Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov
9.36K subscribers
34.3K photos
4.36K videos
206 files
10.4K links
Farg'ona davlat universiteti rektorining rasmiy telegram sahifasi
Download Telegram
#dolzarb_90_kun
#togaraklar_faoliyati

🔰Yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Dolzarb 90 kunlik” doirasida “Xorijiy tillarni o'qitish” loyihasi bo'yicha Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabalari tomonidan Marg'ilon shahar 1-maktabida " Easy English " nomli Ingliz tili to'garagi tashkil qilindi.

👉на русском
👍1🤩1
#Dolzarb_90_kunlik
#Work_and_Travel

FARDU TALABALARI GERMANIYADA!

🔰Bugungi kunda Xorijiy til va adabiyoti (nemis tili) yo'nalishining 30 dan ortiq talabalari Work and Travel dasturi orqali Germaniya davlatida bo'lib turipdi.

Talabalar mazkur dastur davomida nafaqat ishlashmoqda, balki Germaniyaning turli shaharlaridagi diqqatga sazovar joylarini ziyorat qilib, mamlakatshunoslikka oid bilimlarini mustahkamlashmoqda. Ish jarayonida nemiszabon insonlar bilan muloqot qilish esa ularning nemis tilini yanada mukammal egallashlariga xizmat qilmoqda.

👉на русском
👍14😍1
"FarDU" Pro-liganing navbatdagi qismini o‘z maydonida o‘tkazadi. Universitet futbol jamoasi 18-avgust kuni "FarDU" sport majmuasida Toshkentning "Lokomotiv" klubini qabul qiladi.

👉на русском
🔥6
Forwarded from Edu.uz
#Eslatma

Grant taqsimoti uchun ariza berish 10-avgustga qadar davom etadi


🗣Davlat qabul komissiyasining bayoniga asosan, 2024/2025-o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun ta’lim grantlarini qayta taqsimlash bo‘yicha talabgorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 2025-yil 10-avgustga qadar uzaytirildi.

Ya’ni grant taqsimlash uchun ariza berishga ulgurmay qolganlar 10-avgustgacha hujjatlarini taqdim etishi mumkin. Arizalar oliygohlarning veb-saytlari orqali yoki kontrakt.edu.uz saytida qabul qilinmoqda.

Talabalar ariza berishda 3 xil grantdan birini tanlashi kerak:

☑️ To‘liq va to‘liq bo‘lmagan grant (GPA 3,5 dan baland);

☑️ Qo‘shimcha davlat granti (faqat ijtimoiy himoya reyestrida “qizil” va “sariq” toifadagi oilalar a’zolari uchun, GPA 4 dan baland);

☑️OTM granti (GPA 3,3 dan 4 gacha).

Imtiyozli yoki maqsadli grantga kirganlar, shuningdek, sirtqi, kechki va masofaviy shaklda o‘qiydiganlar ariza yubora olmaydi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mening_yotoqxonam
#FarDU_sevimli_maskan

FarDU Talabalar turar joyi - talabalar sog'ingan maskan!


“Endi talabaga turar joy muammo emas”☀️
👍2😎1
#dolzarb_90_kunlik
#sport

📌Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari tomonidan Toshloq tumani Zarkent shaharchasi 3-sonli MTM da "Dolzarb 90 kun" loyihasi asosida bogʻcha tarbiyalanuvchilari o'rtasida turli harakatli o'yinlar bo‘yicha masg‘ulotlar o‘tkazilib kelinmoqda.

👉на русском
👍4🔥1
#Dolzarb_90_kunlik
#talabalar_amaliyoti

🔹Nemis va fransuz tillari kafedrasi talabalari Dolzarb 90 kunlik doirasida Wegweiser MCHJsida amaliyot o'tamoqdalar.

❇️Amaliyotchi talabalar nafaqat o'zlarining bilimlarini mustahkamlamoqdalar, balki o'z bilimlarini nemis tilini o'rganmoqchi bo'lgan yoshlarga ham ulashmoqdalar.

👉на русском
👍7😍2
Илмий ҳамкорлик янада юксалади

Фарғона давлат университети қошидaги “Қатағон қурбонлари” музейига Жиззах шаҳридаги Қозон (Волга бўйи) федерал университети филиали директори ўринбосари Тимур Асатов ҳамда мазкур олийгоҳ ўқитувчиси Ҳусан Сагатов ташриф буюрди.

Батафсил: https://uza.uz/posts/745579

Телеграм каналларимиз

Facebook | Instagram | YouTubе
👍1🔥1
#tafakkur

Hayot - velosiped haydashga o'xshaydi. Muvozanatni saqlash uchun, harakat qilishda davom etish kerak. Harakatdan to'xtamang!

#xayrli_kun
👍9🔥4🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz farg‘onaliklar va viloyatimiz mehmonlari!

Joriy yil 5-6 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yillik bayramini munosib nishonlash hamda jamiyat birdamligini ta’minlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar, ijtimoiy loyihalarni o‘zida mujassam etgan "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida "Umummilliy birdamlik festivali" o‘tkaziladi.

Festival doirasida 5-avgust kuni soat 19:00 da Qo‘qon shahridagi "Yoshlar bog‘i"da, 6-avgust kuni soat 19:00 da Farg‘ona shahridagi Ekoshahar amfiteatrida gala-konsert bo‘lib o‘tadi.

Elimiz ardog‘idagi san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlardan bahramand bo‘ling.

Ushbu unutilmas kechalarga barchangizni taklif etamiz.

Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X