Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov
9.71K subscribers
34.7K photos
4.44K videos
208 files
10.6K links
Farg'ona davlat universiteti rektorining rasmiy telegram sahifasi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb_90_kunlik
#ichki_turizm
#Vatan_bo'ylab_sayohat


❇️"Vatan bo'ylab sayohat" loyihasi doirasida universitet talabalari va tyutorlar Namangan shahridagi Bobur bog'ida o'tkazilayotgan "XALQARO GULLAR FESTIVALI"🌹ga tashrif buyurdilar.

➡️Sayohat davomida Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyida bo'lib, ko'plab qiziqarli eksponatlar bilan tanishdilar.

👉на русском
👉in english
👍4🔥2🤩2😍1
Forwarded from Edu.uz
#live #qabul2025

Oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari qanday o‘tadi?

Qabul jarayoni bo‘yicha eng muhim savollarga javoblar Kun.uz’da jonli efirda!


📺 YouTube'da ko‘rish

📱Telegram'da ko‘rish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍1
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025 #Jarayon

📹Hujjatlar qabuli davom etmoqda (video)

Qabul jarayoni ikki bosqichda — “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq amalga oshiriladi. 1-bosqichda abituriyentlar 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi yoki kasbiy (ijodiy) imtihon topshirish uchun my.uzbmb.uz saytida onlayn roʻyxatdan oʻtadi.

🔹 Qabulga doir rasmiy bot: @eduuzuniversalbot
📹 Videoyoʻriqnoma

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DOLZARB_90_kun
#Amaliyot

📚Tarix fakulteti ijtimoiy ish va sotsiologiya yo'nalishi talabalari va mazkur mutaxassislik magistrantlariga bugun Farg'ona viloyati Quva tumanidagi "TALXA" MCHJ qo'shma korxonasida tanishuv amaliyoti tashkil etildi.

➡️ Amaliyot jarayonida kafedra professor-o'qituvchilari va tyutorlari tomonidan korxona ish faoliyati yaqindan tanishtirildi.

👉на русском
👉in english
🔥4👍3
REKTOR VA OLIY TA'LIMDAN KEYINGI TA'LIM INSTITUTI IZLANUVCHILARI UCHRASHUVI

🔵Bugun FarDUda rektor Bahodirjon Shermuhammadovning tayanch doktorantlar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

👉 Uchrashuvda olimlik maqomining mas'uliyati va unga erishish yoʼlida mashaqqatli mehnat faoliyati, ilmiy-tadqiqotni toʼgʼri tashkil etish kabi masalalarda tadqiqotchilarga zarur tavsiyalar berdi.

🎤Ilm bu tahlil, ilm bu tizimli mehnat, bu igna bilan quduq qazishdir, ilm dunyosiga kirgan, bilishning, o'rganishning zavqini his qilgan olim ilmga bog'lanib boraveradi, eng yaxshi kashfiyotlar shunda ro'yobga chiqadi. Ilm qilgan inson avvalo, o'ziga yaxshilik qiladi, qolaversa, yurtiga, jamiyatiga foyda keltiradi. Ammo mas'uliyatsizlik, dangasalik ziyoli insonga xos xislat emas, zero, ilmda kech qolish kechirilmas xatodir, olim bo'ladigan odamning xulq - atvori olimlikka xos bo'lishi lozim, - deya ta'kidladi universitet rektori.

👉на русском
👉in english
👍7🔥2
#rektor_uchrashuvi

🔰Uchrashuvda oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning doktorantura institutiga oid muhim masalalari qamrab olindi.

🔹Ta’kidlash joizki, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktyabrdagi "Ilm- fanni 2030-yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida"gi Farmoni hamda vazirlikning tegishli hujjatlari asosida yoʼlga qoʼyilgan.

🔹Bu tizimida olib borilayotgan islohotlarning samarasi universitetimizda ilmiy salohiyatning sezilarli ravishda yuqorilab borayotganida ham ko'rinmoqda. Natijalarni oliy taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan 70% ga koʼtarish - bevosita yosh tadqiqotchilar zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi.

Shuningdek, birdamlik, hamjihatlikning foydalari, xalq manfaatining ustunligi, Vatanga daxldorlik hissini tarbiyalash, ogohlik, uyg'oqlik, atrofdagi voqea - hodisalarga befarq bo'lmaslik, shukronalik kabi muhim insoniy fazilatlar eslatib o'tildi.

👉на русском
👉in english
👍7🔥1