Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov
9.48K subscribers
34.5K photos
4.39K videos
207 files
10.5K links
Farg'ona davlat universiteti rektorining rasmiy telegram sahifasi
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣DIQQAT, ANONS!

"FARDU-MEDIA" taqdim etadi!🔥

💥DOLZARB 90 KUN DOIRASIDA UNIVERSITET TALABALARI UCHUN TURLI INTELLEKTUAL VA KITOBXONLIK TADBIRLARI BO'LIB O'TMOQDA

❇️Bugun Farg'ona davlat universitetining Fizika-matematika, Tabiiy fanlar va Chet tillari fakultetlarida Amaliy Kimyo, Kibersport, robototexnika, fizik amaliyot to'garaklari faoliyati o'rganildi hamda Kitobxon Yoz - 2025, Zakovat, kitobxonlik yarmarkasi va "Men sevgan asar" nomli kitobxonlik tadbirlari tashkil etildi.

➡️ Jarayonlarni biz bilan kuzating

👉на русском
👉in english
👍1🤩1
Forwarded from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oliygohlar bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish boshlandi.

Oxirgi 7-yilda oliy ta’limda qabul 4,5 barobar oshib, qamrov 42 foizga yetgan bo‘lsada, kadrlar tayyorlash tizimi real ehtiyojga mos emasligi qayd etildi.

Misol uchun, yiliga 20 ming avtomobil chiqarayotgan "BYD" zavodida 100 ta bo‘sh ish o‘rni bor. Shuning to‘rtdan biri – robototexnika va bo‘yoqlash, robotlarni dasturlash muhandislari.

Zavodda kadr yetishmayotgani uchun xorijdan 80 nafar mutaxassis kelib ishlamoqda. Zavod 4-5-yilda to‘liq quvvatga o‘tib, yiliga 500 ming avtomobil chiqarishni boshlasa, 4 ming nafar oliy malakali kadrlar kerak bo‘ladi.

“Bu – bitta loyiha bo‘yicha hisob-kitoblar. Yaqin 3-4-yilda ishga tushadigan 83 milliard dollarlik yirik loyihalar hisobiga sanoatni o‘zida 500 mingga yaqin kadr zarur”,

- d
edi davlatimiz rahbari.

#Prezident #Yigʻilish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
Qirqta oliygohga moliyaviy mustaqillik berilgani bugun o‘z samarasini bergani ta’kidlandi

Masalan, iqtisodiyot, yuridik, tibbiyot, tillar va pedagogika yo‘nalishidagi oliygohlarning yetarli mablag‘i bor. Lekin eng dolzarb bo‘lib turgan qishloq xo‘jaligi, veterinariya, muhandislik, aniq va tabiiy fanlar (STEM) yo‘nalishidagi ayrim oliygohlar daromad topishga o‘rganmayotgani, yoshlar uchun jozibador emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Prezidentimiz “tarmoq-korxona-oliygoh” zanjirini yo‘lga qo‘yishni jadallashtirish zarurligi qayd etdi.

Bu borada 25 ta muhandislik oliygohi hamkor korxonalarda 438 ta kafedra ochdi. Masalan, neft-gaz tarmog‘i ta’lim-ishlab chiqarish klasterlarini tashkil qildi. Buxoro texnika universiteti esa neft-gazdan tashqari yana 10 ta korxonada 20 ta kafedra filiali faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

Buxoro viloyatida yaqin yillarda yirik gaz-kimyo majmuasi ishga tushishi kutilmoqda. Xorijiy kompaniyalar tomonidan Ustyurtdagi yangi loyihalar bo‘yicha ishlar boshlangan.

Prezidentimiz bu quvvatlarga mutaxassislar qayerda tayyorlanadi, ilmiy izlanishlar kim tomonidan olib boriladi, degan savollarga hozirdan javob topish kerakligini ta’kidladi.

#Prezident #Yigʻilish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Investor ehtiyojiga mos kelgan bitiruvchilar kafolatli ishga olinadigan tizim yaratiladi

Endilikda qiymati 1 million dollardan, ishchilar soni 50 tadan yuqori loyihalar texnik-iqtisodiy asosida sohalar va yo‘nalishlar kesimida mutaxassislarga ehtiyoj ko‘rsatiladi.

Bu asosda mas’ul vazir va tarmoq rahbari oliygohlarga buyurtma joylashtirib, kadrlarni maqsadli tayyorlashni yo‘lga qo‘yadi.

Bunda rektorlar buyurtma asosida o‘qiyotgan talabalar uchun asosiy fanlardan tashqari qo‘shimcha ta’lim modullarini joriy qiladi. Ushbu modullarni o‘qigan talabalarga kredit ballari beriladi.

Talabalarning bilimi ikkinchi kursdan keyin ularni ishga olmoqchi bo‘lgan investor ishtirokida har yili baholab boriladi. Talaba diplom ishini loyihada qo‘yilgan masalalardan kelib chiqib, himoya qiladi.

Bir so‘z bilan aytganda, investor ehtiyojiga mos kelgan bitiruvchilar u tomonidan kafolatli ishga olinadigan tizim bo‘ladi.


Batafsil: https://uza.uz/posts/747281

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
Forwarded from UzA | Rasmiy kanal
Bitiruvchisini yarmidan ko‘pini ishga joylagan “karera markazi”ga oliygoh jamg‘armasidan 500 million so‘m mukofot beriladi

Tahlillar ko‘rsatganidek, byurokratiya sabab xususiy sektor bo‘sh o‘rinlarni ko‘rsatishdan manfaatdor emas.

Shu bois, oliygoh bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha xususiy sektor uchun ma’qul keladigan tizim yaratilishi belgilandi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/747289

📱Mobil ilova 👉 iOS | Android

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
Forwarded from UzA | Rasmiy kanal
Prezidentimiz yana bir tashabbusni ilgari surdi

–Biz abituriyentlarga 5 ta oliygohni tanlash imkonini berdik. Bu – oliy ta’limda katta sakrash, desak adolatdan bo‘ladi. Buni yanada kengaytiramiz, – dedi davlatimiz rahbari.

Endilikda abituriyentlar 5 ta oliygohdan birortasiga kirolmagan bo‘lsa, lekin to‘plagan bali boshqa oliygohdagi to‘lmagan yo‘nalishga to‘g‘ri kelsa, shu oliygoh rektori ularni kontrakt asosida qabul qilishi mumkin bo‘ladi.

Bu davlat va xususiy oliygohlar o‘rtasida raqobatning rivojlanishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.


Batafsil: https://uza.uz/posts/747304

📱Mobil ilova 👉 iOS | Android

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
👍3🔥2
Forwarded from Edu.uz
Prezident hozirda band bo‘lmagan 92 ming bitiruvchini ishga joylashtirish va qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi

20 ming nafar bitiruvchi magistratura va ikkinchi mutaxassislik bilan qamrab olinadi. Yana 20 ming nafar bitiruvchini 10 mingga yaqin korxonadagi staj talab qilmaydigan ish o‘rinlariga joylashtirish mumkin.

Har bir viloyatda biznes-inkubatorlar tashkil qilib, ularda tadbirkorlik startaplari, marketing, dizayn, AT xizmatlari orqali 15-20 ming bitiruvchini band qilish topshirildi.

Kimyo, energetika, geologiya, avtosanoat, metallurgiya, farmatsevtika tarmoqlarida 10 ming muhandis, texnolog, operator, standartlash, sifat nazorati, moliya, iqtisodiyot yo‘nalishi bitiruvchilarini ishga joylash imkoniyati bor.

Shuningdek, to‘qimachilik, charm, elektrotexnika, qurilish materiallari, oziq-ovqat kabi mahalliy sanoat tarmoqlarida 5-7 ming bitiruvchini doimiy ish bilan ta’minlash mumkin.

Mutasaddilarga 6 ming bitiruvchini transport, logistika, yo‘l, qurilish, kommunal sohalar bilan qamrab olish, pedagogika, tibbiyot, ijtimoiy himoya, madaniyat, san’at sohalari muassasalari va o‘quv markazlarida 10 ming bitiruvchini ishli qilish topshirildi.

Yana 30 ming bitiruvchiga biznesini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashiladi.

#Prezident #Yigʻilish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
🔥1
Forwarded from Edu.uz
Umuman, yoshlar bandligini ta’minlash uchun banklarga 300 million dollar resurs ajratilgan.

Bitiruvchilarning ko‘pchiligi katta kredit olib, qaytara olmasligidan xavotir olayotgani uchun imtiyozli kredit resursining bir qismini bitiruvchini ishga olgan korxonalarga ham berish taklifi ma’qullandi.

Endi ishga olingan bitiruvchilar soniga qarab, tadbirkorlarga 5 milliard so‘mgacha 18 foizli kredit beriladi.

Masalan, 1 milliard so‘mgacha kredit olganlar kamida 1 nafar, 5 milliard so‘m olganlar esa 5 nafar bitiruvchini ishli qiladi. Imtiyozli kredit olgan korxona bitiruvchini 2-yil ichida ishdan bo‘shatsa, kredit foizi tijorat stavkasiga o‘zgaradi.

Ushbu yangi tizim nafaqat bu yilgi, balki oliygohni tugatganiga 3-yil bo‘lmagan bitiruvchilar uchun ham amal qiladi.

#Prezident #Yigʻilish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
🔥3
#dolzarb_90_kun
#work_and_travel

⚡️Tarix fakulteti talabalari hozirda “Work and Travel” dasturi doirasida Germaniyaning tarixiy shaharlaridan biri — Vurtsburgda faoliyat yuritmoqda.

🕍U yerda u ish tajribasini oshirish bilan birga, Germaniyaning madaniyati, turmush tarzi va urf-odatlari bilan yaqindan tanishmoqda.

👉на русском
👉in english
👍5🤩2💯2😎1
#Dolzarb_90_kun
#Universitet_va_mahalla_hamkorligi
#onlayn_to'garaklar


🎓Fizika-matematika fakulteti tomonidan Farg‘ona shahridagi mahallalar yoshlari va FarDU talabalari ishtirokida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Dasturlash va sun'iy intelekt” kasbiy va fan to‘garaklari online shaklda olib borilmoqda.

👉на русском
👉in english
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹Universitetimiz bo'ylab Dolzarb 90 kun loyihasi doirasida ko'plab amaliy ishlar olib borilmoqda

♻️Xususan ta'til davrida talaba-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Tabiiy fanlar fakultetida Amaliy Kimyo, Fizika - matematika fakultetida kibersport, robototexnika, fizik amaliyot, Chet tillari fakultetida kitobxonlik to'garaklari faoliyati o'rganildi hamda zakovat, kitobxonlik yarmarkasi va "Men sevgan asar" nomli kitobxonlik tadbirlari bo'lib o'tdi.

⚜️Mazkur tadbirlar bugungi kun yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish bilan birga nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etish va ma'naviy salohiyati hamda kreativ fikrlash darajasini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

👉на русском
👉in english
👍3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✍️Shuhrat

Uddalasang, davrni o‘zinga qarata olasan; uddalamasang, davrga boqasan.


#xayrli_kun
👍4🔥1
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Barcha oliygohlar tashkiliy va akademik jihatdan mustaqil bo‘ladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍2🔥1
#Dolzarb_90_kun
#universitet_ kasbiy_ko‘nikmalar_markazi_hamkorlik


 🔰Pedagogika-psixologiya va san'atshunoslik fakulteti tomonidan yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, ularni foydali kasbga yo'naltirish maqsadida Farg‘ona shahri "Kasbiy ko‘nikmalar markazi" bilan hamkorlikda kompyuter savodxonligi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari yo'lga qo'yildi hamda seminar - treninglar bo'lib o'tmoqda.

🖇Mazkur yo‘nalishda tinglovchilarda kompyuterda ishlash ko'nikmalari, sun'iy intelekt, hamda zamonaviy kompyuter programmalari, uskunalar bilan ishlash bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar shakllantirish ko'zda tutilgan.

Darslar malakali mutaxassislar tomonidan olib borilmoqda. O‘quv kurs yakunida tinglovchilar sertifikatga ega bo‘lib, ushbu sohada mehnat faoliyatini boshlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

👉на русском
👉in english
👍2
“Toza likopcha” loyihasi amalda

#dolzarb_90_kunlik

🔹Universitetning Tarix fakulteti tomonidan "Milliy tiklanish" partiyasi bilan hamkorlikda Farg‘ona shahar “Shodiyona” MFYda “Toza likopcha” loyihasi doirasida aholi o'rtasida muloqotlar tashkil etildi.

➡️Unda fakultet professor-o'qituvchilari tomonidan to‘y va boshqa marosimlarni tartibga solish, isrofgarchilikni oldini olish, sog‘lom ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tushuntirishlar hamda targ‘ibot ishlari olib borildi.

"Toza likopcha" aksiyasi oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish muhimligini targ‘ib qilishga qaratilgan tashabbusdir. Bunday aksiyalar turli mamlakatlarda o‘tkaziladi va ularning maqsadi oziq-ovqatlarni isrof qilmaslik, iste’mol odatlarini o‘zgartirish hamda oziq-ovqat tanqisligi muammosiga e’tiborni jalb qilishdan iborat.

👉на русском
👉in english
👍3