Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov
9.47K subscribers
34.5K photos
4.4K videos
207 files
10.5K links
Farg'ona davlat universiteti rektorining rasmiy telegram sahifasi
Download Telegram
#Kun_tarixi

Navoiy dostonlari asosida birinchilardan bo‘lib milliy sahna asarlari yaratgan dramaturgni bilasizmi?

Vatanimiz tarixidagi 20-iyun sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

Batafsil: https://uza.uz/posts/732469

📱Mobil ilova 👉 iOS | Android

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#milliy_libos_millat_ko'zgusi
#milliy_kun


🍀O‘zbek elim, yakka-yagonam
Jahon ko‘rki ekaning rost-da,
Bebahoyu durdonaliging
Aks etadi milliy libosda.

Xon atlasing, beqasamlaring,
Iroqiyu chust do‘ppilaring,
Har ko‘rganni aylar mahliyo
Gulshandanmi, gulxandanmi yo!

O‘xshamaydi biri-biriga
Ipaklarda tiriklik jo‘shar,
Dilrabolar husniga husn,
Latofatu malohat qo‘shar.

"Namozshomgul", "Qora ko‘zim"ning
Naqshlarida hayot jilosi
Oltin qo‘lli san’atkor xalqning
Tortaverar ohangrabosi.

Ona xalqim, liboslaringda
Lovullasin xush chiroylaring,
Qamashtirib yursin ko‘zlarni
Bibixonim, Kumushoylaring!
👍39🔥7😎4😍3💯3🥰2🤩1
#Dolzarb_90_kunlik
#karyera_kuni

🔹“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida bitiruvchilarni bandligini ta'minlashga ko'maklashish maqsadida Jismoniy madaniyat fakultetida "Karyera kuni" tashkil qilindi.

Jarayonda universitet talabalar amaliyoti bo'limi, "Karyera markazi" vakillari bilan bir qatorda O'zbekiston Respublikasii Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi, O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi mutaxassislari ishtirok etib, bitiruvchi talabalarga ayni masala yuzasidan ko'plab ma'lumotlarni berib o'tdilar.

👉на русском
👉in english
👍4🥰2🔥1
💐BIZNING G'OLIB TALABALAR


🎗Bugun universitetda Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar Vazirligi tashabbusi bilan talaba-yoshlar orasida sog'lom hayotni targ'ib qilish maqsadida tashkil qilingan "Talaba - уugur" sport musobaqasining bahorgi mavsum g'oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Taqdirlash marosimini ochib bergan universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov tengdoshlariga namuna bo'layotgan faol talabalarni samimiy tabriklab, kelgusi musobaqalarda zafarlar tiladi. Shuningdek, universitet rahbari yurtimizda ulkan islohotlar davri kechayotgani, ta'limga va sportga katta imkoniyatlar berilganini ta'kidlab, ommaviy sportni nafaqat yoshlar, aholining barcha qatlamlari orasida keng yoyilishi millatning sog'lom hayot kechirishi uchun asosiy omil ekani haqida alohida to'xtalib o'tdi

⚜️"Talaba - уugur" sport musobaqasi bahorgi mavsum g'oliblari universitet tomonidan besh yuz ming so'mdan bir yarim million so'm miqdorigacha pul mukofotlari bilan taqdirlandi
👉на русском
👉in english
👍9🔥3💯3🥰1😍1
#himoya

🔰Tarix fakultetida 70220301-Tarix (faoliyat va yo'nalishlar bo'yicha) 2-bosqich magistrantlarning dissertatsiya himoyasi bo'lib o'tmoqda.

👉на русском
👉in english
👍2🔥1
#dolzarb_90_kunlik
#Karyera_kuni
#biznes_marafon

❇️“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida bitiruvchilarni bandligini ta'minlashga ko'maklashish maqsadida Chet tillari fakultetida "Karyera kuni va biznes marafon" tashkil qilindi.

Tadbirda AT Milliy bank viloyat boshqarmasi “Kelajakka qadam” markazi rahbari rahbari D.Abduxalilov, “Feniks” xususiy maktabi direktori H.So‘fiyev, Germaniya Federativ Respublikasi bilan qo‘shma hamkorlikda “1+2” shaklida tashkil etilgan Marg‘ilon qurilish texnikumi vakillari ishtirok etib, bitiruvchi talabalarga mazkur masala yuzasidan kerakli ma'lumotlarni berib o'tdilar.

👉на русском
👉in english
👍7