Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov
9.51K subscribers
34.6K photos
4.41K videos
208 files
10.6K links
Farg'ona davlat universiteti rektorining rasmiy telegram sahifasi
Download Telegram
#o'rganish
#nazorat

📌Bugun universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Harbiy ta'lim fakultetining yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holati, bu borada amalga oshirilgan ishlar o'rganildi va zarur tavsiyalar berildi.

👉на русском
👉in english
👍6🔥2🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb_90_kun

⚜️Filologiya fakultetida “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, madaniy-ma’naviy saviyasini yuksaltirish maqsadida “
Do‘ppi – milliylik belgisi” mavzusida chelenj o‘tkazildi.

👉на русском
👉in english
🔥3👍2
🔴Sirtqi ta'lim bo'limi faoliyatini kompleks o'rganish

#tanqidiy_tahlil

📌Universitet rektorining 2025-yil 7-fevraldagi fakultetlardagi ta'lim-tarbiya jarayonini kompleks o'rganish to'g'risidagi 43-sonli buyrug'iga asosan, fakultetlar faoliyatini o'rganish davom etmoqda. Bugun navbatdagi Sirtqi ta'lim bo'limida olib borilayotgan ishlar yuzasidan tanqidiy yig'ilish bo'lib o'tdi.

👉 Yig'ilish kun tartibidan o'quv jarayonini tashkillanishi, talabalar davomatini nazorat qilish, ilmiy salohiyat, Hemis dasturiga doir muammolar, amaliy va seminar dars mashg'ulotlarini sifatli tashkil etish, kafedralar o'quv- uslubiy faoliyati, proffesor - o'qituvchilar tomonidan o'quv adabiyotlarning yaratilishi kabi qator masalalar o'rin oldi.

👉на русском
👉in english
👍1
🔰YIG'ILISH DAVOMIDA⤵️

❗️Yig'ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 5 mayda “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, ta’limning sirtqi shakliga qabul tugatilishi, qabul jarayonlarida sirtqiga kvota berilmasligi, uning o'rniga kunduzgi ta’limdan boshqa muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha qabul kvotalari bosqichma-bosqich oshirib borilishiga doir ma'lumotlar berildi.

♻️Shuningdek, talabalar orasida o'tkazilgan anonim so'rovnoma natijalari o'rganilib, tahlil qilindi.

➡️ Yig'ilish yakunida ishchi guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklar va yo'l qo'yilgan xatolarni bartaraf etish yuzasidan bir qator chora - tadbirlar belgilandi. Belgilangan topshiriqlarning o'z vaqtida bajarilishini nazorat qilish soha prorektorlari zimmasiga yuklatildi.

👉на русском
👉in english
👍2🔥2🥰2💯1