Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov
9.4K subscribers
34K photos
4.31K videos
206 files
10.3K links
Farg'ona davlat universiteti rektorining rasmiy telegram sahifasi
Download Telegram
KUN TARIXI

14-IYUN BILAN BOG'LIQ SANALAR:

🔹Xalqaro blogerlar kuni

🔹1777-yilda AQSH bayrogʻi tasdiqlangan

🔹Vetnam davlati tashkil etildi.

🔹1991 yil - Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qonun qabul qilindi.
👍5
Ўзгидромет 16−19 июнь кунлари жазирама иссиқ бўлиши ҳақида огоҳлантирди. Ҳаво ҳарорати шу кунларда +40…+42 даражагача, жанубда ва чўл ҳудудларда +43, +44 даражагача кўтарилади.

https://www.gazeta.uz/uz/2025/06/13/issiq/

Telegram | Instagram | YouTube
🔥3😎1
#rektor_yig'ilishi
#dual_ta'lim


🔰Bugun dual ta'limga talabalarni qamrab olish, ta'lim investitsiyasi hamda ta'lim eksporti bo'yicha universitetda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan rektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.

➡️Unda talabalarni yozgi mavsumda bandligini ta'minlash va foydali mehnatga jalb qilish masalasi muhokama qilindi. Mazkur masala yuzasidan bugunga qadar erishilgan natijalar kafedralar kesimida tahlil qilindi.

на русском
👍15
💠FDU - 24 | Rektor yig'ilishi

#tanqidiy_tahlil

Bugun universitetda Filologiya fakulteti faoliyatini kompleks o'rganish natijalari yuzasidan tanqidiy yig'ilish bo'lib o'tdi.

❗️Yig'ilish kun tartibidan fakultetdagi kafedralar faoliyati, ilmiy tadqiqod ishlarini tashkil etilishi, fakultet ilmiy salohiyati, Нemis dasturidagi yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, shaxsiy ish rejalar,ma'naviy- ma'rifiy ishlarni olib borilish holati, to'garaklar faoliyati, tyutorlar faoliyati, ichki turizm, iqtidorli yoshlarni qo'llab - quvvatlash, nomdor stipendiatlar tayyorlash, talabalar bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish kabi dolzarb masalalar o'rin oldi.

Shuningdek, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 43-sonli bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida universitetda giyohvandlik va jinoyatchilikning oldini olish, axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish, ta’lim sifati va tarbiyani kuchaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.
👉на русском
👍3
#filologiya_faoliyatini_o'rganish

🔹Yig'ilish davomida fakultet talabalari orasida o'tkazilgan anonim so'rovnoma natijalari tahlil qilindi. Fakultet jamoasi birdamlikda olg'a borishi va yuqori natijalarga erishish uchun bir - biriga ko'mak berishi lozimligi uqtirildi.

🎤Har bir ziyoli, ayniqsa, filologlar tafakkur me'mori, insoniylikni eng yaxshi anglaydigan, ma'naviyatni yaratadigan xalqdir. Talabalarni yuksak marralarga ilhomlantirish, kitob o'qishga rag'batlantirish tilshunos va adabiyotshunos olimlar oldida turgan vazifalardan biridir. Zero, bugungi o'tish davrida ko'p kitob o'qigan millat, o'z ustida ishlaydigan ziyoli, ilmga chanqoq, intiluvchan yoshlar mamlakatni farovon, yurtni obod qiladi, - deya ta'kidladi universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov o'z so'zida.


Yig'ilish yakunida ishchi guruh maʼlumotnomasida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha fakultetda yo'l xaritasi tuzish va tegishli chora - tadbirlarni amalga oshirish ishlari belgilab qo'yildi.
👍3🔥2