Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov
11K subscribers
34.9K photos
4.47K videos
208 files
10.7K links
Farg'ona davlat universiteti rektorining rasmiy telegram sahifasi
Download Telegram
ILMIY XABAR
#himoya

🔰Filologiya fakulteti rus tili metodikasi kafedrasi katta o'qituvchisi Akramova Gulixon Islamovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
ixtisosligi bo‘yicha "Zamonaviy tilshunoslikda matn madaniy qadriyatlar aksi sifatida (qiyosiy yondashuv) " mavzusidagi filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya himoyasi Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengashda 100% ovoz bilan himoya qilindi👏.
👉на русском|
👉in english
👍24
🔷REKTOR VA TALABA-YOSHLAR UCHRASHUVI

#rektor_uchrashuvi
#iqtidorli_yoshlar
#guruh_sardorlari

💠 Bugun FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov universitetdagi faol va iqtidorli yoshlar hamda guruh sardorlari bilan uchrashib, samimiy suhbat olib bordi.

🔹Suhbat davomida muhtaram Prezidentimiz tomonidan mamalakatimizda olib borilayotngan ulkan islohotlar, yoshlar ta'lim-tarbiyasiga qaratilayotgan katta e'tibor, iqtidor va qobiliyatlarni qo''lab - quvvatlash dasturlari, yoshlar faoliyatini faollashtirish, til markazlariga, sport majmualariga yo'naltirish, birgalikda o'sish va yuksalish borasida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

👉 "Dolzarb 90 kunlik" tadbirlari doirasida universitetimizda kechayotgan qizg'in jarayonlar, fan to'garaklari, kompyuter va axborot resurs markazlari, sport o'yinlari, zakovat va kitobxonlik tanlovlari kabi ko'plab imkoniyatlar e'tirof etildi.

👉на русском
👉in english
👍15
➡️Shuningdek, talabalarni o'z mutaxassisligidan kelib chiqqan holda turli korxona - tashkilotlarga biriktirish, bo'sh vaqtini unumli o'tkazishga doir loyihalar, takliflar o'rganildi.

🎤Aziz farzandlarim! Hozirgi shiddatli zamonda ommaviy axborot vositalari orqali dunyoda bo'layotgan har bir vaziyatdan xabardor bo'lish imkoniyatiga egamiz. Avvalo, inson qadri ulug' bo'lgan bugungi yorug' kunimizga, musaffo osmonu, tinch zaminga shukrona qilaylik, Prezidentimizning siz yoshlar uchun yaratib berayotgan mislsiz imkoniyatlaridan o'z vaqtida samarali foydalanib, elu yurt koriga yaraydigan, mamlakatni ko'taradigan, rivojlantiradigan Vatanparvar, jasoratli inson bo'lishingiz, birlashib Yangi O'zbekistonni bunyod etishingiz zarurdir. Zero yurtboshimiz aytganidek, "Biz bir bo'lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!" - deya ta'kidladi universitet rektori.

♻️Talaba - yoshlar yil davomida turli sohalarda erishgan yutuqlari, olib borgan faoliyatlari haqida ma'lumotlar berib o'tdilar.
👉на русском
👉in english
👍10🔥3
Forwarded from Edu.uz
#Shoshiling

⚡️Bugun qabulning so‘nggi kuni

📊 679 665 nafar abituriyent OTM bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (25-iyun soat 10.00 holatiga)

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 O‘zbek tili — 597 294 nafar;
🇷🇺 Rus tili — 66 937 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili — 13 626 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 1 808 nafar.

📝 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

👦🏻 erkaklar — 318 909 nafar
👧🏻 ayollar — 360 756 nafar.

📣 Bu foydali postni abituriyent tanishlaringizga yuborib qo‘ying.

*Eslatma: Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqidagi ma’lumotni my.uzbmb.uz saytining “Statistika bo‘limi orqali real vaqt rejimida bilish mumkin.

🔹 Qabulga doir rasmiy bot: @eduuzuniversalbot

#Qabul2025 #Statistika

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5