Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov
10.9K subscribers
34.9K photos
4.47K videos
208 files
10.7K links
Farg'ona davlat universiteti rektorining rasmiy telegram sahifasi
Download Telegram
🇺🇿 “Mustaqillik darslari” davom etmoqda

🔹Farg‘ona davlat universitetida yangi o‘quv yili doirasida “Mustaqillik darslari” o‘tkazilmoqda. Darslarda mustaqillikning tarixiy ahamiyati, ota-bobolarimizning ozodlik yo‘lidagi kurashlari, yurtimizda 34 yil davomida erishilgan yutuqlar hamda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fikr almashildi. Shuningdek, qatag‘on qurbonlari va jadidlar merosiga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar, “Tarixiy xotira – Yangi O‘zbekiston poydevori” shiori ostida davra suhbatlari tashkil etildi.

👉на русском
👉in english
👍2🔥1👏1
📜Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga sayohat

🔸Farg‘ona viloyatida yagona bo‘lgan “Qatag‘on qurbonlari” muzeyi Farg‘ona davlat universiteti qoshida faoliyat yuritmoqda. Bu maskan tarix va zamon uyg‘unligini aks ettirib, siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti, faoliyati va ularning mardona kurashini o‘rganish hamda xotirasini abadiylashtirishga xizmat qiluvchi qimmatli eksponatlar bilan boyitilgan.

🔹Bugungi tinch va farovon hayotimiz uchun jonini fido etgan ajdodlarimizni yod etar ekanmiz, ularning fidoyiligi xalqimizning sabr-toqat, iroda va mustaqillikka bo‘lgan cheksiz intilishining yorqin timsoli sifatida gavdalanadi.

🏛Muzeyga oliy ta’lim muassasalari, maktablar va turli tashkilotlardan tashrif buyurayotgan yoshlar va hamyurtlarimiz eksponatlar orqali tarixning achchiq saboqlarini chuqur his etmoqda. Bu esa ularning qalbida bugungi hayotga shukronalik, ertangi kunimizga esa yanada mustahkam ishonch tuyg‘ularini uyg‘otmoqda.

👉на русском
👉in english
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Hammasi o'z qo'lingda

👉🏻Talabalik, yoshlik qaytmaydi.
💯9👍4🔥3😢1
🔹Ochiq muloqot

🇺🇿Fargʻona davlat universitetida xorijiy investisiyalar, grant va begʻaraz ko‘mak mablagʻlarini jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va navbatdagi vazifalar mavzusida soha prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari ishtirokida ochiq muloqot bo'lib o'tdi

📎Ochiq muloqotda taʼkidlanganidek, bugungi globallashuv sharoitida xorijiy investisiyalar va grant mablagʻlarini jalb etish ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, innovatsion gʻoyalarni amaliyotga tatbiq etish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishda muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.

🗂Tadbir davomida soha prorektorlari, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari universitetning mavjud imkoniyatlari, erishilgan natijalar va kelgusidagi rejalar haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi. Xususan, xalqaro grant loyihalarida faol ishtirok etish, ilgʻor tajribalarni oʻrganish, taʼlim sifatini oshirish hamda talaba-yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash masalalari alohida muhokama qilindi.

👉на русском
👍2💯2👏1
📌 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakili FarDUda

🔹Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Farg‘ona davlat universiteti qoshidagi texnikum faoliyati bilan tanishdi.

🔹 Vazir o‘rinbosari va FarDU rektori Bahodir Shermuhammadov olib borilayotgan ishlarni bevosita ko‘zdan kechirdilar.

📚 Quva tumanidagi politeхnikumda IT yo‘nalishi bilan bir qatorda 7 ta zamonaviy kasb va xorijiy tillarni o‘qitishga mo‘ljallangan yangi binolar qurilmoqda. Jumladan:
Logistika markazi
IT laboratoriyalari
Robototexnika va mobilografiya amaliyot xonalari
Quyosh panellarini o‘rnatish va ta’mirlash ustaxonasi
Tikuvchilik ustaxonalari

Sarvarxon Buzrukxonov amalga oshirilayotgan ishlarni batafsil o‘rganib, mutaxassislar tayyorlash jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini berdi.

👉на русском
👉in english
🔥10👍2💯2