Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov
9.41K subscribers
34K photos
4.31K videos
206 files
10.3K links
Farg'ona davlat universiteti rektorining rasmiy telegram sahifasi
Download Telegram
#iqtibos📚

Kitob - zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va oʻzining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga tashiyotgan hikmat kemasidir.


✍️Frensis Bekon
👍3🔥2
#munosabat

💠 REKTOR MINBARI:

🇺🇿BAHODIRJON SHERMUHAMMADOV:

"KENG UFQLAR, BALAND ORZULAR, YUKSAK MARRALAR SARI"


🔰«Yangi O'zbekiston» gazеtasining 2025-yil 1 - avgust kungi 156 - sonida mutolaa qiling.

➡️maqolani o'qish uchun : https://t.iss.one/yuz_official/62171
👍6🔥2🥰1😍1
Avgust (lotincha: Augustus) — taqvim yilining 8-oyi, 31 kundan iborat. Rim imperatori Avgust nomi bilan atalgan.

🔹Kun tarixi: 1 avgust sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni

➡️Bundan 246 yil yil oldin, 1-avgust sanasida britaniyalik Jozef Pristli simob oksidini qizdirish orqali qilgan tajribalaridan so‘ng mohiyatan kislorodni kashf qilgan edi. Bu sana kashfiyot uchun ilmiy jihatdan rasmiy tasdiqlangan hisoblanadi.

➡️1939 yil – 270 kilometr uzunlikdagi Katta Farg‘ona kanalini qurish ishlari boshlandi. U 45 kunda umumxalq hashari yo‘li bilan qurib bitkazilgan.

➡️ Shveytsariya milliy kun -1891 yildan boshlab har yili 1 avgust Shveytsariyaning milliy bayrami sifatida nishonlanadi.U uchta Shveytsariya kantonining (Uri, Shviz va Nivalden) ittifoqini xotirlaydi.1291 yilda ular chet el tajovuziga birgalikda qarshilik ko'rsatish uchun "doimiy ittifoq" tuzdilar.Bu ittifoq keyinchalik turli ittifoqlarning o‘zagiga aylandi, bu esa oxir-oqibat Shveytsariya Konfederatsiyasining tug‘ilishiga olib keldi.
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✍️"Bir ayolki - vujudida yashar millatning dardi,
Bir ayolki - yelkasida Vatan maqsadi-axdi,
Bir ayolki - hamon go‘zal, maftunkor,
Bir ayolki - yuragida olovi bor, o‘ti bor!"


#tavallud_ayyom
#Egamberdiyeva_FarDU
#ustozga_ehtirom
🔥5🥰3💯3👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat, e’lon!

Hurmatli talabalar, talabalar turar joylariga ariza qabuli boshlandi.

My.gov platformasi orqali talabalar turar joylaridan joy olish uchun arizalaringizni topshirishingiz mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni @FDU_TTJ_2025 yoki @J_Yoqubov0128 telegram manzillariga yozishingiz yoki +998996464401, +998911583435 raqamlari orqali olishingiz mumkin.
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Siyosiy_ma’rifat_soati_27_son

Hurmatli davlat xizmatchilari, navbatdagi o'quv dasturini e'tiboringizga xavola qilamiz!

Haftaning har juma kuni taqdim etilayotgan siyosiy ma'rifat soati davlat xizmatchisining siyosiy bilimlarini oshirish, daxldorlik hissini kuchaytirish, ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi!

O‘quv soatini youtubedagi https://youtu.be/IDH3dRDX5co sahifamizda tomosha qiling.

@otabek_khasanov
👍1
💐 FDU - BIRTHDAY | BUGUN SIZNING
TUG’ILGAN KUNINGIZ!

🗓2025-YIL 1 – АVGUST...

🎈Bugun - Fargʼona davlat universitetida mehnat qilayotgan jamoadoshimiz:

💐FarDU professori, fan doktori, "Mehnat shuhrati" ordeni, “Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan madaniyat xodimi”, “Moʼtabar ayol” koʼkrak nishoni sohibasi - Egamberdiyeva Turgʼunoy Аhmadjanovnaning tavallud ayyomi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!
👍23🔥11🥰3😍3
#Dolzarb_90_kunlik
#oromgohga_yo'llanma


☘️An'anaga muvofiq universitet professor-o‘qituvchilari va ishchi -xodimlarining farzandlari maroqli dam olishlarini tashkillash maqsadida Furqat tumanidagi "Shuxay", Quvasoy shahridagi "Vodiy gavhari" va "Bilimdon" oromgohlariga 30 nafar farzandlar yuborildi.

👉на русском
👍4
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼlon #TTJ

⚡️Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari 1-avgustdan boshlandi!


Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.

Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679

❗️Ma’lumot uchun, 2025/2026-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌅Bir asrlik tajriba va salohiyatga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi eng nufuzli universitetda o‘qishni istaysizmi?

Marhamat, Farg‘ona davlat universiteti sizni kutmoqda!

➡️Farg‘ona davlat universiteti maqsadlaringiz sari eng ishonchli qadam!

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram| Reklama
👍8🔥1
Forwarded from Edu.uz
HAMMANI ZIR QAQSHATGAN 1-AVGUST!


Erta tongdan, odatdagidek, bugun qanday kunligiga qaradim. 1-avgust! Birdaniga ilon chaqqandek bo‘ldi, xotiram uyg‘ondi, qaynoq suv sepgandek bo‘ldi.
Uzoq yillar davomida ko‘pchilikni zir qaqshatgan 1-avgust!

Bu kunda butun O‘zbekiston sukunatga cho‘mardi: telefonlar, boshqa aloqa vositalari, hech qanday gadjetlar ishlamasdi, telefon orqali shunchaki aloqaga chiqib bo‘lmasdi, hatto... Hammasi o‘chirilardi, atayin...

Butun O‘zbekiston bitta nuqtaga tiqilardi, barcha: abituriyent ham, ota-ona, yaqinlari, ta’lim va test tizimi asabi tarang, to‘siq ko‘chalar, falajlangan poytaxt va ichki ishlar kordonlari bamisoli favqulodda vaziyatni eslatardi.

Mamlakat testxonalardagi jimjitlik bo‘lgan bu paytda hamma g‘imir-g‘imir harakatlar yerto‘lalarda, bunkerlarda, tambalangan xonalar ichkarisida amalga oshardi. Eng qizig‘i, “yashirincha” shuncha qalloblik qilinishini oddiy xalq farzandlari ham bilardi, ammo hech kim buni oshkor qilolmas yoki o‘zlari ham bu ”qimmat imkoniyat”dan foydalanolmas edilar.

Dahshat... dahshat... dahshat...
1-avgustdagi “shu ishlar” ni deb qanchadan-qancha taqdirlar singan, qanchadan-qancha kelajaklar barbod bo‘lgan. Bu shunchaki dahshat edi.

Bugun esa oliy ta’lim tizimi rivojlanyapti, endi hech kim 1-avgustdan hayiqmaydi, qo‘rqmaydi. Imtihonga kirishdan hech kim bezillamaydi.
Endi davlat imtihonlari shaffof, ochiq-oshkora o‘tkazilyapti, qanday yaxshi... Bugun yoshlarimiz biladi — agar puxta tayyorgarlik ko‘rishsa, bilimli bo‘lishsa, albatta, talabaga aylanishadi.
Mana shu adolatning nurlari bugun har bir yigit-qizga birdek!

Va biz buni bilamiz!


Sherzodxon Qudratxo‘ja

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍15🔥4💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN!!! 🇺🇿

“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–222-son, 10.07.2025-y.) qabul qilindi

👉 Qarorga ko‘ra, milliy istiqlolimizning 34 yillik shonli sanasi Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot darajasi, jahon maydonidagi obro‘-e’tiboriga har tomonlama munosib tarzda, yuksak saviyada nishonlanadi.

☀️Mustaqillikning 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan holda o‘tkaziladi.

🔹Mustaqillik bayrami Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar hamda tumanlar, qishloq va ovullarda munosib nishonlanishi ta’minlanadi.

👉на русском
👉in english
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb_90_kunlik
#universitet_maktab_mahalla
#sport

🖇Ma'lumki Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Dolzarb 90 kun loyihasi doirasida joylarda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

👉 Xususan Farg'ona davlat universiteti tashabbusi bilan mahalla va maktab yoshlarining bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida filologiya fakultetida joylashgan futbol maydonchasi "Odil Junior" futbol maktabi o'quvchilari uchun foydalanishga topshirilgan bo'lib, bu yerda o'quvchi yoshlar sportning futbol turi bo'yicha to'garaklarda muntazam shug'ullanib kelmoqdalar.

👉на русском
👍5
Forwarded from Edu.uz
Sen kurashmasang, kimdir unga yo‘l ochadi.
Jim turish — bu illatga ijozat berishdir.
Korrupsiya haqida xabar ber, adolat uchun kurash!


Korrupsiyaga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Call-markazi – 1253
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishonch telefoni – 1006

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍1
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Milliy bosh kiyimimiz — do‘ppi haqidagi siz bilgan va bilmagan ma’lumotlar… (video)

📹 Ta’kidlanishicha, do‘ppimiz o‘zida bir qancha belgilar va qadriyatlarni mujassamlashtirgan.

#MilliyKontent #MilliyQadriyat #Doʻppi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb_90_kunlik
#ilm_chashmasi

📘Tarix fakulteti dotsenti Akbarov Ravshan Xalimovichning  "Turkistonda parlamentchilik g'oyasining vujudga kelishi, rivojlanishi va uni amalga oshirish uchun kurash (XIX asr oxiri - 1918-yil)" nomli monografiyasi orqali Turkistonda parlamentchilik g'oyasining vujudga kelishi, jadidlar siyosiy qarashlarining rivojlanishi, Turkiston Muxtoriyati haqidagi qarashlar shakllanishi uni amalga oshirish uchun kurash masalalariga doir ko‘plab maʼlumotlarni bilib olish mumkin.

👉на русском
👍8