Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov
9.55K subscribers
34.7K photos
4.43K videos
208 files
10.6K links
Farg'ona davlat universiteti rektorining rasmiy telegram sahifasi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sen kurashmasang, kimdir unga yo‘l ochadi.
Jim turish — bu illatga ijozat berishdir.
Korrupsiya haqida xabar ber, adolat uchun kurash!


Korrupsiyaga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Call-markazi – 1253
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishonch telefoni – 1006
👍1
⚡️“Super-kontrakt” haqida eng koʻp soʻralgan savollarga javoblar

O'qishni ko'chirish imtihonlarida yetarli ball to'play olmagan bo'lsa ham talabgorlar super kontrakt asosida o'qishni ko'chirishlari mumkin.

💰Super-kontraktning 4 ballgacha shkalasi quyidagicha:

– o‘tish baliga 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
(masalan, kontrakt 10 mln so’m bo’lsa, 1 ballgacha yetmaganlar 15 mln so’m to’laydi);

– 1,06 balldan 2,05 ballgacha — 2 barobari;
– 2,06 balldan 3,05 ballgacha — 2,5 barobari;
– 3,06 balldan 4,05 ballgacha — 3 barobari.


💬 Eslatma: 4,05 ballgacha deb yozilganiga ko‘pchilik chalg‘imoqda va buni 4,5 ball deb o‘ylayapti. 4,05 (to‘rt-u yuzdan nol besh) ball bilan 4,5 (to‘rt yarim) ballning farqi katta. O'tish ball chizig‘iga 4,1 (to‘rt-u bir) balldan ko‘p yetmagan talabalar yuqoridagi 4 ballik shkalaga tushmaydi.

4,1 ball va undan ko‘proq yetmaganlarning barchasiga (56,7 balldan baland bo‘lsa) 8, 10, 12, 15, 17 va 25 baravar qo‘llanadi.

Super-kontrakt bilan bir qatorda oddiy kontrakt ham qo‘shib to‘lanadimi?

🏢 Birinchi yili faqat super-kontrakt summasi to‘lanadi, oddiy (bazaviy) kontrakt qo‘shib to‘lanmaydi. Ikkinchi yildan boshlab esa faqat oddiy kontrakt to‘lanadi, super-kontrakt to‘lanmaydi.

Super-kontrakda o‘qishni xohlaganlar qaysi muddatgacha ariza berishi kerak?

Hali super-kontrakt uchun arizalar qabul qilinmayapti. Ertagayoq OTMga yugurib borishingiz shart emas. Arizani sentyabr oyida, o‘qishlar boshlangach onlayn berasiz.

Talabgorlarga super kontrakt miqdori to‘plangan ballga qarab hisoblanadi.

Ariza berish uchun OTMga borish kerakmi?


💻 3 yildan buyon super-kontrakt uchun arizalar onlayn qabul qilinadigan bo‘ldi. Siz uyingizdan chiqmagan holda internet orqali ariza yuborasiz. Buning uchun OTMga kelish shartmas. Ariza qabul qilinadigan sayt ishga tushgach, qo‘shimcha xabar qilinadi.
👍2
#qaror_ijrosi

💠O'zbekiston respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda O'zbekiston respublikasi Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligining "Ichki ishlar organlari inspektor - psixologlari bilan oliy ta'lim muassasalari bazasida o'quv yig'inlarini tashkil etish to'g'risida"gi qaroriga muvofiq Farg'ona davlat universitetida Ichki ishlar organlari voyaga yetmagan shaxslar masalalari bo‘yicha (katta) inspektor-psixologlar uchun “Umumiy psixologiya”, “Ijtimoiy psixologiya”, “Oila psixologiyasi” hamda “Bola psixologiyasi” modullari bo‘yicha o‘quv mashg'ulotlar tashkil etildi

➡️ O‘quv mashg‘ulotlari sohaning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘qitishning zamonaviy metodlariga asoslangan ilg‘or pedagogika, axborot-kommunikatsiya va innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan bo'lib, mashg‘ulotlarni universitetning tajribali va ko‘p yillik ish stajiga ega malakali professor-o‘qituvchilari hamda psixolog mutaxassislari olib bormoqdalar.

👉на русском
👉in english
👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Азиз футбол мухлислари!

Эртага, 21 август куни севимли жамоамиз Ўзбекистон суперлигаси 20-тур учрашувлари доирасида Фарғона шаҳридаги “Истиқлол” марказий стадионида Муборакнинг “Машъал” клубини қабул қилади.

Қизиқарли ва шиддатли руҳда кечадиган ушбу беллашувда "Нефтчи"ни қўллаб-қувватланг!

Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
👍4
Forwarded from Edu.uz
3️⃣3️⃣3️⃣ 3️⃣3️⃣3️⃣ 3️⃣3️⃣3️⃣3️⃣

📇 👨‍💻Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science kurslariga 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul

💡 Hurmatli 3-bosqich talabasi! Yangi bilimlar sari intilayotgan, raqamli savodxonlik va texnologiyalarga qiziqayotgan yoshlarga ajoyib imkoniyat!

🎯Sun’iy intellekt yordamida kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, egallayotgan mutaxassiligingiz bo‘yicha zamonaviy va professional kasb egasiga aylanish hamda yuqori maosh egasi bo‘lishni hohlasangiz unda siz uchun bu kurs unikal imkoniyat! Imkoniyat va vaqtni qo‘ldan boy bermang! Sun'iy intellektni egallang! Oddiy mutaxassis emas SI ni boshqara oladigan “chavandoz”ga aylaning!

🚀 Tanlovda ishtirok eting va “Data Science” kurslarida tahsil olish huquqini qo‘lga kiriting!

📍Akademik mobillik: tanlov g‘oliblari kurs davomida (bir o‘quv yilida) Toshkent shahrida tahsil oladi;

🧑‍💻Moddiy texnik ta’minot:
⌨️noutbuk;
🌐internet ;
📖darsliklar;
⚙️amaliyotchi mutaxassislar darslari.

📊 Kursda:
🗄 “Startup”lar va zamonaviy muammolarni IT yechimlar bilan integratsiya qilish (Python, R, SQL, Power BI, ML, AI asoslari) ko‘nikmalari rivojlantiriladi.

🗓 Hujjat topshirish muddati: 2025-yil 31-avgust soat 23:59 gacha

🗺 Ariza topshirish: faqat onlayn!
🌐 dscience.uz saytiga tashrif buyuring!

💼 Hujjatlar (pdf formatda):

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Transkript (GPA);
Akademik qarzdorlik yo‘qligi haqida ma’lumotnoma (Hemis);
Motivatsion xat (2 betdan kam bo‘lmasin):
Sertifikatlar va tavsiyanomalar (mavjud bo‘lsa);
Portfolio.


↗️ Tanlov bosqichlari:

✔️ Hujjatlarni baholash (online – taqdim etilgan hujjat asosida);
✔️ IQ test (xorijiy vendor yordamida – online);
✔️ Informatika va matematika bo‘yicha imtihon (offline);
✔️ Suhbat va taqdimot (offline).


BAHOLASH MEZONLARINI KO‘RISH


💬 Aloqa uchun: +998 97 177 20 22

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Talabalikka tavsiya etilganlar diqqatiga!

Ayni paytda talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari o‘z yakuniga yetdi.

Endilikda, 1-kurs talabalari davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalimy.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.


Вниманию абитуриентов, рекомендованных к обучению!

В настоящее время завершены работы по внесению данных рекомендованных к обучению абитуриентов в информационную систему по студенческим общежитиям

Отныне студенты первых курсов могут подать электронное заявление о размещении в студенческих общежитиях государственных высших образовательных учреждений через Центр государственных услуг или Единый портал интерактивных государственных услуг — my.gov.uz.


To the attention of applicants recommended for study!

At present, work has been completed on entering the data of applicants recommended for training into the information system for student dormitories

From now on, first-year students can submit an electronic application for accommodation in student dormitories of state higher educational institutions through the Center for Public Services or the Single Portal of Interactive Public Services - my.gov.uz.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍4👏1
#jaholatga_qarshi_ma'rifat

📢 Farg‘ona davlat universitetida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Universitetda Farg'ona viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalari bo'yicha o'rinbosari B.Kuldashev boshchiligida professor-o‘qituvchilar, fakultet dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda ishchi-xodimlar ishtirokida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida:
🔹 Bugungi globallashuv davrida yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash, ma’naviy immunitetini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
🔹 Ilm-ma’rifatning jaholatga qarshi eng kuchli qurol ekani, kitob mutolaasi va ta’limga e’tiborning ahamiyati ta’kidlandi.
🔹 Ustozlarning ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

👉на русском
👉in english
👍3🔥1
#dolzarb_90_kun
#Maktab_oromgohi

☘️Farg'ona shahar 17-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabida "Dolzarb 90-kun" loyihasi doirasida o'quvchilarning yozgi ta‘til davrini mazmunli tashkillash maqsadida maktab oromgohi faoliyat yuritib kelmoqda.

⚡️Yozgi oromgoh faoliyatida Pedagogika-psixologiya va san‘atshunoslik fakulteti boshlang'ich ta‘lim yo‘nalishi talabalari tomonidan ijodiy va badiiy to‘garak mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

👉на русском
👉in english
🔥2👍1