilishiga tavsiya etilgan talabalar o‘qishi ko‘chirilayotgan oliy ta’lim tashkilotlariga murojaat qilishlari lozim.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍4
🇺🇿Mustaqillik shodiyonalari arafasida: Farg‘ona davlat universitetida rektor boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

✍️Bugun universitetizmizda yurtimizning eng ulug‘ va eng aziz bayrami – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan muhim yig‘ilish tashkil etildi.

🔹Yig‘ilishda “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu va yuksak shior asosida mustaqillik bayramini munosib va ko‘tarinki ruhda nishonlash zarurligi ta’kidlandi.

🖇Rektor universitet rahbariyatiga – soha bo‘yicha prorektor, fakultet dekanlari va bo‘lim boshliqlariga aniq va manzilli topshiriqlarni berdi. Ularning har birlari bayramni yuqori saviyada o‘tkazish, talabalar va professor-o‘qituvchilarda yurtga sadoqat, milliy g‘urur va fuqarolik mas’uliyati tuyg‘ularini yanada mustahkamlash borasida faol ishtirok etishi lozimligi uqtirildi.
👍12