Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov
9.51K subscribers
34.5K photos
4.41K videos
208 files
10.5K links
Farg'ona davlat universiteti rektorining rasmiy telegram sahifasi
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#magistratura2025

⚡️11–12-avgust kunlari magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin

2025/2026-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalari koʻrib chiqildi.

🟥Arizalarni koʻrib chiqish natijasida koʻplab murojaatlar turli muayyan (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining taʼlim yoʻnalishi boʻyicha mos yoki turdosh emasligi, soʻralgan hujjat oʻrniga boshqa hujjat yuklangan yoki toʻliq yuklanmagan, yuklangan hujjatlar sifatsizligi hamda boshqa) sabablarga koʻra rad etilgan.

⭐️Shuni inobatga olib, my.edu.uz tizimidan magistraturaga oʻqishga kirish uchun ariza yuborgan va kamchiliklar mavjud boʻlganligi sababli arizasi rad etilgan talabgorlarga 11–12-avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.

Ushbu muddatdan soʻng tahrirlashga yoʻl qoʻyilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi.

☝️Muhim eslatma, xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida boʻlmaganligi sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash tavsiya etilmaydi, mazkur holda qayta tahrirlangan arizalar esa koʻrib chiqilmaydi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🤩1
HIKMATLI KUN

Insonni kiyimiga qarab kutib oladilar, bilimiga qarab hurmat qiladilar, tarbiyasiga qarab kuzatib qo'yadilar.

#ko'ringaning_kabi_bo'l
🔥12👍3💯2
Kun_tarixi

10 avgust sanasi bilan bog'liq voqealar:

🔹Xalqaro biodizel kuni deya ataldi.
🔹 Ekvadorda mustaqillik kuni e'lon qilindi.
🔹1500-yil dengizchi Diogu Diash bo‘ron paytida adashib qolib, Madagaskar orolini ochdi.
🔹1675-yil Karl II Grinvich observatoriyasiga tamal toshini qo‘ydi.
🔹1792-yil Buyuk Frantsuz inqilobi: Lyudovik XVI hibsga olindi.
🔹 1833-yil Chikago shahriga asos solindi.
🔹1845 yil – Buyuk qozoq shoiri Abay tavallud topgan.
🔹1876 yil – dunyodagi birinchi shaharlararo telefon qoʻngʻirogʻi Ontarioda (Kanada) amalga oshirildi (shaharlar orasidagi masofa 13 km edi).
🔹1873-yil Angliyada ilk bor futbol hakami hushtakni ishlatgan.
🔹1950 yil – yozuvchi, publitsist, ssenarist, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Erkin Aʼzam tavallud topdi.
👍4
Forwarded from UzA | Rasmiy kanal
Abdurauf Fitrat haqiqati (+video)

O‘tgan asr avvalida yurtimizda vujudga kelgan jadidchilik harakatining yirik namoyandalaridan biri, shubhasiz, Abdurauf Fitrat edi. Milliy istiqlol yillarida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti bilan taqdirlangan allomaning hayoti va faoliyatini o‘rganish, tadqiq va targ‘ib etish o‘z davri uchun nechog‘li ahamiyat kasb etgan bo‘lsa, bugungi kun uchun ham shunday muhimdir.

🎥 https://youtu.be/iRiy1vKp_s0

Batafsil: https://uza.uz/posts/747544

📱Mobil ilova 👉 iOS | Android

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni

Vatanimiz tarixidagi 10 avgust sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

Batafsil: https://uza.uz/posts/747693
Forwarded from Edu.uz
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 12–13-avgust kunlari o‘tkaziladi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 12–13-avgust kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Talabgorlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan olishlari mumkin.

Unda kasbiy (ijodiy) va test sinovi imtihonlarining o‘tkazilish joyi, sanasi hamda vaqti haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

⚠️ ESLATMA: kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashgan talabgorlar, majburiy fanlar (ona tili, matematika, tarix)dan o‘tkaziladigan test sinovlarida ham ishtirok etishlari shart. Aks holda, ularning kasbiy (ijodiy) imtihonda olgan ballari inobatga olinmaydi.

#oʻqishni_koʻchirish #kasbiy_ijodiy_imtihon #ruxsatnoma

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍3🥰2🔥1
#Kun_hikmati

Ikki narsa hayotimizni o'zgartirishi mumkin:

👉 o'qigan kitoblarimiz,
👉 tanishgan insonlarimiz
👍8💯3
Forwarded from UzA | Rasmiy kanal
Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning "Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun" ordeni bilan taqdirlandi

O‘zbekistonda rektorlar vakolati kengaytirildi

Nurotada 5 mingdan ziyod xotin-qiz kashtachilik bilan shug‘ullanib, daromad topmoqda

Prezident bitiruvchilar bandligini ta’minlashdagi ishlarni tanqid qildi

Shu va xorij sahnida ro‘y bergan muhim voqealar "Hafta tafsiloti" da

🎥 https://youtu.be/XVKHhbwf-_c

Batafsil: https://uza.uz/posts/747723

📱Mobil ilova 👉 iOS | Android

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
👍2
#olimlarimiz_xorijda

🌏15-Xalqaro “International Society for Analysis, its Applications and Computation” (ISAAC-2025) kongressi bo‘lib o‘tdi

⚡️Bu nufuzli ilmiy anjuman ilk bor Markaziy Osiyo mintaqasida tashkil etilgan bo‘lib, unda dunyoning turli mamlakatlaridan qariyb 1000 nafar yetuk olim va tadqiqotchi ishtirok etdi.

👉 Mazkur kongressda O‘zbekistonlik matematiklar ham faol ishtirok etishdi. Shuningdek, Farg‘ona davlat universiteti “Matematik analiz va differe tenglamalar” kafedrasi doktoranti Sh. Xasanov ham ishtirok etdi va grant sovrindoriga aylandi.

👉на русском
👉in english
👍8
Forwarded from Edu.uz
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 12–13-avgust kunlari o‘tkaziladi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 12–13-avgust kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Talabgorlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan olishlari mumkin.

Unda kasbiy (ijodiy) va test sinovi imtihonlarining o‘tkazilish joyi, sanasi hamda vaqti haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

⚠️ ESLATMA: kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashgan talabgorlar, majburiy fanlar (ona tili, matematika, tarix)dan o‘tkaziladigan test sinovlarida ham ishtirok etishlari shart. Aks holda, ularning kasbiy (ijodiy) imtihonda olgan ballari inobatga olinmaydi.

#oʻqishni_koʻchirish #kasbiy_ijodiy_imtihon #ruxsatnoma

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun,
Farzand bo‘lsang, his qil bu so‘zlar kuchin.
Har bir kuning, har daming, har qadaming,
Sharhlab bersin yongan yurakning burchin.

Iz solganing bu tuproq nedan buyuk
Qat qatini zichlagan zalvorli yuk,
Bu tuproqning shaʼni o‘zbek, shaʼni turk,
Vatan uchun, millat uchun xalq uchun.

Bu kun nayson, ko‘kda kamalak rangi,
Nur ichradir tafakkurning jarangi,
Matlab yangi, maktab yangi, taʼb yangi,
Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun.

Mudroq bo‘lma, nigohing ufqqa qarat,
Shabboda bo‘l orzular bo‘yin tarat,
Urug‘ qada, gulzor yarat, bog‘ yarat,
Vatan uchun millat uchun, xalq uchun

Gasht top baland qoyalardan, burgut bo‘l,
Yurt chorlasa Barchin qiz, Alp yigit bo‘l,
Ilm ista, davroningda jadid bo‘l,
Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun.
🔥5
❗️11–12-avgust kunlari magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin

2025/2026-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalari koʻrib chiqildi.

Arizalarni koʻrib chiqish natijasida koʻplab murojaatlar turli muayyan (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining taʼlim yoʻnalishi boʻyicha mos yoki turdosh emasligi, soʻralgane hujjat oʻrniga boshqa hujjat yuklangan yoki toʻliq yuklanmagan, yuklangan hujjatlar sifatsizligi hamda boshqa) sabablarga koʻra rad etilgan.

Shuni inobatga olib, my.edu.uz tizimidan magistraturaga oʻqishga kirish uchun ariza yuborgan vae kamchiliklar mavjud boʻlganligi sababli arizasi rad etilgan talabgorlarga 11–12-avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.

✅️@Talim24uz
👍3