Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov
10.8K subscribers
34.9K photos
4.46K videos
208 files
10.6K links
Farg'ona davlat universiteti rektorining rasmiy telegram sahifasi
Download Telegram
#eslatma

Farg‘ona davlat universitetida yangi o‘quv yili 1-bosqich talabalar uchun 3- sentyabrdan, yuqori bosqich talabalarga 8- sentyabrdan boshlanadi.

Oliy ta’lim tashkilotlari va akademik litseylarda yangi 2025/2026-o‘quv yilini boshlash sanalari tasdiqlandi. Unga ko‘ra:

🔹akademik litseylarning barcha bosqich o‘quvchilari va OTMlarining 1- bosqich talabalari uchun dars jarayonlari 2025- yil 3- sentyabrdan;

🔹OTMlarining 2- va undan yuqori bosqich talabalari uchun 8- sentyabrdan boshlanadi.

👉на русском
👉in english
👍2👏1
✍️Talabalar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganilmoqda

🇺🇿Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi “Adolat” Sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Robaxon Mahmudova Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi.

🔹Fraksiya rahbari tashrif davomida Farg‘ona davlat universiteti talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Talabalar uchun yashash, o‘qish va dam olish imkoniyatlari, xonalar holati, tozalik, xavfsizlik va zamonaviy infratuzilmaning mavjudligi o‘rganildi.

🔷Partiya vakili yoshlarga berilayotgan e’tibor, ularning bilim olishi va ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi uchun yaratilgan imkoniyatlarni yuqori baholadi.

👉на русском
👉in english
👍5👏2
#KUN_HIKMATI

📖  Hayotimizda ikki muhim kun bor:


Birinchisi - dunyoga kelgan kunimiz.

Ikkinchisi - nima uchun dunyoga kelganimizni anglagan kunimiz

  © Mark Tven
👍5🔥4👏2
Forwarded from Edu.uz
Iordaniya bilan Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn Sheriklik munosabatlarini mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildilar.

Umuman, tashrif doirasida 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi.

#Mirziyoyev #tashrif #Iordaniya #hujjatlar

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
😘2🤩1
Forwarded from Edu.uz
🇺🇿🇯🇴 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniyaning oliy mukofoti — “An-Nahda” (“Renessans”) ordeni bilan mukofotlandi.

Oliy mukofotini davlatimiz rahbariga Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn shaxsan topshirdi.

#Mirziyoyev #tashrif #Iordaniya #taqdirlash

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👏3
Атроф-муҳитни чиқиндилардан тозалашга қаратилган «Долзарб 10 кунлик» бошланди

«Долзарб 10 кунлик» шу йилнинг 25 августидан 5 сентябрига қадар давом этади.

Батафсил 👉 https://yuz.uz/a/oz/130146

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/130146

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
Sport – sog‘liq garovi! Bayram – birligimiz ramzi!

🇺🇿Bugun yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida universitetimizda sport musobaqalari boshlandi!

🔷Musobaqa ochilishida so'z olgan faxriy ustozlar barchani bayram bilan tabriklab, ishtirokchilarga omad tiladi.

🏓 Stol tennisi, shashka, ♞ shaxmat, 🎯 darts va 🔫 o‘q otish kabi sport turlaridan bellashuvlar o‘tkazilmoqda.

Musobaqalar davom etmoqda

👉на русском
👉in english
👍3