Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov
9.51K subscribers
34.6K photos
4.41K videos
208 files
10.6K links
Farg'ona davlat universiteti rektorining rasmiy telegram sahifasi
Download Telegram
🔰Harbiy ta'lim fakulteti faoliyatini kompleks o'rganish


🔹Bugun Harbiy fakultetida olib borilayotgan ishlar yuzasidan tanqidiy yig'ilish bo'lib o'tdi.
📌 Yig'ilish kun tartibidan o'quv jarayonining tashkillanishi, talabalar davomatini nazorat qilish, ilmiy salohiyat, amaliy va seminar dars mashg'ulotlarini sifatli tashkil etish, kafedralar o'quv-uslubiy faoliyati, proffesor-o'qituvchilar tomonidan o'quv adabiyotlarning yaratilishi kabi qator masalalar o'rin oldi.
⚡️Bugun dunyoda sodir bo'layotgan turli voqealar misolida ishtirokchilar ohoglikka chaqirildi
🎤Vatanni himoya qilish mardlik, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash haqiqiy jasoratdir, zero, Vatan himoyachisi bo'lish uchun faqatgina jismonan yetuk emas, aqlli, bilimli, zakovatli yoshlarni tarbiyalash davr talabidir, - deya ta'kidladi universitet rektori o'z so'zida

Yig'ilish so'nggida fakultetda amalga oshirilib kelinayotgan ishlardagi ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha qator chora-tadbirlar belgilandi.
👉на русском
👉in english
👍8🔥1😎1
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#KelajakkaQadam #TalabaExpo2025 #Samarqand

Endi “TalabaExpo – 2025” kasb koʻrgazmasi Samarqandda


2025-yil 20-21-iyun kunlari Samarqand shahrida oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchi talabalari uchun “TalabaExpo – 2025” kasb koʻrgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir “Kelajakka qadam” dasturi, “Dolzarb 90 kun” doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Oʻzmilliybank” AJ, Savdo-sanoat palatasi hamda Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida bitiruvchilar bandligiga koʻmaklashish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Mazkur koʻrgazma mamlakatimizdagi 300 ga yaqin yirik ish beruvchi korxonalar, tijorat banklari hamda 20 ming nafardan ziyod talaba-yoshlarni bir joyda jamlaydi.

Ushbu keng qamrovli tadbir bitiruvchi talabalar uchun real ish imkoniyatlari, mos kasbni tanlash va kelajakdagi faoliyatni belgilashda muhim bosqich boʻlib xizmat qiladi.

2 kun davom etadigan keng qamrovli ko‘rgazma davomida:

▶️“Talaba – kelajak” bitiruvchilar bilan muloqot;
▶️ Seminar-treninglar;
◀️ Biznes va startap loyihalar taqdimoti;
◀️ Oliygohlar bilan tanishuv;
▶️ Imtiyozli kreditlar;
◀️ Madaniy shou va musiqiy kechalar sizni kutmoqda!

Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi kurs talabalari, shuningdek, boshqa hududlarda tahsil olayotgan samarqandlik bitiruvchilarni hamda abituriyentlarni ko‘rgazmaga taklif etamiz!

📍 Manzil: Samarqand shahar, Universitet xiyoboni.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kitobxon_yoz
#dolzarb_90_kun

🔰Yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakulteti Vokal san'ati 24.40 guruh talabalari bilan “Dolzarb 90 kunlik” doirasida “1 haftada 1 kitob” loyihasi tashkil etildi.

👉на русском
👉in english
👍3
#ekologik_ko'rgazma
#dolzarb_90_kunlik

🌎Toshkent shahri "CAEx Uzbekistan" majmuasida bo'lib o'tayotgan xalqaro "Eco Expo Central Asia 2025" ekologik ko'rgazmasida universitetning Tabiiy fanlar fakulteti, Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi kafedrasi professor-o'qituvchilari va iqtidorli talabalari o'z loyihalari bilan ishtirok etmoqda.


👉на русском
👉in english
👍1
🌐fdu.uz | ILMIY XABARLAR

#xushxabar

💠 Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Amaliy ingliz tili kafedrasi o'qituvchisi - Umarova Xurshidaxon Zikiryoxonovnaning 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha «O‘ZBEK VA INGLIZ NASRIDA FALSAFIY-PSIXOLOGIK ROMAN POETIKASI (O‘ktam Usmonovning “Girdob” va Sol Bellouning “Gersog” romanlari misolida)» mavzusida filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi ishi Farg'ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengashda 100% ovoz bilan himoya qilindi.
👉на русском
👉in english
🔥9😍3👍1
#Filologiya
#BMI himoyasi


❇️Filologiya fakulteti o'zga tilli guruhlarda rus tili yunalishi bitiruvchilarining bitiruv malakaviy ishlari himoyasi bo'lib o'tdi.
Himoya jarayonida bitiruvchilar.

👉на русском
👉in english
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#karyera_kuni

♻️ Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 36-son yig’ilish bayoni ijrosi hamda Farg’ona davlat universitetining tasdiqlangan chora tadbirlar rejasiga muvofiq Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakultetda “Karyera kuni” doirasida biznes marafon tashkil etildi.
👉на русском
👉in english
👍7
#dolzarb_90_kun

🎬Pedagogika-psixologiya va san'atshunoslik fakulteti boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 1-bosqich 24.26, 24.140-guruh talabalariga o‘zbek kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan "Pandemiya" nomli film namoyish etildi.

👉на русском
👉in english
👍2