Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov
9.71K subscribers
34.7K photos
4.44K videos
208 files
10.6K links
Farg'ona davlat universiteti rektorining rasmiy telegram sahifasi
Download Telegram
Sport – sog‘liq garovi! Bayram – birligimiz ramzi!

🇺🇿Bugun yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida universitetimizda sport musobaqalari boshlandi!

🔷Musobaqa ochilishida so'z olgan faxriy ustozlar barchani bayram bilan tabriklab, ishtirokchilarga omad tiladi.

🏓 Stol tennisi, shashka, ♞ shaxmat, 🎯 darts va 🔫 o‘q otish kabi sport turlaridan bellashuvlar o‘tkazilmoqda.

Musobaqalar davom etmoqda

👉на русском
👉in english
👍3
#qaror_ijrosi

📚 Farg‘ona davlat universitetida Ichki ishlar organlarining voyaga yetmagan shaxslar masalalari bo‘yicha (katta) inspektor-psixologlar uchun o‘quv mashg‘ulotlari yakuniga yetdi.

💻 Mashg‘ulotlar zamonaviy metodlar, ilg‘or pedagogika va innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etildi.

🎓 Mashg‘ulotlarni universitetning tajribali professor-o‘qituvchilari hamda malakali psixolog mutaxassislari olib bordilar.

👉на русском
👉in english
👍1🥰1🤪1🗿1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️ Таълим ташкилотларини давлат аккредитациясидан ўтказиш тартиби белгиланди

Манба: ВМҚ-498-сон, 06.08.2025 йил.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vatan_uchun,_millat_uchun,xalq_uchun

Sport - sog'liq garovi,
Bayram - birligimiz ramzi!
👍5
Universitet talabasi «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni e’lon qilindi.

Mukofotlanuvchilar orasida universitetimiz Iqtisodiyot fakulteti 3- bosqich sirtqi ta’lim shaklida taxsil olib kelayotgan, Bag‘dod tumani «Chekxitoy» mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi Gʻoziyev Nurmatjon Numonjonovich «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.

N.Gʻoziyevga ushbu yuksak mukofot mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni samarali amalga oshirish, hududlar infratuzilmasini jadal rivojlantirish, el-yurt farovonligi yo‘lidagi fidokorona mehnatlari uchun berildi.

Universitet jamoasi nomidan Nurmatjon Gʻoziyevni chin dildan muborakbod etamiz!

👉на русском
👉in english
👍13👏1🤩1
📢Talabalarga e’lon!

🏛Farg‘ona davlat universitetida talabalarni yotoqxonalar va ijara xonadonlarga joylashtirish ishlari davom etmoqda.

Bu jarayonda sizga yordam berish uchun infokioskalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular orqali:
Qulay yashash joyini tanlashingiz
Ro‘yxatdan o‘tishingiz
Zarur ma’lumotlarni olishingiz mumkin.


📍 Infokioskalar universitet hududida joylashgan bo‘lib, sizga qulay va tezkor xizmat ko‘rsatadi.

👉на русском
👉in english
👍3😁1🤝1💘1
#Kun_hikmati

Magʻlubiyatda birovlarni ayblash keyingi magʻlubiyatlarni yetaklab keladi.
Aslida, hamma aybni oʻzimizdan izlashimiz kerak. Siz shunaqangi zoʻr boʻlingki, oʻzgalarning sizga qilgan gʻirromliklari ham taʼsir qilmasin. Faqat kuchsizlargina oʻzgalarni ayblab, nolib yuradi. Kuchlilar orqa-oldiga qarab oʻtirmasdan olgʻa bosaveradi.
👍7🥰4🕊3💯3